🚀 Toshkentdagi AI jamoamizga 3 nafar izlanuvchan inson izlayapmiz
Biz Manus, Hermes, OpenClaw, Dot, n8n va boshqa vositalarni amalda sinab, bizneslarga AI yechimlar ishlab chiqyapmiz.
Bizga AI yangiliklarini o‘rganadigan, sinab ko‘radigan va ularni real loyihalarda qo‘llashga qiziqadigan insonlar kerak.
Biz nima taqdim etamiz?
— Toshkentda ofis va ish joyi; ( nest one ga 1.5km masofada )
— Tajribali dasturchilar bilan birga ishlash;
— Kerakli AI vositalariga pullik obunalar;
— Real biznes muammolari ustida tajriba orttirish.
Muhim: hozircha oylik maosh yo‘q. Har bir ishtirokchi uchun oyiga taxminan $320 sarflaymiz: AI obunalariga $200, ish joyiga $120. Uch kishi uchun jami oyiga qariyb $1 000 mablag‘ ajratamiz. Bu mablag‘ naqd to‘lov sifatida berilmaydi.
Sizdan kutadiganimiz — mustaqil izlanish, mas’uliyat va o‘rgangan narsangizni amalda sinab ko‘rish.