Аналитика Telegram-канала
Подписчики
914
Охват за 24 ч
88
ER за 24 ч
9,63%
Публикаций
143

Динамика подписчиков

7 дней 30 дней 6 месяцев Больше
25 окт28 окт31 окт
Показаны последние 7 дней Больше истории →

Охваты публикаций

09.1010.1021.1030.10
100
Средний охват
167
Лучший результат
Показаны 4 публикации — последние в канале Больше статистики →

Упоминания

62
Упоминаний
22
Из них репостов
17
Каналов
Все упоминания

Последние посты

3 из 143 2 из 143
💵Binance hackerlik hujumiga uchradi: $6,3 milliardlik hujum 30-oktabrga o‘tar kechasi Binance’dan taxminan $6,3 milliardlik kriptoaktivlar olib chiqib ketildi. Bu kripto sanoati tarixidagi eng yirik o‘g‘rilik sifatida baholanmoqda — 2025-yildagi $1,5 milliardlik Bybit hujumidan to‘rt baravardan ham kattaroq. Binance hamkorlar bilan birgalikda qariyb $3 milliardlik aktivni muzlatishga muvaffaq bo‘lganini bildirdi. Arkham’da hodisaga bog‘langan manzillar va ularning aktivlari. 👩‍💻 Hammasi DevOps muhandisining noutbukidan boshlangan bo‘lishi mumkin. Richard Teng'ning X'dagi hisoboti Binance’ning dastlabki tekshiruviga ko‘ra, hujumchi DevOps muhandisining buzilgan noutbuki orqali birjaning ichki tizimiga kirib, mablag‘larni o‘z manzillariga chiqarish buyruqlarini yuborgan bo‘lishi mumkin. Birja hozircha hamyonlarning maxfiy kalitlari — private key’lar — sizib chiqqaniga dalil topmagan. Ya’ni hujumchi kalitlarni o‘g‘irlash o‘rniga, shu kalitlar yordamida pul o‘tkazmalarini tasdiqlaydigan tizimdan foydalangan bo‘lishi mumkin. Oddiy misol: seyf kalitini o‘g‘irlash o‘rniga, kalit egasiga seyfni ochdirish kabi. TRM Labs turli blokcheynlardagi hamyonlardan bir vaqtda mablag‘ chiqarilganini shu ehtimol bilan izohlamoqda. Hujumning aniq qanday amalga oshirilgani hali to‘liq tasdiqlanmagan. ⏱ Kamida 36 soat tayyorgarlik, asosiy mablag‘larni chiqarish uchun esa 20 daqiqa. TRM Labs ma’lumotiga ko‘ra, hujumchi kamida 36 soat tayyorgarlik ko‘rgan va hujum usulini avval o‘z hamyonlarida sinab ko‘rgan. Asosiy mablag‘larni olib chiqish esa atigi 20 daqiqa davom etgan: 30-oktabr kuni Toshkent vaqti bilan 01:05 dan 01:25 gacha Binance’ning 10 ta blokcheyndagi hamyonlaridan aktivlarning katta qismi chiqarilgan. Shundan keyin ham ayrim hamyonlardan mablag‘ chiqarish davom etgan. Binance’dan hujumchiga bog‘langan manzillarga mablag‘lar oqimi. Manba: TRM Labs. 🪙 Ethereum’da EIP-7702 ishlatilgan. EIP-7702 hamyonga ma’lum bir smart-kontrakt kodidan foydalanishga ruxsat berish imkonini yaratadi. Agar ruxsat zararli kontraktga berilsa, uning kodi hamyondagi mablag‘larni chiqarish uchun ishlatilishi mumkin. Bu ruxsat bir martalik operatsiyadan keyin ham saqlanib qoladi. Blockaid tahliliga ko‘ra, hujumchi Binance 14 hamyoniga o‘zining sweeper — mablag‘larni yig‘ib, boshqa manzilga yuboradigan kontrakti uchun shunday ruxsat oldirgan. Ruxsat ishlashi uchun undagi nonce — hamyonning operatsiyalar hisoblagichi — joriy qiymatga mos kelishi kerak. Binance hamyoni doimiy ishlayotgani uchun bu raqam tez o‘zgarib turgan. Hujumchi mos kelish ehtimolini oshirish uchun 50 ta ketma-ket qiymatga imzolangan ruxsat yuborgan. Ulardan bittasi mos kelib, zararli kontrakt faollashgan. 3 daqiqa 24 soniyadan so‘ng, bitta tranzaksiyada 167 464 ETH, 1,615 milliard USDT va yana qariyb 60 turdagi token — jami taxminan $2,5 milliardlik aktiv hujumchi manziliga chiqarilgan. Qabul qiluvchi manzilning dastlabki holati va Binance hamyonlaridan kelgan o‘tkazmalar. Ruxsat bekor qilinmaguncha kuchda qolgani uchun, hujumchi hamyonga keyinroq kelib tushgan yangi mablag‘larni ham qayta chiqarib olgan. Hodisaga oid tranzaksiyalar bog‘lanishi. Manba: TRM Labs. 