Не попадитесь на накрученные каналы! Узнайте, не накручивает ли канал просмотры или подписчиков Проверить канал на накрутку
Прикрепить Телеграм-аккаунт Прикрепить Телеграм-аккаунт

Телеграм канал «Dr. Algorithm»

Dr. Algorithm
791
1.8K
291
181
6.1K
Saidolim Djuraev’ning mantiq va qiziqarli ma'lumotlar haqida kanali.

Savollar yoki javoblar uchun: @DrAlgorithmBot
Подписчики
Всего
4 572
Сегодня
-1
Просмотров на пост
Всего
1 281
ER
Общий
28.02%
Суточный
21.72%
Динамика публикаций
Telemetr - сервис глубокой аналитики
телеграм-каналов
Получите подробную информацию о каждом канале
Отберите самые эффективные каналы для
рекламных размещений, по приросту подписчиков,
ER, количеству просмотров на пост и другим метрикам
Анализируйте рекламные посты
и креативы
Узнайте какие посты лучше сработали,
а какие хуже, даже если их давно удалили
Оценивайте эффективность тематики и контента
Узнайте, какую тематику лучше не рекламировать
на канале, а какая зайдет на ура
Попробовать бесплатно
Показано 6 из 791 поста
Смотреть все посты
Пост от 21.10.2026 17:03
498
0
1
Bugun 21-Oktyabr.
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga mana 37 yil bo‘ldi.
Barchani bayram bilan muborakbod etaman.

Afsus, biz tomonda hech nima o‘zgarmadi.

Alifbo o‘zgarishi haqidagi qarorni kutayotgan edim. Endi fikrimni yozsam bo‘lsa kerak.

~~~

Guliver asarini eski lotinda o‘qigan edim. Maktab o‘quvchisi vaqtimda 1930x yillarda yozilgan kitobni topib olgan edim. U vaqtda a va o harflari bir xil yozilganini ko‘rgan edim. Ozarbayjon tilida shunga o‘xshash holat kuzatdim.

Kitobni o‘qiganimda o‘zimcha xursand bo‘lganman. Mana, epladim, - degandek. Aslida esa bu millat talafoti ekanini keyin tushunganman.

~~~

Bir kuni notariusda guvoh qilib chaqirildim. Do‘stimning adalari bir hujjatni imzolashlari kerak edi. O‘qimishli inson, ziyoli. Ammo lotin harfini tanimas edilar. Arab harfida savod chiqargan ekanlar.

Shu sababli mani chaqirishgan ekan, man og‘zaki o‘qib berib, ular imzo chekishlari uchun. Farqimiz 25-30 yil.

~~~

Alifbo almashishi, qanday bo‘lishidan qat’iy nazar yaxshi narsa emas. Millat uchun yaxshi emas.

Lekin o‘zgardimi, endi orqaga yo‘l yo‘q. Endi 50 yil kutishimiz kerak.

~~~

2000x yillarda UTF-8 hali ommalashmagan vaqtlarda kompyuterda alifbo yuritish qiyin edi. 1995 yilda yangi alifboga o‘tilgani ayni muddao bo‘lgan. Hozir UTF-8, UTF-16, SI bor - u muammo yo‘q.

