Не попадитесь на накрученные каналы! Узнайте, не накручивает ли канал просмотры или
подписчиков
Проверить канал на накрутку
Телеграм канал «Muallim Muhammad»
Muallim Muhammad
574
476
423
113
4.3K
“Zamonaviy pedagog” kursi hammuassisi Uralov Muhammad
• Qanday qilib o’rgatishni o’rgataman. • Ta’lim, tarbiya va biz ta’sir o’tkaza oladigan omillar haqida gaplashamiz. • Kurslarimizda 1000+ ustozlar o’qib foyda olishdi.
Nobel, Oscar, Oltin to‘p, maktabning eng sevimli o‘qituvchisi — ajoyib mukofotlar. Insonlarni ruhlantiradi, o‘z ustida ishlashga undaydi.
Ammo har bir mukofot manipulyatsiya qiladi, o‘z qolipiga solishga, insonlarni jamiyat fikriga moslashishga va ba’zan qadriyatlarini o‘zgartirishga majbur qiladi.
Yuqoridagi mukofotlarni yutmoqchi bo‘lganlar Falastin-Isroil mojarosi, Xitoydagi uyg‘urlar qirg‘ini haqida gapira olmaydi. Gapirsa, mukofot ololmaydi.
G‘arb mukofoti bo‘lsa — g‘arb mafkurasiga, sharqniki bo‘lsa — sharq siyosatiga moslashishga majbur bo‘ladi.
“Eng sevimli ustoz” mukofotini olishni xohlaganlar ba’zan rahbariyat bilan ko‘p tortishmasligi, noto‘g‘ri ish qilsa ham bolalarga yoqmaydigan jazolarni bermasligiga to‘g‘ri keladi. Jazo bersa, “sevimli” bo‘lmay qoladi.
Ustoz bolalarga va rahbariyatga moslasha boshlaydi. Moslashmaganlar va o‘z prinsiplarida mustahkam turganlar e’tiborsiz qoldiriladi.
Mukofotlarga qiziqsangiz, o‘yinlar ichida qolib ketasiz. Ular — o‘ynatuvchi, siz esa o‘ynovchi bo‘lib qolasiz. O‘zligingizni unutib qo‘yishingiz mumkin. Amallaringiz o‘zingizniki bo‘lmay qoladi.
O‘yinlar o‘ynamang. O‘yinlardan va o‘ynatuvchilardan kattaroq bo‘ling. Uzoq vaqt sifatli va prinsiplaringizdan voz kechmagan holda ishlang — o‘zlari olib kelib berishadi. Kamida umringiz oxirida o‘zligingizni unutmaganingiz uchun xursand bo‘lasiz.
Oradan 10-15 yillar o’tib hozir o’qitayotgan o’quvchilarimizni ko’chada ko’rib qolsak. Bemalol, xijolat bo’lmasdan, vijdon qiynalmasdan gaplasha olamizmi?
Ularning oldida yuzimiz yorug’ bo’ladigan darajada dars o’tyapmizmi? Darslarga tayyorlanib boryapmizmi? Tushunishga harakat qilyapmizmi?
Agar ularning ichida yaxshi o’qituvchilari chiqsachi? Bizni yaxshi xotiralar bilan eslasharmikan?
Rasmlardan sezganingizday, biz katta kuch bilan ishga kirishdik.
Kecha o'quvchilarimizdagi 2 oylik o'zgarishlar bilan tanishtirgandim. Postni yuborgandan keyin guruhga kirsam, Mohir ustozingizning darsidan keyin mana shunday izohlar kelibdi 🔥
Nasib qilsa, 150'ga yaqin yangi o'qituvchilar bilan ham 2 oy davomida ishlab, zo'r o'zgarishlar qilamiz.
Darsturga yozilganlar uzoq kutib qolmasliklari uchun kirish darsini o'tib berdik, lekin hali bog'lanilmagan 500'dan ortiq ustozimiz bor. Har kuni jamoamiz bilan ularni tezroq darslarga qo'shish harakatidamiz.
O'sha 500 ustoz ichida siz ham bo'lsangiz va hali aloqaga chiqmagan bo'lsak, tezda @ZP_jamoasi menejerga "+" yuboring. Ertagayoq bog'lanib, sizni darslarga jalb qilamiz.
Har doim kurslarimiz yakunlanganidan keyin kichik bir tadqiqot o'tkazamiz. Ya'ni bitiruvchilarimizdan kelganlaridagi holat va 2 oylik o'zgarishlar so'raladi.
Dastur haqidagi ijobiy fikrlari va ularga yoqmagan jihatlarni ham bilish uchun so'rovnomalar tashkil qilamiz. Bu o'sishimiz, keyingi kurslarimizni puxtaroq tayyorlashimiz uchun judayam zarur.
Xullas, yuqorida o'quvchilarimizning A va B nuqtalardagi o'zgarishlardan ba'zilarini ulashyapman. O'qib chiqing. Aniq bilaman rasmdagi muammolar sizdayam bo'lgan yoki hozir ham bor.
Izohlarda yozing-chi, ustozlarning kursdan avvalgi qaysi muammosi ayni payt sizniyam qiynayapti?
Birinchi maqola yozganlarimda ingliz va rus tillaridagi so’zlarni qo’shishga harakat qilardim. Bu meni tashqaridan olifta (krutoy) ko’rsatadigandek tuyulardi.
O’quvchilarimga tanqidiy fikrlashini oshirish uchun insho beraman, ichiga boshqa tillardagi so’zlarni ham yozishadi, nega deb so’rasam, chiroyliroq ko’rinadi ustoz deyishadi.
Bunaqa insonlar ko’pmiz, 2-3 ta tilda gapirsak, yozsak, chet tillarini bilishimizni bildirsak, qoyil qolishadi deb o’ylaymiz. Va adashamiz.
Yaqinda bir davra suhbatiga bordim, nutq so’zlovchi taxminan 2 soat faqat sof o’zbek tilida gapirdi. Mazza qilib yubordim. Eslolmayman bunday tiniq o’zbek tilidagi suhbatni oxirgi marta qachon eshitganimni, o’zi umuman eshitganmikanman?
Ha, qachonlardir har xil tilda gapirish ham obro’ olib kelgandir. Lekin u vaqtda juda kam odam chet tillarini bilardi. Hozir esa juda kamchilik sof o’zbek tilida gapira oladi.
Mantiq oddiy: nima kamyob bo’lsa uni qadri oshaveradi, obro’li ko’rinaveradi. O'z tilimizda gapiring, noyoblardan bo'ling!
Izoh qismini o'zbek tilimizni madh etuvchi o'z fikrlaringiz, she'rlar, matnlar, kichik maqolalar bilan to'ldirishingiz mumkin. Barchasini o'qib chiqaman va eng yoqqan 2 tasiga o'zimga foyda keltirgan kitoblarni sovg'a qilaman!