Телеграм канал 'Taftish.uz | Rasmiy kanal'

Taftish.uz | Rasmiy kanal


43'118 подписчиков
1'406 просмотров на пост

Taftish.uz сайтининг расмий телеграм канали.

Instagram — https://shorturl.at/mquT8
Facebook — bit.ly/2JOLX11
OK — bit.ly/33M1BRM
Youtube — bit.ly/2VHyj2s


https://t.me/taftishuz_reklama

Детальная рекламная статистика будет доступна после прохождения простой процедуры регистрации


Что это дает?
  • Детальная аналитика 5'674'641 каналов
  • Доступ к 1'533'798'153 рекламных постов
  • Поиск по 5'967'238'845 постам
  • Отдача с каждой купленной рекламы
  • Графики динамики изменения показателей канала
  • Где и как размещался канал
  • Детальная статистика по подпискам и отпискам
Telemetr.me

Telemetr.me Подписаться

Аналитика телеграм-каналов - обновления инструмента, новости рынка.

Найдено 9172 поста

Prezident Shavkat Mirziyoyev 8-9-may kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘ladi.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan mamlakatimiz yetakchisi kuzatuvchi davlat rahbari sifatida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida hamda Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 79 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.

Tashrif doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

🌍 @taftish_uz

Изображение

Ertaga, 8-may kuni soat 10:00 da 4 500 dona Chevrolet Lacetti avtomobili uchun kontraktatsiya ochiladi.

UzAuto Motors barcha avtomobillar shu zahoti olib ketish imkoniyati bilan shartnoma tuzish uchun mavjudligini bildirdi.

Shuningdek, Damas va Labo avtomobillari uchun ham shartnoma tuzish mumkin bo'ladi.

Mazkur avtomobillar uchun shartnoma tuzish faqat savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Avtomobillar narxi o‘zgarishsiz qoladi.

🌍 @taftish_uz

Изображение
Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

Markaziy bank 8-maydan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 683,99 so‘m (+ 35,87)
1 RUB 139,24 so‘m (+ 0,82)
1 EUR 13 647,97 so‘m (+ 25,94)

🌍 @taftish_uz
Изображение
🇺🇿🥵Ertaga Qashqadaryo va Surxondaryoda harorat +38° gacha ko‘tariladi

Shimolda havo harorati +30° darajagacha ko‘tarilsa, vodiy va boshqa viloyatlarda havo harorati kunduz kuni +35° gacha isiydi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

🌍 @taftish_uz
Изображение
AQShda yangi tank ishlab chiqildi

12 tonnalik, 6 metrli, "ko'zlari" bo'lgan "Wall-E" juda ham yengil harakatlana oladi. Qo'shimcha kuchlarini esa videoda ko'rishingiz mumkin

🌍 @taftish_uz
Изображение

6-may kuni Fargʻonada Oʻzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov, Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi raisi Qamchibek Tashiyev, Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi raisi Soymoʻmin Yatimov oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda tomonlar mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlashga oid barcha muammolar toʻplamini atroflicha muhokama qildi.

Jumladan, Qirgʻiziston va Tojikiston oʻrtasidagi davlat chegaralarini delimitatsiya qilish bilan bogʻliq kun tartibidagi masalalar, shuningdek, Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi chegarani demarkatsiya qilish masalalari konstruktiv tarzda koʻrib chiqildi.

Uchrashuv ishtirokchilari qirgʻiz-tojik chegaralarini delimitatsiya qilish va oʻzbek-qirgʻiz davlat chegaralarini demarkatsiya qilish jarayonlarini jadallashtirish boʻyicha kelishuvlarga erishdi va tomonlarning oʻzaro manfaatlarini hisobga olgan holda ushbu masalalarni hal etish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni belgilab oldi.

🌍 @taftish_uz

Изображение
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda:

▫️Qoʻshtepa tumani prokurori oʻrinbosari oʻz xizmat mavqeidan foydalanib, maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbaridan 2000 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Aniqlanishicha, u tuman prokuraturasi tomonidan JKning 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ayblov xulosasi tuman sudiga yuborilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbariga nisbatan sud organlaridagi tanishlari orqali ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq jazo tayinlanmasligiga hamda JKning 45-moddasi (muayyan huquqdan mahrum qilish) qoʻllanilmasligiga yordam berishi evaziga 3 ming AQSH dollari talab qilgan va muqaddam 1000 AQSH dollari olgan.

