3 ёшгача бўлган болаларда тана ҳарорати кўтарилганда ота-онанинг тўғри ҳаракат қилиши жуда муҳим. Иситма ҳар доим ҳам хавфли касаллик белгиси эмас, аммо айрим ҳолларда шошилинч тиббий ёрдам талаб этилади.
☑️ Биринчи ёрдам қоидалари:
🔹 Тана ҳароратини термометр ёрдамида ўлчанг.
🔹 Болани қалин кийим ва кўрпага ўраб ташламанг.
🔹 Оз-оздан, тез-тез суюқлик бериб туринг.
🔹 Зарур бўлса, боланинг ёши ва вазнига мос равишда иситма туширувчи дори воситасини қўлланг.
🔹 Болани спирт ёки сирка билан артманг.
⚠️ Қачон 103 рақамига қўнғироқ қилиш керак?
❗️ Бола нафас олишда қийналса;
❗️ Ҳушёрлиги пасайса ёки уйғотиш қийин бўлса;
❗️ Талваса кузатилса;
❗️ Терисида босганда йўқолмайдиган тошма пайдо бўлса.
Муҳим! 3 ойликкача бўлган чақалоқда тана ҳарорати 38°C ёки ундан юқори бўлса, зудлик билан тиббий кўрикдан ўтказиш зарур.
📌 Эсда тутинг: иситманинг тушиши касаллик хавфи бартараф этилганини англатмайди. Боланинг умумий аҳволини диққат билан кузатинг ва хавфли белгиларни эътиборсиз қолдирманг!
🩺 TIBBIYOT XODIMLARINI MODDIY RAG‘BATLANTIRISH: KIMGA VA QANCHA USTAMA BERILADI?
Tibbiyot muassasalarida xodimlarni moddiy rag‘batlantirish va muassasalarni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibi belgilangan.
📊 1. Jamg‘arma mablag‘lari qanday taqsimlanadi?
Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida jamg‘armani shakllantirish uchun umumiy xarajatlarning 10 foizi miqdorida budjet mablag‘lari nazarda tutilgan.
Jamg‘arma mablag‘larining:
✅ 75 foizi — tibbiyot, farmatsevtika va boshqa xodimlarni moddiy rag‘batlantirishga;
✅ 25 foizi — muassasaning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, modernizatsiya qilish va ta’mirlashga yo‘naltiriladi.
🏅 2. Tibbiyot xodimlariga ustamalar qanday belgilanadi?
Xodimlarning faoliyati 100 ballik reyting tizimi asosida baholanadi.
Tibbiyot xodimlari uchun:
🔹 75–84 ball — lavozim maoshining 50 foizigacha;
🔹 85–94 ball — 75 foizigacha;
🔹 95–100 ball — 100 foizigacha oylik ustama belgilanishi mumkin.
Tibbiyot xodimlaridan tashqari boshqa xodimlar uchun tegishlicha 25%, 50% va 75% gacha ustamalar nazarda tutilgan.
📋 3. Xodimning faoliyati qanday baholanadi?
Maxsus komissiya quyidagi 5 ta asosiy ko‘rsatkichni baholaydi:
1️⃣ Ish yuklamasi.
2️⃣ Bajariladigan vazifalarning murakkabligi.
3️⃣ Ish samaradorligi.
4️⃣ Sohaga qo‘shgan hissasi.
5️⃣ Hujjatlar bilan tasdiqlanishi mumkin bo‘lgan boshqa muhim ko‘rsatkich.
Har bir ko‘rsatkich — 20 ballgacha, jami — 100 ball.
Baholashda mehnatga vijdonan munosabat va kasb etikasiga rioya qilish ham hisobga olinadi.
🗓 4. Ustamalar qachon belgilanadi?
Xodimlar faoliyati har chorak yakunida baholanadi.
Yuqori natija ko‘rsatgan xodimlarga keyingi chorak davomida oylik ustamalar maxsus komissiya qarori va muassasa rahbari buyrug‘i asosida belgilanadi.
👨⚕️ 5. Yosh shifokorlarga qanday qo‘shimcha to‘lovlar bor?
Yangi ish boshlagan, belgilangan talablarga javob beruvchi salohiyatli yosh shifokorlarga dastlabki 3 yil davomida:
✅ 1-yil — oyiga 1 000 000 so‘m;
✅ 2-yil — oyiga 750 000 so‘m;
✅ 3-yil — oyiga 500 000 so‘m maxsus ustama belgilanishi nazarda tutilgan.
🏥 6. Ikkinchi smenada ishlovchi shifokor va hamshiralar-chi?
Kunduzgi statsionar faoliyati soat 20:00 gacha uzaytirilgan muassasalarda ikkinchi smenada ishlovchi shifokor va hamshiralarga lavozim maoshining 30 foizigacha qo‘shimcha ustama nazarda tutilgan.
💰 7. Mukofot va moddiy yordam ham beriladimi?
✅ Kasbiy va boshqa bayramlar munosabati bilan bir yil davomida jami 2 lavozim maoshigacha mukofot.
✅ Kasallik, og‘ir jarohat, yaqin qarindoshlar vafoti yoki tabiiy ofatlar kabi holatlarda har bir holat bo‘yicha 1 lavozim maoshigacha moddiy yordam berilishi mumkin.
❗️ Muhim: ustamalar va mukofotlar jamg‘armada mavjud mablag‘lar, belgilangan baholash mezonlari hamda maxsus komissiya qaroriga muvofiq tayinlanadi.
💕 Moddiy rag‘batlantirishning asosiy maqsadi — xodimlarning mehnat samaradorligini oshirish, sifatli tibbiy xizmatni qo‘llab-quvvatlash va munosib mehnatni rag‘batlantirishdir.
📌 Huquqiy asos: 2023-yil 16-yanvarda Adliya vazirligida 3416-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan Nizom, keyingi o‘zgartirishlar bilan.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini takomillashtirish boshqarmasi
Кома I (юзаки) - ҳушнинг йўқлиги, беморни умуман уйғотиб
бўлмайди. Оғриқли таъсиротларга хаотик, координациялашмаган, оёқ-
қўлларни букиш ёки ёзиш билан жавоб қайтарувчи дистоник ҳаракатлар,
лекин кўзини очмаслиги. Кўз рефлекслари: цилиар, корнеал, корачиқ
рефлексларининг сақланганлиги, орал автоматизм ва патологик товон
рефлексларининг пайдо бўлиши, чанок аъзолари назоратининг йўқлиги,
нафас ва юрак қон-томир тизими томонидан енгил бузилишлар бўлиши
мумкин.
Кома II (чуқур) - ҳушнинг йўқлиги, ҳимоя реакцияларининг
бўлмаслиги, мушак тонусларининг бузилиши (горметониядан то диффуз
гипотониягача), пай рефлексларининг пасайиши, кўз рефлекслари суст
ёки умуман чақирилмайди, чуқур нафас бузилишлари, баъзан спонтан
нафас сақланган, юрак қон-томир тизими декомпенсацияси.
Кома III (терминал) - агонал ҳолат, тўлик атония, арефлексия, икки
томонлама мидриаз, витал функциялар сунъий бошқарилади.