Аналитика Telegram-канала
Подписчики
58
Охват за 24 ч
4
ER за 24 ч
6,90%
Публикаций
22

Динамика подписчиков

7 дней 30 дней 6 месяцев Больше
13 ноя16 ноя19 ноя
Показаны последние 7 дней Больше истории →

Охваты публикаций

22.1022.1005.1119.11
9
Средний охват
29
Лучший результат
Показаны 4 публикации — последние в канале Больше статистики →

Упоминания

4
Упоминаний
4
Из них репостов
1
Каналов
Нет примеров за последние 90 дней
Все упоминания

Последние посты

3 из 22 2 из 22
Allohim, hamma ishimni o‘zingga topshirganman,o‘zing men uchun xayrlisini tanlab ber, taqdiringdan rozi qilgin. hayotimga hali kelmagan narsalarni tezroq kelsin,deb shoshilmaydiganlardan qilgin. menga bergan ne’matlaringni rozilik bilan qabul qiladigan, har bir kunimdan rozi bo‘lib yashaydigan bandalaringdan qilgin. sen menga nasib qilmagan narsalardan osonlik bilan voz kechishni, menga nasib qilgan barcha narsalarni esa shukr va rozilik bilan qabul qilishni nasib etgin. meni har bir duosi bilan taqdiri yaxshi tomonga o‘zgaradigan, duolari ijobat bo‘ladigan bandalaringdan qilgin, qalbimga xotirjamlik, bergin. #duo
ещё
4 0 1 19 ноя, 18:44
Фото
​​Yulduzli tunlar✨ Ba'zi asarlarni o'qish uchun vaqt kerak bo'ladi, ba'zilarini esa anglash uchun ulg'ayish... Bu asarni o'smirlik yillarimda ham o'qiganman. O'shanda Boburning vafoti meni qattiq yig'latgan, ammo uning hayot yo'li, kechinmalari va qalbida kechgan iztiroblarni bugungidek his qilmagan ekanman. Bu gal esa asarni boshqa nigoh bilan o'qidim. Balki yillar o'tgani, hayot haqida tasavvurlarim o'zgargani uchundir, balki endi tarix sahifalaridagi voqealar ortida turgan insonni ko'ra boshlaganim uchundir. Bu safar Boburning o'limiga emas, umriga yig'ladim. Bir qarashda, u dunyo havas qiladigan saltanat sohibi edi. Qancha janglar, g'alabalar, zabt etilgan yurtlar, bunyod etilgan bog'lar... Ammo shuncha ulug'vorlik orasida qalbining bir chetida hamisha Andijon bor edi. O'zga yurtlarda saltanat qurgan bo'lsa-da, ko'ngli tug'ilib o'sgan diyoridan uzilmadi. Vatan sog'inchi uning hayotidagi eng og'ir, ammo eng samimiy kechinmalardan biri bo'lib qoldi. Insonning naqadar buyuk ishlarga qodir bo'lishi-yu, ayni paytda o'z sog'inchlari qarshisida naqadar ojiz qolishi meni o'ylantirdi. Boburga achindim. Uning amalga oshmay qolgan orzulariga, ortga qaytarib bo'lmaydigan ayriliqlariga, qalbida olib yurgan armonlariga... U hamma narsaga erishgandek ko'ringan damlarida ham, aslida, eng sog'ingan narsalariga yetisha olmagan edi. Ammo unga achinish bilan birga, hayotiga havas ham qildim. Chunki u bor kuchi, aqli, irodasi va imkoniyati bilan yashadi. Kurashdi, bunyod etdi, ijod qildi, iz qoldirdi. Balki barcha orzulariga yetolmadi, ammo intilishlari besamar ketmadi. Agar Bobur bilan yuzma-yuz kelish imkonim bo'lganida, unga shunday degan bo'lardim: «Sen arzirli hayot kechirding. Qo'lingdan kelganicha urinding. Barcha orzularingga yetolmagan bo'lsang-da, hayoting besamar ketmadi. Sen ketding, ammo qoldirganlaring yashashda davom etyapti». Asarni shunchaki o'qimadim. Uning ichida yashadim. Qahramonlari bilan birga quvondim, ayriliqlariga sherik bo'ldim, Bobur bilan birga sog'indim... Kitobning so'nggi sahifasini yopdim. Ammo xayolim hali ham o'sha olis yillarda, Boburning yonida qoldi. P.S. Bir asarni qayta o'qishda, ba'zan uni emas, o'zingni qayta kashf etarkansan)
ещё
29 1 1 5 ноя, 16:59
Qur'ondan solih amallardan to'suvchi uch narsa bor. 1. Gunoh 2. Lag'v 3. O'ziga baho berish Kishi o'ziga baho berishi - eng yomoni. Agar men zo'r o'qiyapman, men zo'r bajaryapman deb o'ziga yuqori baho bersa, Alloh tavfiqni olib qo'yadi. Aslida fazilatni o'z o'zidan ko'rish gunoh. Agar buni Allohdan ko'rsangiz ham, biror bir fazilatimni evaziga deb o'ylash ham gunoh. Hammasini, holis Robbimning fazlidan deb bilish kerak. Manda hech narsa yo'q deyish kerak. Aslida to'g'risi ham shu. Alloh taolo hamma narsani o'z fazli bilan beradi. Masalan mening xotiram zo'r chunki vaqtida o'qib o'rganganman, mehnat qilganman, shunga zehnim zo'r deyilmaydi, Alloh taolo berdi shu zehnni deyiladi. Menda xushu yaxshi namozda, Ha endi o'ta ko'p ibodat zikrlar qilyapmiz deyish kerakmas. Alloh taolo berdi bu xushuni deyiladi. Xoxlagan payti buni beradi, hohlasa olib qo'yadi...
ещё
1 0 22 окт, 12:40
Больше постов

Продолжить анализ этого канала

  • История роста подписчиков
  • Просмотры и охваты публикаций
  • Кто упоминает канал и кого упоминает он
  • Похожие каналы и подбор для рекламы
Открыть аналитику
Демо до 14 дней