So‘nggi bir oy davomida Bahor Gullari jamoasi Yangi Toshkentdagi Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti hududini ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib bordi. 🌳🌿
Bugun ushbu maskanning Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ishtirokida tantanali ochilgani biz uchun yanada quvonchli va faxrli voqea bo‘ldi. 🇺🇿🤝🇦🇿
Har bir ekilgan daraxt, har bir yaratilgan yashil hudud ortida jamoamizning katta mehnati bor.
Bahor Gullari — Yangi O‘zbekistonning yashil qiyofasini birgalikda yaratamiz! 💚