Qiyini — erning jaxli chiqqanida bitta gapdan qolib, gap qaytarmaslikdir;
Qiyini — qorni och kelganida, yarim kechasi boʻlsa xam, turib ovqatini oldiga qoʻyishdir;
Qiyini — achitib, kesatib olishning oʻrni kelganida, uni ranjitmaslik uchun tilni tiya bilish, uni ayay olishdir;
Qiyini — uning xam oʻz shaxsiy xududi borligini tan olish, unga daxl qilmaslikdir;
Qiyini — xayot tashvishlaridan charchab, alamini sizdan olganida, uni toʻgʻri tushunish, xafa boʻlavermaslikdir;
Qiyini — kayfiyatingiz yaxshi boʻladimi yoki yomon, koʻchadan kirib kelganida uni iljayib kutib olishdir;
Qiyini — baʼzida xafa qilib, ranjitsa-da, zaqqiga samimiy duolar qila bilishdir.
Qiyini — qanchalik qiziq va sirli tuyulsa xam, telefonini ochib, ichini titmaslikdir;
Qiyini — nafsga yoqmasa xam, itoat qilish, boʻysuna olishdir;
Qiyini — ayblari, kamchiliklari boʻlsa-da, bolalarga otasini dunyodagi eng yaxshi inson deb koʻrsata bilishdir...