Sizni tavallud ayyomingiz bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! 💐
Sizga avvalo mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, xotirjamlik va qalb quvonchini tilaymiz. Doimo yuzingizdan tabassum, qalbingizdan mehr, hayotingizdan fayz-u baraka arimasin!
Siz nafaqat bilimli va mas’uliyatli rahbar, balki o‘z samimiyligingiz, mehribonligingiz va go‘zal insoniy fazilatlaringiz bilan barchaga o‘rnak bo‘lgan aziz ustozsiz. 🌹
Har bir kuningiz quvonchga, har bir qadamingiz muvaffaqiyatga, har bir orzuingiz esa ro‘yobga to‘lsin! Sizga doimo ehtirom, mehr va baxt hamroh bo‘lsin. Yaqinlaringiz ardog‘ida, shogirdlaringiz hurmatida, hamkasblaringiz e’zozida uzoq yillar sog‘-salomat yuring!
🎂 Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin, aziz ustozimiz! Hayotingiz bahor kabi go‘zal, qalbingiz hamisha nurga to‘la bo‘lsin! 💐❤️
🏫 Бухоро шаҳар 32-мактаб — ёшлар учун муносиб таълим ва тарбия маскани.
Мактабимизда таълим олувчилар учун замонавий ва қулай шароитлар яратилиб, уларнинг ҳар томонлама билим олиши, истеъдод ва қобилиятларини ривожлантириши учун барча имкониятлардан самарали фойдаланилмоқда.
Ҳар бир ўқувчининг қалбида бир орзу бор.
Бизнинг вазифамиз — ана шу орзуга қанот бериш.
Бугунги мактаб муҳити — эртанги авлоднинг дунёқараши.
Бугунги таълим — эртанги тараққиёт.
Бугунги ёшлар — юртимизнинг эртанги таянчи.
🌟 Бухоро шаҳар 32-мактаб — билим олинадиган эмас, келажак яратиладиган маскан!