🇰🇵 Hujumni kim qilgan? TRM Labs tahlilchilarining fikricha, hujum ortida Shimoliy Koreyaga bog‘liq TraderTraitor xakerlar guruhi turibdi. Ular bu xulosaga yuqori darajada ishonch bildirgan. FBI avvalroq Bybit’dan $1,5 milliard o‘g‘irlanishini ham shu guruh bilan bog‘lagan. Biroq Binance hozircha hujumni kim amalga oshirganini rasman e’lon qilmagan. 👤 Foydalanuvchilarga nima bo‘ladi? Binance zararlarni SAFU fondi va kompaniyaning o‘z mablag‘lari hisobidan qoplashini bildirdi. Birja xavfsizlik tekshiruvlari uchun depozit va pul chiqarishni vaqtincha to‘xtatganini, zararlangan avtorizatsiyani bekor qilganini hamda yangilangan Proof of Reserves e’lon qilishini ma’lum qildi. Hozircha noutbuk qanday buzilgani, hujumchi qaysi credential’dan foydalangani va ichki nazoratlarni qanday chetlab o‘tgani ochiqlanmagan. To‘liq hujum zanjiri Binance’ning yakuniy texnik hisobotidan keyin aniq bo‘ladi. 🫥 Centihack bilan kiberxavfsizlikni o'rganing, batafsil ma'lumot olish uchun: https://centihack.com/ ✈️ Telegram ✊ Forum 🌐 Linkedin 🌐 Web 📷 Instagram 🌐 Academy #CyberNews #Binace #Web3 #Hacking #centi #centipedes Biz shunchaki o'rganuvchilarmiz !!! @CentiSec
ещё
88 4 6 30 окт, 14:00
Фото
🖥 PHP2Shell: fayl yuklash jarayonida serverda kod bajarish PHP’da serverda masofadan kod bajarishga olib kelishi mumkin bo‘lgan ikkita kritik zaiflik haqida xabarlar tarqaldi. Ular CVE-2026-109618 va CVE-2026-109619 sifatida tilga olinmoqda. Voqea 20-oktabr kuni Hacker News’da paydo bo‘lgan xabardan boshlangan. Post qisqa vaqt ichida o‘chirilgan, lekin bu paytga kelib skrinshotlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ulgurgan edi. Shundan keyin watchTowr tadqiqotchilari zaifliklar haqiqiyligini tasdiqlab, ulardan birini qayta reproduce qila olganini bildirgan. ⚠️ PHP xavfsizlik jamoasi esa ikkita CVSS 9.2 — Critical darajasidagi muammoni tuzatish uchun favqulodda yangilanish e’lon qildi. Yangilanish 21-oktabr, Toshkent vaqti bilan 19:00 ga rejalashtirilgan. Nega bu xabar o'ziga ko'pchilikning e’tiborini tortdi? PHP WordPress, Drupal, Joomla, Magento va ko‘plab boshqa web-ilovalar ishlaydigan asosiy texnologiyalardan biri. PHP’ning o‘zidagi kritik xato turli platformalarda ishlayotgan serverlarni tekshirish zaruryatini tug‘diradi. Saytning CMS yoki plaginlarini yangilash bilan birga, serverdagi PHP versiyasiga ham alohida e’tibor berish kerak. JackalSyn e’lon qilgan texnik tahlilga ko‘ra, muammo PHP’ning session.upload_progress funksiyasi bilan bog‘liq. Bu funksiya fayl yuklanayotgan paytda qancha ma’lumot qabul qilinganini kuzatib boradi. Jarayon davomida PHP ayrim ma’lumotlarni xotiradan o‘chiradi, lekin ularga murojaat qiluvchi ko‘rsatkichlar saqlanib qolishi mumkin. Natijada dastur bo‘shatilgan xotiradan yana foydalanishga urinadi. Bu Use-After-Free deb ataladi. Hujumchi bo‘shagan xotira joyiga o‘z ma’lumotlarini joylashtira olsa, PHP ularni avvalgi ma’lumotlar deb qabul qilishi mumkin. Tahlilda shu xatodan foydalanib, PHP’ning ishlash jarayoniga ta’sir qilish va serverda buyruqlar bajarishgacha yetib borish mumkinligi tasvirlangan. Biroq bu mexanizmning ikkala CVE bilan aniq bog‘liqligi va barcha muhitlarda ishlashi hali yakuniy rasmiy advisory bilan tasdiqlanmagan. “PHP ishlatadigan barcha saytlar bir xil usulda buziladi” deb aytishga hozircha asos yo‘q. Hozircha bu texnik tafsilotlar PHP jamoasi tomonidan to‘liq tasdiqlanmagan. Zaiflik qaysi versiyalar va qanday sozlamalarda ishlashi rasmiy hisobotda aniqlashtiriladi. Shu sababli PHP’da ishlaydigan barcha saytlarni birdek zaif deb bo‘lmaydi. PHP jamoasi ta’sirlangan versiyalar, tuzatilgan relizlar va to‘liq texnik tafsilotlarni yangilanish bilan birga e’lon qilishini bildirgan. 🫥 Centihack bilan kiberxavfsizlikni o'rganing, batafsil ma'lumot olish uchun: https://centihack.com/ ✈️ Telegram ✊ Forum 🌐 Linkedin 🌐 Web 📷 Instagram 🌐 Academy #CyberNews #PHP #PHP2Shell #RCE #centi #centipedes Biz shunchaki o'rganuvchilarmiz !!! @CentiSec
