""ISTIQLOL" STADIONIDA RASMIY MASHGʻULOTLAR YAKUNLANDI
Ertaga sevimli "Neftchi" jamoamiz yana Osiyoning eng oliy sahnasi — Elit OCHL musobaqasida yurtimiz sharafini himoya qiladi. "Istiqlol" stadioni maydonida Saudiya Arabistonining "Al-Ittihad" klubiga qarshi kechadigan ertangi bahs oldidan vakillarimiz soʻnggi rasmiy mashgʻulotlarni yakunlashdi.
Xabaringiz bor, jamoamiz 26-oktyabr kuni OFK Chempionlar Ligasi Elitasi musobaqasining 3-turi doirasida Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» klubiga qarshi maydonga tushadi.
Mazkur uchrashuv uchun Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) tomonidan uchrashuv rasmiylari tayinlandi:
🔹 Match komissari: Rashid Mahbub Xon B Al-Dosari (Qatar)
🔹 Hakamlar inspektori: Esmaeil Safiri (Eron)
🔹 Bosh hakam: Adham Muhammad Tumah Makhadmeh (Iordaniya)
🔹 1-yordamchi hakam: Muhammad Mustafa Hassan Alkalaf (Iordaniya)
🔹 2-yordamchi hakam: Ahmad Moannes Nadi Alroalle (Iordaniya)
🔹 To‘rtinchi hakam: Muhammad Mofeed Naser Ghabayen (Iordaniya)
🔹 VAR hakami: Xamis Muhammad S. A. Al-Marri (Qatar)
🔹 VAR yordamchi hakami: Juma Muhammad K. H. Al-Burshaid (Qatar)
🔹 VAR axborot xizmati xodimi: Sherali Djanaliyev (O‘zbekiston)