Faqat shu tutuq belgisini olib tashlanmadi-de. Bitta so‘z yozsam, yarmi keyingi qatorga o‘tib qoladi. UTF ham SI ham hal qila olmadi.

~~~

Yechim: Farzandlarimizni 2-3 ta yangi tilga o‘rgataylik.

Ingliz, rus, arab tillaridan hech bo‘lmasa o‘qib-yozadigan bo‘lsin. Hamma alifboni oson o‘qiy olsa, ma’lumot olishga ham qiynalmaydi.

Bitta gap: Bir kuni domla bilan kitob do‘koniga kirdik. Ingliz tilini bilmas edilar. Kitobni ochib, shartta SI bilan o‘qib ketdilar. Hozir til, alifbo muammo emas. Imkoniyat bor, faqat biz ishlatmaganimiz uchun sezmaymiz.

Ona tilimizni esa puxta o‘rganaylik. Busiz biz hech kim.

21.10.2026 London
@DrAlgorithm
🔥 6
🤣 2
🤔 1
Пост от 20.10.2026 12:04
569
1
7
SI - qiyinmi?

Sohasini yaxshi bilganlar SIdan foydalanishga tezroq kirishib ketishmoqda.
Shu kunlarda ajoyib narsaning guvohi bo‘lmoqdaman. Biror kasb egasi agar fundamental bilimga ega bo‘lsa, SI bilan ishlashga juda tez kirishib ketmoqda. Sohasini Framework sifatida o‘rganib, keyin shu sohada ko‘p ishlaganlar esa, SI bilan ishlashdan ko‘ra, o‘zi qo‘lda qilishni xohlamoqda.

Bu albatta shaxsiy kuzatuvlarim, lekin qiziq qonuniyat ko‘rishni boshladim.

1. Agar ko‘p kitob o‘qigan bo‘lsangiz, siz qaysi sohada ishlasangiz ham SIni ishlatishni boshlaganingizni ishingizni tez hal qilishni boshlar ekansiz.

2. O‘qishdan ko‘ra ko‘p gapiradigan, muloqot vaqtida hech nimani yozib olmaydiganlar esa: "SI falon ishimni qilib ber" , - deb, mavzuni tushuntirmasdan ish boshlar ekan.

Shu kunlarda: Erkak kishiga 40 hunar oz, - degan maqolini eslashgan edi.

Bu yerda ham shu ishladi shekilli. Faqat bitta yo‘nalishda qotib qolgan odam, "mani ishimni kimdir qilib bersin", - zaylida so‘roq beradi. SI xuddi hamma narsani bilganidek. Masalan, Skill yasamoqchi bo‘lsa, CoWork rejimida websitega kirib, sichqoncha bilan bosib chiqadi, shuni eslab qol va skill ber, - deb aytadi. Ko‘ribsizki, Token tugagan va SI yaxshi emas ekan deb to‘xtab qoladi.

Boshqalar esa, maydalab tushuntirishga erinmaydi. SI bergan javobni o‘qib chiqadi. Aniq ma’lumotlarni ko‘rsatadi. "San nimani bilar eding", - zaylida ish yuritadi. Hatto ishini qanchalik tezlashtirganini ham aniq biladi. Masalan, 7 kunlik ishni 2 soatda tugatdi, - deganlaridek.

Xulosa o‘rnida nima demoqchiman,

1. SI bilan ishlashni boshlamagan akalar/singillar - boshlang.
2. U hamma narsani biladi - emas, u Bilmasvoy ekan, - deb ish boshlang.
3. O‘qing.
4. O‘qing va sizga bergan javobni shoshmasdan tahlil qiling. Qayta ishga tushirishga ulgurasiz.

WiFiga ulanish oson, to‘g‘rimi?
MS Wordda ishlash hozir oson, to‘g‘rimi?

SI ham shunday, bilganingizdan keyin oson.

20.10.2026 London
@DrAlgorithm
👍 14
🔥 5
👨‍💻 2
Пост от 15.10.2026 12:04
1 127
8
3
Gemini 4 Argon

Shu hafta Gemini 4 Argonni tekshirib koʻrdim. Kam gapirib koʻp ish qildiradigan model chiqibdi.

Asosiy faoliyatim Google Workspace atrofida boʻlganim uchun uning tabiiy modelini ishlatish muhim edi. Xuddi Microsoft 365 uchun Copilot ishlatilganidek.

Hozircha loyiha arxitekturasi, talablarni tahlil qilish kabi soddaroq ishlarni berib koʻrdim. Koʻp oʻylab, reja tuzib bermoqda: loyihada nimalar qilish kerak, qaysi modulga qancha vaqt ketadi, pulini qanday hisoblash kerak (soliqlarni hisobga olib) kabi ishlarni yaxshi qildi.

Endi buxgalterlarni ishini hal qildirib koʻrsam, sherigim ishini yengil qilar edi.
1 yillik obuna berdi, endi vaqtdan unumli foydalanib, ishlatib olishim kerak.

Sizda qaysi ishlaringiz Google Workspace'ga bogʻliq? Balki birga qoʻl ishini kamaytirib koʻrarmiz?

15.10.2026 London
@DrAlgorithm
👍 17
Пост от 14.10.2026 12:04
420
0
1
SI + Moliya

Kuz juda barakali keldi. Moliya va buxgalteriya tadbirlarida qatnashish nasib etdi. Mavzu biz bilgan SI.

Juda koʻp inson SIni ishlatishni boshlay olmayapti.

Nimadan boshlasam ekan deb turganda, "Agentim falon qildi", "Bunk SI bunday qildi", "Ishlarimni topshirdim", - degan bloggerlar hayqirigʻini eshitib, qoʻrquv ham oshgan.

Yoshlarda bu kamroq sezilar ekan. Lekin 15-25 yil bitta kasbda ishlagan odamlar uchun juda ogʻriqli.

Oʻzimda ham shunday boʻlgan, "Fine tuning", - desa, "Bu endi nima ekan", - deb yurgan edim. Har 3 kunda bolalab chiqayotgan modellar esa, oʻrganishni yanada keng olib, botqoqda botib qolishga olib kelgan.

Shu qiyin damlar boshqalarda ham oʻtishini his etib bir loyiha boshladik. Moliya va/yoki buxgalteriya sohasida ishlab kelayotganlar uchun dars tashkil qildik.

telemetr.me/UzTechUK/188

Hozircha shaxsan kelib oʻrganadigan qilmoqdamiz. Keyib onlayn ham tashkil etish rejamiz bor.

Sizning fikringiz man uchun muhim. Boror taklif yoki kamchilikni tuzatish boʻlsa, marhamat man eshitishga tayyorman.

14.10.2026 London
@DrAlgorithm
👍 5
Пост от 08.10.2026 08:00
513
1
8
SI davri - qiziq

Ajoyib zamonda yashavommiz.

Kimdir SI dan qo‘rqadi, kimdir bosib ishlatmoqda.

Bir vaqtlar Google endi chiqqanida izlash uchun so‘zlarni tanlashga qiynalar edik. Keyinchalik esa chala yozsa ham o‘zi to‘g‘rilaydigan, sizga mos narsa ko‘rsatadigan bo‘lgan edi.

SI bilan ham shunday bo‘lmoqda. Avval muxandislar ishlatishni boshladi, keyin huquqshunoslar va hujjatlar bilan ishlaydigan hodimlar.

Hozir esa hamma ishlata oladi. Qanday ishlashini bilishi ham shart emas. Ishini bajartira oldimi? - bo‘ldi.