ещё
93 3 5 21 окт, 14:20
🚨 Telegram Desktop’da bitta havola orqali akkauntni buzib kirish BeakSec tahallusi bilan faolyat yurituvchi Emiliano Versini aniqlagan CVE-2026-107181 zaifligi Telegram Desktop’ning 7.2.9 dan oldingi versiyalariga ta’sir qiladi. VulnCheck uni CVSS 4.0 bo‘yicha 8.6/10 — yuqori xavf darajasida baholagan. 🔍 Zaiflik qanday ishlaydi? Havolani bosishdan qurbonning sessiya fayllarini qo‘lga kiritishgacha. Muammo Telegram’ning IPC — jarayonlararo aloqa mexanizmida bo‘lgan. Telegram ochiq turgan paytda brauzerdan Telegram’ga yo‘naltiruvchi havolani bossangiz, tizim ilovaning yangi jarayonini ishga tushiradi. Bu jarayon Telegram allaqachon ishlayotganini aniqlab, havolani unga mahalliy socket — kompyuter ichidagi aloqa kanali orqali uzatadi va o‘zi yopiladi. Muammo havolani uzatish usulida bo‘lgan: Telegram ichki ko‘rsatmalarni bir-biridan ajratish uchun ; belgisidan foydalangan. Havolaning o‘zida shu belgi uchrasa, uni oddiy matn sifatida saqlab qolish chorasi ko‘rilmagan. Natijada ishlayotgan Telegram bitta havolani bir nechta ko‘rsatma deb qabul qilgan. Hujumchi shu xato orqali havola ichiga qo‘shimcha ichki ko‘rsatmalar kiritishi mumkin edi. Bu IPC record injection deb ataladi. 📂 Havoladagi xato qanday qilib fayl o‘g‘irlashga olib kelgan? Zaiflik zanjirining ikkinchi qismi — Telegram kodida qolgan eski interpret: yordamchi mexanizmi. Bu funksiya kompyuterdagi faylni o‘qib, uni belgilangan chatga foydalanuvchidan ruxsat so‘ramasdan yubora oladi. Shu sababli hujumchi Telegram’ning o‘zini fayllarni o‘g‘irlash uchun ishlata oladi. 🔑 Sessiya ma’lumotlari nega muhim? Telegram Desktop’ning tdata papkasida foydalanuvchini akkauntga kirgan holatda saqlab turuvchi sessiya ma’lumotlari joylashgan. Ular shifrlangan bo‘lsa-da, mahalliy kod-parol o‘rnatilmagan holatda o‘g‘irlangan ma’lumotlardan mavjud sessiyani tiklash uchun foydalanish mumkin. Klassik telegram akkauntni egallash usuli :) Ya’ni hujumchi akkauntga yangidan login qilish o‘rniga, foydalanuvchining allaqachon tasdiqlangan sessiyasi orqali kirish imkoni. 🛠 Telegram qanday tuzatish amalyotini bajardi? Tuzatishda eski interpret: mexanizmi olib tashlangan. IPC orqali yuboriladigan maxsus belgilar xavfsiz kodlanadigan, qabul qiluvchi tomon esa ularni ko‘rsatmalar ajratilgandan keyin dekodlaydigan qilingan. Shu bilan havola ichidagi belgi qo‘shimcha ko‘rsatmaning boshlanishi sifatida talqin qilinishining oldi olingan. Tuzatish Telegram Desktop 7.2.9 versiyasiga kiritilgan. 📎 Tadqiqot manbasi — BeakSec 🫥 Centihack bilan kiberxavfsizlikni o'rganing, batafsil ma'lumot olish uchun: https://centihack.com/ ✈️ Telegram ✊ Forum 🌐 Linkedin 🌐 Web 📷 Instagram 🌐 Academy #Telegram #CVE-2026-107181 #TelegramHack #Exploit #centi #centipedes Biz shunchaki o'rganuvchilarmiz !!! @CentiSec
ещё
167 5 10 10 окт, 14:52
Больше постов

Продолжить анализ этого канала

  • История роста подписчиков
  • Просмотры и охваты публикаций
  • Кто упоминает канал и кого упоминает он
  • Похожие каналы и подбор для рекламы
Открыть аналитику
Демо до 14 дней