Телеграм канал 'Taftish.uz | Rasmiy kanal'

Taftish.uz | Rasmiy kanal


19'862 подписчиков
259 просмотров на пост

Taftish.uz сайтининг расмий телеграм канали.

Instagram — https://shorturl.at/mquT8
Facebook — bit.ly/2JOLX11
OK — bit.ly/33M1BRM
Youtube — bit.ly/2VHyj2s


https://t.me/taftishuz_reklama

Детальная рекламная статистика будет доступна после прохождения простой процедуры регистрации


Что это дает?
  • Детальная аналитика 5'799'152 каналов
  • Доступ к 1'533'798'153 рекламных постов
  • Поиск по 4'870'857'438 постам
  • Отдача с каждой купленной рекламы
  • Графики динамики изменения показателей канала
  • Где и как размещался канал
  • Детальная статистика по подпискам и отпискам
Telemetr.me

Telemetr.me Подписаться

Аналитика телеграм-каналов - обновления инструмента, новости рынка.

Найдено 8859 постов

Shakar arzonlashdi – Raqobat qo‘mitasi

Qo‘mitaga ko‘ra, 16-apreldan birjaga chiqarilayotgan shakar 20% ga oshirilib, 2500 tonnaga yetkazilgan. Natijada narx 6% ga – 12 860 so‘mga pasaygan.

Ta’kidlanishicha, bozorlardagi “Elga xizmat” rastalari va yirik savdo tarmoqlarida shakar narxi arzonlashgan – 1 kg uchun 13 000 so‘m.

Hozirda mahalliy shakar zavodlarida 258 ming tonna shakar mahsuloti resurslari mavjud. Iyungacha 153 ming tonna xomashyo yetkazib beriladi.

🌍 @taftish_uz
Изображение
Davlatimiz rahbarining Tojikistonga davlat tashrifi arafasida – Dushanbeda Oʻzbekiston – Tojikiston biznes-forumi boʻlib oʻtdi

Yigʻilishda soʻnggi sakkiz yilda ikki davlat oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 3 barobar ortgani qayd etildi. Xususan, 2023-yilning o'zida bu koʻrsatkich 750 million dollarga yetgan, yil boshidan buyon esa yana 40 foizga oshgan. Shu bilan birga, yaqin yillarda oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini 2 milliard dollarga yetkazish boʻyicha yangi maqsadlar eʼlon qilindi.

Biznes-forum yakunlari boʻyicha hujjatlar toʻplami imzolandi.

🌍 @taftish_uz
Изображение
AQSh dollarining rasmiy kursi koʻtarildi

Markaziy bank 18-apreldan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. 

1 USD 12 694,96 so‘m (+ 23,12)
1 RUB 134,66 so‘m (+ 0,02)
1 EUR 13 508,71 so‘m (+ 39,81) 

🌍 @taftish_uz
Изображение
Toshkentda metro vagoni ichida qizning beldan pastki qismiga teginib, shilqimlik qilgan 25 yoshli yigit 5 sutkaga qamaldi.

Ayblanuvchi sudda tiqilinchda qizga bilmay tegib ketganini aytdi. Qiz yigit bu ishni qilayotganida qoʻlidan ushlab olganini va gaplashib olmoqchi boʻlganida yigit qochib ketganini bildirdi.

🌍 @taftish_uz
Изображение

🇮🇹⚽️Abbosbek Fayzullayevga Italiyaning “Parma” klubi qiziqish bildirmoqda

Italiya B Seriyasida yetakchilik qilayotgan jamoa SSKA futbolchisini mavsum oxirida oʻz safiga qoʻshib olmoqchi.

Abbosbekning Moskva klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026-yil iyun oyigacha moʻljallangan.

Fayzullayev SSKA safida barcha musobaqalarda 25 ta oʻyinda maydonga tushib, 4 ta gol va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

🌍 @taftish_uz

Изображение
Oʻzbekistonda bir gramm oltin narxi 1 mln soʻmdan oshdi

Ayni vaqtda sotuvda mavjud boʻlgan 5 grammlik oltin quymasi narxi 5 mln 12 ming soʻmni tashkil qilmoqda.

🌍 @taftish_uz
Изображение
Arktikadagi polshalik qutb tadqiqotchilari yaqinda qutb ayiqlari bilan uygʻonganliklarini aytishdi.

Yirtqichlar oilasi derazadan qarashga va olimlar Hornsund stansiyasida nima qilayotganini koʻrishga qaror qilishdi.

🌍 @taftish_uz
Изображение
Qirg‘izistonda ham TikTok bloklanadi

Ma’lumotni mamlakat Raqamli rivojlanish vazirligi tasdiqladi.

Aloqa operatorlariga 18-aprelgacha chora ko‘rish zarurligi haqida xat yuborilgan.

Ma’lumot o‘rnida O‘zbekistonda TikTok 2021-yil yozidan beri blokda.

🌍 @taftish_uz
Изображение
Mahallalarda yirik korxonalarning filiali ochiladi

Bu haqda Prezident raisligida oʻtkazilayotgan toʻqimachilik sohasida eksport va investitsiya hajmlarini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishida aytildi.

Oʻz faoliyatini yiriklashtirgan korxonalar bilan ishlashda Soliq qoʻmitasi huzuridagi Yirik soliq toʻlovchilar inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.

