Ofisda o‘tirgan hamma bilan birma-bir aylanib qo‘l berib salomlashib chiqishni MADANIYATSIZLIK deb hisoblayman.
Bu faqat o‘tirgan odamning fikrini chalg‘itmaydi, balki birdaniga hammaning e’tiborini shu vaziyatga qaratadi. Masalan, men uchun oldimdagi 15 ta odamning hammasi bilan so‘rashib, qo‘l berib kelayotgan odamni ko‘rish, e’tiborimning chalg‘ishiga sabab bo‘ladi. 2-3 ta odam o‘tirgan bo‘lsak boshqa gap.
Ishxonada shunday bir odam bor. Juda asabimni buzadi shu narsa. Lekin mendan boshqa hech kim bundan nolimaydiganga o‘xshaydi. Buni aytib ham ko‘rdim. Nima bo‘ldi deng? Jamoadagilar hamma bilan ko‘rishib chiqsa ham, menga kelganda o‘tib ketishadi. Ammo boshida aytgan odamim haliyam hamma bilan birma-bir salomlashib chiqadi. WTF?
Dasturlash endi oldingidek emas. Bir tarafdan ko'p imkoniyatlarga eshik ochilgan bo'lsa, bir tarafdan ish bozori siqilyapti. Hammasi ko'z o'ngimizda "real-time" o'zgaryapti.
AI agentlar bilan ishlash meni menejerga aylantiryapti
Bu yangilik emas. Eng boshidan AI bilan ko'p ishlab ketyotganlardan ham shu fikrni eshitganman. Endi esa buni o'zimda kuzatyapman. Vanihoyat men ham kam kod o'qishni boshladim. Umuman o'qimay qo'yishim ehtimoldan uzoq, lekin bilib bo'lmaydi. 😬
AI ga topshiriq berishdan oldin uni yaxshiular muhokama qilaman. Qanday variantlarimiz bor-u, har birining qanday avfzalligi va kamchiliklari bor. E'tiborga olmagan nuqtalarimni ko'rsatadi, chunki undan shuni talab ham qilaman. Mendagi mas'uliyat esa, AI ga ko'proq kontekst berish, muammo/topshiriqni aniq taqdim qilish, va eng oxirida qaror qabul qilish.
Kod yozishga kelganida esa, ishni boshlashdan oldin miyyamda uning qanday bo'lishi kerakligini shakllantiraman. Ya'ni agar kodni qo'lda yozsam qanday yozishimni o'ylab qo'yaman. Kodni qanday bo'lishi arxitekturaga va kelishilgan API kontraktlarga qisman bog'liq xolos. Shuning uchun ham AI ga ularni o'zi implementatsiya qilishiga qo'yib beraman. Keyin esa uning ishini o'zim kutgan, miyyamdagi versiya bilan solishtiraman. Bundan 2 xil foyda olaman:
1. Yoki AIning ishidagi kamchiliklarni topaman.
2. Yoki yaxshiroq usul o'rganib olaman.
Tan olishim kerak, AI men yoza oladigan koddan yaxshiroq kod yozadi. Sifat masalasi esa ko'proq unga berilgan vazifaning aniqligiga bog'liq.
Shu sababmi balki, kodni sinchiklab emas, xuddi kitob o'qiganda satrlar ustodan tez-tez sakrab o'qiydigan bo'lib qoldim. Ya'ni nima ish bo'lyotganini umumiy holda tushunish uchun. Agar nimadir tushunarsiz bo'lsa, uni tushuntirishni so'rayman. Va buning natijasida ham yo kod soddalashadi, yoki nimadir yangi narsa o'rganaman, yoki arxitekturadagi muammo oydinlashadi.