Oilada juftingiz bilan baxtli va totuv hayot kechirishni istaysizmi? ✨
Unda siz uchun oilaviy maslahatchi va psixolog Soliha Erdimning “Oilaviy maslahatchi” kitoblar to‘plamini tavsiya qilamiz.❤️
Ushbu kitoblarni o‘qish orqali oiladagi turli qiyinchiliklarni yengish, juftingizni yaxshiroq tushunish, munosabatlarni mustahkamlash, farzand tarbiyasiga oid muhim jihatlarni anglash hamda oilaviy hayotda asqotadigan ko‘plab qimmatli maslahatlarni bilib olishingiz mumkin.👩👦
📚To‘plam 4 ta kitobdan iborat:
❤️“Juftimni anglashni istayman”
❤️“Oilamda halovat bo‘lishini istayman”
👨👧“Baxtli bo‘lishni istayman”
🧕“Hayotni yaxshiroq anglashni istayman”
Har bir kitob oilaviy munosabatlarga yangicha nazar bilan qarash, bir-biringizni yaxshiroq tushunish va oiladagi mehr-oqibatni mustahkamlashga yordam beradigan mavzularni qamrab olgan.
Ushbu kitoblar to‘plamiga hoziroq buyurtma bering va oilangizdagi mehr, totuvlik va o‘zaro tushunishni yanada mustahkamlash uchun foydali bilimlarga ega bo‘ling.
🍇Kitoblarni Uzum Market orqali nasiya savdoda ham buyurtma qilishingiz mumkin!
Shariatda «g‘iybat» deb birov kishining yomon sifatini uning yuzi yo‘qligida bayon qilib, agar eshitsa unga og‘ir botadigan, dili ranjiydigan gap-so‘zga nisbatan aytiladi. Bunda g‘iybat qiluvchi xoh tili bilan aytsin, xoh qalam bilan yozsin, yoki tana a’zolari bilan ishora qilsin, g‘iybat qilingan kishi xoh kofir, xoh musulmon bo‘lsin, buning ahamiyati yo‘q. Kishida mavjud bo‘lmagan ayb haqida gapirish esa tuhmat va bo‘hton hisoblanadi.
Ushbu risola g‘iybatning nimaligi va undan tiyilish borasida kitobxonlarga manfaatli bo‘ladi, degan umiddamiz.
Sizlarni xalqimiz uchun eng ulug‘ va qadrli bayramlardan biri — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Mustaqillik — bu erkin va farovon hayot, tinch osmon, milliy qadriyatlarimiz va kelajakka bo‘lgan ishonchimizdir.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xonadonlarimiz fayz-u barakaga to‘la bo‘lsin. O‘zbekistonimizning ravnaqi va taraqqiyoti yo‘lida qilayotgan barcha ezgu ishlarimiz bardavom bo‘lsin!
🌙Munir nashriyotining yangi kitoblarini sog‘inganlar bormi? 👀
Oilaviy kitob javoningizdan munosib o‘rin oladigan, er-xotin munosabatlarini yanada mustahkamlashga yordam beradigan yangi kitob tez kunda sotuvga chiqadi. 📖
Kitobxonlar, sizningcha, bu safar qanday kitob tayyorladik? 🎁