🏫 “KELAJAK” MARKAZI TOMONIDAN O‘QUVCHILAR KENGASHI SAYLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
📚 Buxoro shahrida “Kelajak” markazi tomonidan O‘quvchilar kengashi saylovining shahar bosqichi tashkil etildi. Mazkur jarayonda Buxoro shahar 32-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari faol ishtirok etib, o‘zlarining bilim, qobiliyat va tashabbuslarini namoyon etdilar.
🎯 O‘quvchilar kengashi saylovining asosiy maqsadi — yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning liderlik qobiliyatini rivojlantirish, mustaqil fikrlash va tashabbus ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda faol yoshlarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
👏 Buxoro shahar 32-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi o‘quvchilarimizning faolligi, intilishi va tashabbuskorligidan faxrlanadi. Yosh liderlarimizga kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
“Sog‘liq-insonning eng katta boyligi. Uni asrang, qalbingizni xotirjam, hayotingizni shukronalikka to‘la tuting. Chunki sog‘lom tana va tinch qalb-haqiqiy baxtdir.” 🌸
Buxoro Shahar 32-umumiy o'rta ta'lim maktabi 1-"E"sinf o'quvchilari ishtirokida O'ZBEK TILIga DAVLAT TILI maqomi berilganligining 37 yilligi munosabati bilan o'tkazilgan ma'naviy-ma'rifiy mashg'ulotidan lavhalar
Ona tilimiz —milliy g'ururimiz,ma'naviy boyligimiz va bebaho qadriyatlarimizdir! Uni sevish, ardoqlash va asrab -avaylash barchamizning burchimizdir.
TANLOVda a'lo natijani erishgan o'quvchilari DIPLOM bilan taqdirlandilar.
Мактаб директорларини турли йиғилишларга чақириш тартиби ўзгаради!
Таълим ва илм-фан вазири Эркинжон Турдимов таъкидлаганидек, энди мактаб директорларини туман ва шаҳар даражасидаги турли йиғилишларга чақиришдан олдин Вазирлик билан келишиш талаб этилади.
Барча туман ва шаҳар ҳокимликларига етказилган талабга кўра, мактаб директорларини йиғилишга чақириш зарурати бўлса, аввало Вазирликдан рухсат олиниши лозим.
🎯 Бу тартибнинг асосий мақсади — мактаб директорларининг вақтини маъмурий йиғилишларга эмас, бевосита таълим мазмуни ва сифатини оширишга, ўқувчилар билимини юксалтиришга, педагоглар фаолиятини самарали ташкил этишга ҳамда мактабни ривожлантиришга йўналтиришдир.
Buxoro shahar 32 - umumiy o'rta ta'lim maktabi 2 - " B " sinf o'quvchilarining INFORMATIKA fanidan “SALOMATLIK VA XAVFSIZLIK”mavzusidagi ochiq dars jarayondan tayyorlangan video lavhalar.
Buxoro shahar 32 - umumiy o'rta ta'lim maktabi 2 - " B " sinf o'quvchilarining INFORMATIKA fanidan “SALOMATLIK VA XAVFSIZLIK”mavzusidagi ochiq dars jarayondan tayyorlangan video lavhalar.
Buxoro shahar 32-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 2-«B» sinf o‘quvchilari ishtirokida O’ZBEK TILIga DAVLAT TILI maqomi berilganligining 37 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy mashg‘ulotdan lavhalar.
Ona tilimiz — milliy g‘ururimiz, ma’naviy boyligimiz va bebaho qadriyatimizdir! Uni sevish, ardoqlash va asrab-avaylash barchamizning burchimizdir. 🇺🇿
TANLOVda a’lo natijani erishgan o’quvchilar TASHAKKURNOMA bilan taqdirlandilar.