~~~

Bir tanishim korxona yuritadi. Hali SI bilan juddiy kirishmagan edi.

Gap orasida ishini osonlashtirishi, falon SIni ishlatib ko‘rishini aytgan edim. Keyingi hafta oldiga o‘tsam qilgan ishlarini aytib berdi.

SIni web orqali CoWork rejimini ishlatib ko‘ribdi. Desktop bor ekanini bilmagan.
O‘zi qiladigan ba’zi hisobotlarni qildirib ko‘rdi. Hisoblab, ishlab beribdi.
Ma’lumotlar Odooda turadi. Ulana olsanmi? - desa, ha degan va ulanib ma’lumotlarni olib chiqishni boshlagan.

Odatda 1 oylik muddat hisobotini 7 kun qilishar ekan. Keyin kamchiliklar, mujozlar fikrlari (feedback)larni tahlil qilishga yana 10 kun. Bu degani agar ish sekinlarsa va 1 hafta cho‘zilsa, keyingi oyga o‘tib ketadi.

Shuni qilmaslik uchun SI yordamida shu 7 kunda qiladigan ishlarini birma-bir yozib chiqibdi. 2 soatda hammasini qilib berdi, - deydi.

$20 lik Pro paketini olgan. Agar $100 lik ni olsa, bilmadim qanchalik ish qildirib tashlar edi.

Keyin 6 oy orqaga qaytarib, eski hisobotlarni ham qayta hisoblatibdi.

Eng qizig‘i, SI eski oylarda xato kiritilgan muammolarni topib, tuzatishni taklif qilibdi:
- xodim bitta joyda 200 soat ishlagan (aslida 1 kunda 8 soat ishlaydi)
- mijoz loyihasini 3 oyda tugatilgan (aslida 15 kunda tugagan)
kabi.

1 kun o‘tirib olgan natijalaridan xursand bo‘lib, xodimlarini yig‘ibdi. Majlis qilib, ular bilan yangi rejalar, Si bilan tahlil usullarini gaplashib chiqqan.

~~~

Nima demoqchiman?

Agar siz sohangiz mutaxassisi bo‘lsangiz, siz SIni tez o‘rganasiz.
Sohangizni mukammal bilishingiz SI oddiy yordamchi bo‘lib qolishini bildiradi.
Fikrlash doim sizda bo‘ladi. SI siz uchun fikrlab bera olmaydi.

SI mening ishimni olib qo‘yadimi? - Yo‘q.
deyishga yaxshi misol bo‘ldi.

Xulosa

SIni ishlatishni boshlang. Tekini emas, pullik variantini ishlating, siz uchun juda katta ilm ochiladi.

08.10.2026 London
@DrAlgorithm
👍 11
🔥 3
Пост от 05.10.2026 11:53
1 554
4
25
SI sabab .si ko‘tariladi

AI ni SI ga o‘zgarishi haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak.

Shu vaqtgacha ko‘p SI loyihalari .ai domenida ishlab kelayotgan edi. Agar SI atamasi kirib kelsa, Slovenia uchun juda foydali bo‘ladi.

Bir vaqtlar Tuvalu ham shunday bo‘lgan edi (.tv)

Aytmoqchi bo‘lganim, agar siz ham SI sohasida loyiha qilayotgan bo‘lsangiz, .SI domenini ham olib qo‘ying. Ertaga qimmat bo‘lib ketmasin.

05.10.2026 London
@DrAlgorithm
👍 22
😁 6
👀 2
Смотреть все посты