Аналитика Telegram-канала
Подписчики
365
Охват за 24 ч
57
ER за 24 ч
15,62%
Публикаций
3 340
Динамика подписчиков
7 дней
30 дней
6 месяцев
Больше
13 ноя16 ноя19 ноя
Показаны последние 7 дней
Больше истории →
Охваты публикаций
16.1117.1117.1117.1118.1118.11
13
Средний охват
30
Лучший результат
Показаны 6 публикаций — последние в канале
Больше статистики →
Упоминания
717
Упоминаний
185
Из них репостов
164
Каналов
0
Упоминаний за 90 дней
0
Из них репостов
0
Каналов за 90 дней
Последние посты
3 из 3 340 2 из 3 340
Meni o‘zimning holimga qo‘yib ketma…
Chunki ba’zan men ham o‘zimni tushunmay qolaman. Kulib turganimga aldanma, ichimda hech kimga aytolmagan dardlarim bor. Sukut saqlaganim — mehrga ehtiyojim yo‘qligidan emas, ko‘nglimdagilarni so‘z bilan ifodalashga kuchim yetmayotganidan.
Mendan yuz o‘girma, xatolarim bilan ham yonimda bo‘l. Har doim kuchli ko‘rinishga majbur qilma meni. Axir men ham ba’zan charchayman, men ham kimningdir bag‘rida taskin topishni, hech narsani izohlamasdan tushunilishni istayman.
Faqat bir narsani unutma: men hamma narsaga chiday olarman, ammo qadrli insonimning beparvoligiga ko‘nikishim qiyin…
Eng alam qiladigani bilasanmi? Bir kun kelib, sen qaytganingda ham seni kutmaydigan insonga aylanib qolishim mumkin. Chunki men seni yo‘qotishdan qo‘rqib turgan paytimda, sen meni yo‘qotishga beparvo bo‘lding. Va bir kun kelib, men ham sensiz yashashga o‘rganib qolaman… O‘shanda kechikib kelgan mehringni emas, bir paytlar senga zor bo‘lgan ko‘nglimni sog‘inib qolarsan…
N………..🐾
ещё
7
0
3 18 ноя, 22:00
Men bu yerda yolg‘izlikni emas, tanlanganlikni ko‘raman. Ba’zan hayot seni barchadan ajratib qo‘ygandek tuyuladi, ammo aynan shu tafovut sening borlig‘ingga ma’no beradi. Qorong‘u yoki bir xil kunlar ichidagi o‘sha yagona yorug‘lik umidini men shu suratda ko‘raman...
Sizchi??
ещё
11
0
1 18 ноя, 18:05
Meni kechagi kunim bilan o‘lchama…
Men o‘tmishimni Allohga topshirib, bugunimni halol mehnatga, ertamni esa Uning irodasiga bog‘lagan insonman. Chunki har bir insonning o‘tmishida aytilmagan dardlari, afsuslari va o‘zi bilan olib qolgan saboqlari bo‘ladi. Muhimi, kecha kim bo‘lganing emas, bugun kim bo‘lishga intilayotganingdir.
Men endi o‘tmishimdan uyalmayman, undan saboq olaman. Hech kimga o‘zimni oqlashga ham, qalbimdagi pok niyatlarni isbotlashga ham majbur emasman.
Xohlasang, duolarimdagi eng go‘zal ijobat bo‘l. Xohlasang, unutishim kerak bo‘lgan yana bir xato bo‘l. Men seni hayotimda qolishga majburlamayman, chunki muhabbatning qadri majburlash bilan emas, ikki qalbning ixtiyori bilan belgilanadi.
Nasibamda bo‘lsang — qolasan, bo‘lmasang — ketarsan. Men esa hech kimni o‘z taqdirimga majburan bog‘lamayman. Zero, omonatga xiyonat yo‘q, taqdirga e’tiroz ham…
Men insonni egallashni emas, qadrlashni; undan nimadir talab qilishni emas, unga mehr berishni istayman. Agar bir kun yonimda qolsang, seni borligingcha asrayman. Agar yo‘llarimiz ayrilsa, ortingdan yomonlik tilamayman.
Chunki men uchun haqiqiy muhabbat — birovni o‘ziniki qilish emas, nasib etsa, unga halol va vafodor bo‘la olishdir.
Qolgani esa Allohning irodasi…🙂
@Najmiddinjon_Nuriddinov🐾
ещё
12
0
2 17 ноя, 22:01
Продолжить анализ этого канала
- История роста подписчиков
- Просмотры и охваты публикаций
- Кто упоминает канал и кого упоминает он
- Похожие каналы и подбор для рекламы
Открыть аналитику
Демо до 14 дней