Аналитика Telegram-канала
Подписчики
176
Охват за 24 ч
167
ER за 24 ч
94,89%
Публикаций
422
Динамика подписчиков
7 дней
30 дней
6 месяцев
Больше
17 ноя20 ноя23 ноя
Показаны последние 7 дней
Больше истории →
Охваты публикаций
07.1107.1107.1107.1107.1118.11
1
Средний охват
1
Лучший результат
Показаны 6 публикаций — последние в канале
Больше статистики →
Упоминания
143
Упоминаний
28
Из них репостов
61
Каналов
1
Упоминаний за 90 дней
1
Из них репостов
1
Каналов за 90 дней
Последние посты
3 из 422 2 из 422Yaxshi maktab faqat natijani ko‘rsatmasligi, unga qanday erishilayotganini ham tushuntira olishi kerak.
Yaxshi maktabni qanday aniqlash mumkin?
Olimpiada g‘oliblari, yuqori imtihon natijalari, zamonaviy binolar - bularning barchasi maktab tanlashda e’tiborga olinadigan jihatlar.
Lekin yuqori natijalar har doim ham maktabning ta’lim sifatini to‘liq aks ettirmaydi.
Maktabga kelganida o‘qishda qiynalgan bola bir necha oydan keyin qanchalik rivojlandi? Bu o‘zgarishni kim va qanday kuzatmoqda?
Menimcha, maktabning haqiqiy qiymatini tushunish uchun uning eng kuchli o‘quvchilariga emas, har bir o‘quvchining rivojlanishi uchun yaratilgan imkoniyatlarga ham qarash kerak.
Ushbu videoda maktab tanlashda e’tibor berish kerak deb hisoblagan uchta muhim jihat haqida gapirdim.
https://www.instagram.com/reel/Df4IpDyoay_/?dmpr=MXU2ZzAybjNybm5tYQ==
ещё
1
0
18 ноя, 12:11
Samimiylikning yana bir nozik tarkibiy qismi - norasmiylikdir. «Norasmiylik» so‘zi grammatik jihatdan inkor shaklida ifodalanganiga qaramay, uning ahamiyati bundan ancha keng. Bu shunchaki nimaningdir yo‘qligi emas. Bu - ahamiyatsiz narsalarga emas, muhim narsalarga e’tibor qaratish demakdir.
Rasmiylik va sun’iylikning umumiy jihati shundaki, sen biror ishni bajarayotganingda, ishning o‘zidan tashqari, boshqalarga qanday ko‘rinayotganing haqida ham qayg‘urasan. Ammo o‘zing qanday ko‘rinishingga sarflagan har qanday kuching asl ishning sifatidan ayriladi. «Nerd»larning buyuk ishlar qilishda ustunlikka ega bo‘lishi sabablaridan biri ham shunda: ular qandaydir odam bo‘lib ko‘rinishga deyarli kuch sarflashmaydi. Aslida, bu «nerd» tushunchasining deyarli ta’rifidir.
«Nerd»larda buyuk ish qilish uchun aynan zarur bo‘lgan o‘ziga xos beg‘ubor jasorat bor. Buni o‘rganib bo‘lmaydi, u bolalikdan saqlanib qoladi. Shuning uchun uni yo‘qotma.
Murakkab ohangda tanqid qiladigan tomoshabin bo‘lishdan ko‘ra, g‘oyalarni tashqariga chiqaradigan inson bo‘l. «Tanqid qilish oson» degan gap eng so‘zma-so‘z ma’nosida ham to‘g‘ri. Buyuk ish sari yo‘l esa hech qachon oson bo‘lmaydi.
Ba’zi odamlar tabiatan samimiy bo‘lishadi, boshqalarga esa bunga ongli ravishda intilish kerak bo‘ladi. Samimiylikning har ikkala turi ham maqbul. Ammo samimiy bo‘lmasdan turib buyuk ish qilish mumkinligiga shubha qilaman.
Samimiy bo‘lgan taqdiringda ham bu juda qiyin. Sun’iylik, intellektual insofsizlik, aqidaparastlik (ortodoksallik), modaga ko‘r-ko‘rona ergashish yoki «cool» ko‘rinishga intilish, boshqalarga yoqishga urinish tufayli yuzaga keladigan buzilishlarga yo‘l qo‘yish uchun vaqting bo'lmasligi kerak.
@Qudrat
ещё
1
0
7 ноя, 18:54
«Sun’iylikdan qoch» - foydali qoida. Ammo bu fikrni ijobiy shaklda qanday ifodalash mumkin? Nima bo‘lmaslik kerakligini emas, qanday bo‘lish kerakligini qanday aytish mumkin? Eng yaxshi javob - samimiy bo‘lish. Agar samimiy bo‘lsang, nafaqat sun’iylikdan, balki unga o‘xshash boshqa ko‘plab illatlardan ham qutulasan.
Samimiylikning negizida intellektual halollik yotadi. Biz bolaligimizdan halol bo‘lishni fidokorona fazilat sifatida o‘rganamiz - go‘yoki bu qandaydir qurbonlikdek. Ammo aslida halollik kuch manbai hamdir. Yangi g‘oyalarni ilg‘ash uchun haqiqatni nihoyatda nozik his qilish qobiliyati kerak. Sen boshqalardan ko‘ra ko‘proq haqiqatni ko‘rishga intilasan. Agar intellektual jihatdan halol bo‘lmasang, haqiqatni qanday qilib teranroq anglay olasan?
Intellektual insofsizlikdan qochishning bir yo‘li - buning aksi tomoniga ongli ravishda ozgina bosim berib turishdir. O‘z xatolaringni tan olishga doimo tayyor bo‘l. Biror masalada adashganingni tan olishing bilanoq, o‘zingni ozod qilasan. Ungacha esa o‘sha xatoni yelkangda ko‘tarib yurishga majbursan.
@Qudrat
ещё
1
0
7 ноя, 18:53
Продолжить анализ этого канала
- История роста подписчиков
- Просмотры и охваты публикаций
- Кто упоминает канал и кого упоминает он
- Похожие каналы и подбор для рекламы
Открыть аналитику
Демо до 14 дней