Bundan buyon Inspeksiya faqat yirik strategik tarmoqlarga masʼul boʻlishi taklif qilindi.

🌍 @taftish_uz
Изображение

🏅Oʻzbekiston kurashchilari Osiyo chempionatida 7 medalni qoʻlga kiritdi

Qirgʻizistonda oʻtayotgan musobaqada 2 ta kumush va 5 ta bronza medallari jamgʻarildi, deya xabar berdi MOQ.

19-21-aprel kunlari Bishkekda Parij 2024 ga litsenziya beruvchi turnir boʻlib oʻtadi. Unda ham Oʻzbekiston ishtirok etadi.

Delegatsiya tarkibi keyinroq eʼlon qilinadi.

🌍 @taftish_uz

Изображение
Afgʻonistonda soʻnggi uch oy ichida yuqumli kasalliklar tufayli 1200 dan ortiq odam vafot etdi — JSST

Soʻnggi bir necha oy davomida Afgʻonistonda yuqumli kasalliklar, jumladan, qizamiq va diareya bilan kasallanganlar soni keskin oshib ketgan.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Afgʻonistonda oʻtkir respirator kasalliklar koʻpayishining muhim omillaridan biri sifatida iqlim oʻzgarishini qayd etgan.

🌍 @taftish_uz
Изображение

⚡️Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisi pora olgan vaqtida xizmat xonasida ushlandi

🌍 @taftish_uz

Видео/гифка, 119 сек,
Маҳаллаларда йирик корхоналарнинг филиали очилади

Бу ҳақда Президент раислигида ўтказилаётган тўқимачилик соҳасида экспорт ва инвестиция ҳажмларини ошириш чора-тадбирлари юзасидан видеоселектор йиғилишида айтилди.

Ўз фаолиятини йириклаштирган корхоналар билан ишлашда Солиқ қўмитаси ҳузуридаги Йирик солиқ тўловчилар инспекцияси фаолиятини такомиллаштириш зарурлиги кўрсатиб ўтилди.

Бундан буён Инспекция фақат йирик стратегик тармоқларга масъул бўлиши таклиф қилинди.

Sputnik канали👉 g>кирилл 👉 ng>lotin
Изображение
O‘quvchilarning vaqtincha xorijga chiqish tartibi o‘zgarishi mumkin

Muhokamaga qo‘yilgan hujjatda ota-ona farzandini qaysi davlatga, nega, qancha muddatga olib ketayotgani ko‘rsatilgan arizani maktab direktoriga kiritishi taklif etilmoqda.

Direktor arizani bir kunda ko‘rib chiqib, buyruq chiqaradi va o‘quvchi xorijga ketayotgani haqida sinf rahbari va o‘qituvchilarni xabardor qiladi.

Shuningdek, direktor o‘quv yili davomida chetga chiqib ketib, 3 oydan ko‘p uzluksiz dars qoldirgan o‘quvchi haqida Bolalar masalalari bo‘yicha hududiy komissiyaga ma’lumot beradi.

Komissiya roziligi bilan bola o‘quvchilar safidan chiqariladi.

🌍 @taftish_uz
Изображение
⚡Tabiiy gaz narxi

Barcha isteʼmolchilar uchun toʻlov miqdori oʻzgarishsiz, yaʼni bir kubometr uchun 1 500 soʻmdan qolmoqda.

Yirik ulgurji isteʼmolchilar hamda byudjet tashkilotlari uchun ham tabiiy gaz narxi oʻzgarishsiz – bir kubometr uchun 1 800 soʻmdan qolmoqda.

Kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun aholiga mavsumga qarab narx belgilanmoqda. Xususan, noyabr-fevral oylari davomida bir oydagi isteʼmoldan kelib chiqib tegishli narx belgilanmoqda.

➖oyiga 500 kub metrgacha – 650 soʻm;
➖oyiga 501 kub metrdan 2 500 kub metrgacha – 1 500 soʻm;
➖oyiga 2 501 kub metrdan 5 000 kub metrgacha – 1 950 soʻm;
➖oyiga 5 001 kub metrdan 10 000 kub metrgacha – 2 275 soʻm;
➖oyiga 10 001 kub metr va undan yuqori miqdorda tabiiy gaz isteʼmol qila
diganlar bir kub metr uchun 2 600 soʻmdan toʻlashlari belgilanmoqda.

Mart – oktyabr oylarida isteʼmolchilar bir oydagi isteʼmolidan kelib chiqqan holda quyidagicha haq toʻlaydi.

➖oyiga 100 kub metrgacha – 650 soʻm;
➖oyiga 101 kub metrdan 2 500 kub metrgacha – 1 500 soʻm;
➖oyiga 2 501 kub metrdan 5 000 kub metrgacha – 1 950 soʻm;
➖oyiga 5 001 kub metrdan 10 000 kub metrgacha – 2 275 soʻm;
➖oyiga 10 001 kub metr va undan yuqori miqdorda tabiiy gaz
isteʼmol qiladiganlar bir kub metr uchun 2 600 soʻmdan toʻlaydilar.

Aholiga maishiy ehtiyojlar uchun sotiladigan suyultirilgan gazning bir kilogrammi uchun toʻlov 1 600 soʻm etib belgilanyapti.

2024-yilning 1-iyunidan boshlab esa avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari uchun bir kub metr tabiiy gaz 1 800 soʻmdan yetkazib beriladi.

🌍 @taftish_uz

Найдено 8859 постов