Аналитика Telegram-канала
Подписчики
276
Охват за 24 ч
31
ER за 24 ч
11,23%
Публикаций
555

Динамика подписчиков

7 дней 30 дней 6 месяцев Больше
12 ноя15 ноя18 ноя
Показаны последние 7 дней Больше истории →

Охваты публикаций

08.1108.1109.1110.1110.1112.11
21
Средний охват
32
Лучший результат
Показаны 6 публикаций — последние в канале Больше статистики →

Упоминания

9
Упоминаний
5
Из них репостов
3
Каналов
Нет примеров за последние 90 дней
Все упоминания

Последние посты

3 из 555 2 из 555
Фото
Anavi tashkilot hammamiz kutganimizdek, o'zining stilida rasmiy munosabat beribdi. Spetsifikatsiya bo'yicha olingan, testlar o'qituvchilarning bir balo-bir balo ko'nikmalarini baholashga qaratilgan, bla-bla-bla... Xo'sh, unda nega eng kuchli ustozlar ham past ball olyapti? Nega ko'plab misollarni ishlashga shunchalik uzoq vaqt ketyapti? O'tgan "Yil o'qituvchisi" tanlovida nechta matematik 1-bosqichga o'tdi? Mayli, 3-final bosqichini gapirmaylik, aynan birinchi bosqichga o'tolmaganlariga sizlar bevosita sababchisizlar. Aynan siz tuzgan testlarni yechganlar saralangan. Shuning uchun bu savolga eng avvalo sizlar javob berishingiz kerak. Spetsifikatsiyadan, albatta, chiqmagandirsizlar. Masalan, geometriyada piramida mavzusi spetsifikatsiyada bor. Lekin undan shunday kesim yo'nalishidagi bir nechta masalalarni tashlaganingizni ustozlar aytmoqda. O'sha masalalarning har biriga 5-6-7 daqiqadan vaqt ketibdi. Xo'sh, sizningcha, viloyat fan olimpiadasi chempioni bo'lgan, 4-5 mavsum davomida 90 ball olgan ustozning kecha 60 ball olgani nima sababdan? O'zbekistonning eng saralangan PIIMA matematiklari ham 55 ballgacha natija ko'rsatganining sababi nimada? Buni ham spetsifikatsiyadan chiqmagan holda, lekin qiyinligi yuqori va ko'p vaqt talab qilishi mumkin bo'lgan misollarni berish mumkinligi bilan izohlaysizmi? Nega boshqa fan o'qituvchilari 90-100 ball olayotgan bir paytda matematiklarning atigi 5-6 foizigina shunday ballarni qo'lga kiritdi? Statistikani ochib bera olasizlarmi? Nechta matematik qanday ball to'plagan? O'zi, nega bu munosabatni hurmatli Vazirlik kanalida e'lon qilmaysizlar? Nima, attestatsiya Vazirlik uchun o'gaymi? U kanal faqat tadbirlaringizni yoritadigan PR-xonangizmi? Yoki kanalni o'qib boradigan vazir bu gaplarni o'qib, sizlardan so'roqqa tutishidan qo'rqyapsizlarmi? Sekingina bir chekka kanalda ikki enli shablon javobingiz bilan minglab matematiklardan qutulmoqchimisiz? Biz shaxsan Erkinjon Turdimovdan bu masalaga izoh talab qilamiz! Vazir ushbu ommaviy masalaga, ommaviy muammoga javob berishi kerak. Qilar ishni qilib qo'yganlar ikki dunyoda ham xatosini tan olmaydi. Sudga berganimizda ham tan olishmagan-ku bular! Mana, o'sha shablon munosabat. Kimdir qoniqqan bo'lsa, o'qib olaversin. Lekin men bulardan bundan boshqasini kutmaganman: RASMIY MUNOSABAT Ijtimoiy tarmoqlarda matematika fani bo'yicha malaka toifasi attestatsiyasi test topshiriqlari, ajratilgan vaqt va sinov natijalari yuzasidan bildirilayotgan fikr-mulohazalarga quyidagilarni ma'lum qilamiz. 2026-yilgi kuzgi attestatsiya O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2026-yil 29-iyuldagi 277-son buyrug'i asosida tashkil etilmoqda. Matematika fani bo'yicha test topshiriqlari tasdiqlangan spetsifikatsiya asosida ishlab chiqilgan va asosiy sinovlarda qo'llanilishidan oldin ikki marotaba aprobatsiyadan o'tkazilgan. Jarayonda topshiriqlarning mazmuni, murakkablik darajasi hamda ularni bajarish uchun ajratilgan vaqt me'yorlari ham sinovdan o'tkazilgan. Asosiy sinov topshiriqlarining murakkablik darajasi demo testlarda taqdim etilgan namunalar bilan muvofiq. Savollarning ifodalanishi, sonlar yoki masala shartlarida farqlar bo'lishi mumkin, biroq topshiriqlar tasdiqlangan spetsifikatsiya doirasida shakllantirilgan. Test topshiriqlari pedagoglarning nazariy bilimlari, amaliy qo'llash, tahlil qilish va mantiqiy fikrlash ko'nikmalarini baholashga qaratilgan. Bildirilayotgan fikr-mulohazalar Markaz tomonidan o'rganib boriladi. Test topshiriqlari yuzasidan asosli e'tirozlar belgilangan tartibda ko'rib chiqiladi.(#) --- O'sha gap, bizga bunday munosabat kerakmas. Biz shaxsan Vazir Erkinjon Turdimovdan munosabatini kutib qolamiz. Matematiklar, eslatib o'taman, pm.gov.uz ga ariza yuborish sizlarning konstitutsiyaviy huquqlaringiz! Videomurojaat: https://www.instagram.com/reel/DfoLWYkMsmu/?obrf=N2ZiMzBraHl5bmMz @domlajon t.me/domlajon
ещё
32 0 12 ноя, 11:15
Chuqur xulosa qildim. Elementar matematikadan ancha oqsoqlab qolibman,nasib bahorgacha kuchli tayyorgarlik qilib +90 ballga harakat qilamiz. Hozircha shu SAT ni shu joyida toʻxtatamiz,balki sertifikat muddati tugaguncha oʻqimasak ham hech gap emas.
ещё
22 0 10 ноя, 18:04
54 😒
ещё
24 0 1 10 ноя, 09:15
Больше постов

Продолжить анализ этого канала

  • История роста подписчиков
  • Просмотры и охваты публикаций
  • Кто упоминает канал и кого упоминает он
  • Похожие каналы и подбор для рекламы
Открыть аналитику
Демо до 14 дней