▫️Namangan viloyatining Chortoq tumanidagi agrofirma rahbari tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari bilan oʻzaro til biriktirib, joriy yilning aprel oyida gʻallachilik va sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjalikning davlat zaxirasiga olingan 10 gektar yer maydonini f/x ixtiyoriga qaytarib berish hamda xoʻjalikning bajarilmagan gʻalla ekish rejasini ijobiy hal qilib berish evaziga 2,5 ming AQSH dollari talab qiladi.
Agrofirma rahbari soʻralgan pul mablagʻidan 1000 AQSH dollari va 5 mln. soʻm olgan vaqtida ushlandi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, talab qilingan pul mablagʻidan 100 AQSH dollarini olib, qolgan qismini oʻzida saqlab turishi haqida agrofirma rahbariga topshiriq bergan vaqtida Chortoq tumani hokimi oʻrinbosari ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Taʼkidlash lozimki, agrofirma rahbari fermerning ushbu masalasini hal qilib berish boʻyicha avvalroq 3 mln. soʻm ham olgan.

▫️Angren shahar elektr taʼminoti korxonasi boshligʻi oʻrinbosari oʻz rahbarining ogʻzaki topshirigʻiga asosan, savdo faoliyati bilan shugʻullanuvchi MCHJning transformatorini elektr tarmogʻiga ulab, tegishli hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga xizmat xonasida 40 mln. soʻm miqdorida pora olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Shuningdek, Angren shahar elektr taʼminoti korxonasi boshligʻi ham protsessual tartibda ushlandi.

▫️Davlat kadastrlar palatasining Yangihayot tumani filiali boshligʻi oʻz xizmat mavqeidan foydalanib, tumandagi 20 sotix yer maydonida qurilgan uy-joy uchun kadastr hujjatlarini tayyorlab berish evaziga, oʻzining xizmat xonasida 25 ming AQSH dollari miqdorida pora olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur mansabdor shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan.


🌍 @taftish_uz
⚡️DXX: Qoʻshtepa tumani prokurori oʻrinbosari, Chortoq tumani hokimi oʻrinbosari, Angren shahar elektr taʼminoti korxonasi boshligʻi va oʻrinbosari, Davlat kadastrlar palatasining Yangihayot tuman filiali boshligʻi pora olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

🌍 @taftish_uz
Видео/гифка, 191 сек, Коррупция.mp4
Rossiya prezidentining inauguratsiyasi bugun Katta Kreml saroyida bo‘lib o‘tadi

Shu yilning mart oyida Rossiya prezidenti etib saylangan Vladimir Putin 7-may kuni beshinchi marta o‘z lavozimiga kirishadi.

Konstitutsiyada nazarda tutilgan inauguratsiya Moskva vaqti bilan soat 12:00da boshlanadi.

🌍 @taftish_uz
Изображение
⚡️🇺🇿Oliy ta’limda qanday yangiliklar bo‘ladi?

Kecha prezident bu bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

🔸Birinchi yangilik: endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga emas, balki har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi.

🔸Ikkinchi yangilik: yuqori ball olgan yoshlar o‘qishga kirmay qolmaydi.

Yangi tartibga ko‘ra, muayyan bir yo‘nalishga ajratilgan davlat granti doirasida yuqori ball to‘plagan abituriyent, tanlagan oliy ta’lim muassasasidan qat’i nazar, davlat grantiga tavsiya etiladi.

🔸Uchinchi yangilik:
milliy malaka tizimini rivojlantirish institutini tashkil qilib, ish beruvchilar bilan birga malaka talablari to‘liq ishlab chiqiladi.

🔸Shuningdek,
respublikada har yili 25 mingdan ziyod muhandis va texnologga ehtiyoj bor. Ushbu soha bo‘yicha kadrlar tayyorlashga katta e’tibor qaratiladi.

🌍 @taftish_uz
Изображение
Rossiyada shisha vaza quyoshli havoda kvartirani yoqib yubordi - u obyektiv kabi “ishladi”.

Shisha vaza uzoq vaqt davomida plastik deraza tokchasini isitdi, shundan keyin yongʻin sodir boʻldi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan qoʻshni xonadonlardan 10 nafar fuqaro evakuatsiya qilingan, 11 kishidan iborat guruh va 3 ta texnika yongʻinni bartaraf etgan.

🌍 @taftish_uz
Изображение
“Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish bo‘yicha amaliy ishlar ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev temir yoʻl sohasidagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Unda “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida transmintaqaviy aloqalarning muhim tarkibiy qismi bo‘ladigan “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish bo‘yicha amaliy ishlar ko‘rib chiqildi.

Ekspertlarning fikricha, bu transport yo‘lagi nafaqat uchta davlat, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi taraqqiyotiga kuchli sur’at bag‘ishlaydi.

🌍 @taftish_uz
Изображение
Endi davlat granti o‘rinlari eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlar tanlovi asosida belgilanadi

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida oliy ta’lim tizimi bo‘yicha bo‘lgan taqdimotda aytib o‘tildi.

🌍 @taftish_uz
Изображение

Найдено 9172 поста