Телеграм канал 'Taftish.uz | Rasmiy kanal'

Taftish.uz | Rasmiy kanal


24'075 подписчиков
224 просмотров на пост

Taftish.uz сайтининг расмий телеграм канали.

Instagram — https://shorturl.at/mquT8
Facebook — bit.ly/2JOLX11
OK — bit.ly/33M1BRM
Youtube — bit.ly/2VHyj2s


https://t.me/taftishuz_reklama

Детальная рекламная статистика будет доступна после прохождения простой процедуры регистрации


Что это дает?
  • Детальная аналитика 5'578'873 каналов
  • Доступ к 1'533'798'153 рекламных постов
  • Поиск по 5'794'469'296 постам
  • Отдача с каждой купленной рекламы
  • Графики динамики изменения показателей канала
  • Где и как размещался канал
  • Детальная статистика по подпискам и отпискам
Telemetr.me

Telemetr.me Подписаться

Аналитика телеграм-каналов - обновления инструмента, новости рынка.

Найдено 8957 постов

Tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat etiladi

Prezident farmoniga koʻra, 2025-yil 1-yanvardan internet tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish faoliyatini va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat etiladi.

🌍 @taftish_uz
Изображение
Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 29-apreldan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 662,01 so‘m (+ 21,80)
1 RUB 137,65 so‘m (+ 0,63)
1 EUR 13 593,93 so‘m (+ 34,78)

🌍 @taftish_uz
Изображение

Bugun Toshkentda MDHga a’zo davlatlar bojxona xizmatlari rahbarlari Kengashining 78-majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda tomonlar tovar kelib chiqishiga doir sertifikatlarni raqamli shaklda almashishni yoʻlga qoʻyish, tovarlarning erkin harakatlanishidagi toʻsiqlar va cheklovlarni kamaytirish, yuk tranziti harakatini tezlashtirish, tovarlarni dastlabki deklaratsiyalashda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish masalalarini muhokama qildi.

Shuningdek, kontrafakt tovarlarning transchegaraviy olib oʻtilishiga qarshi kurashishda hamda moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan huquqbuzarliklarning oldini olish, aniqlash va ularga chek qoʻyishda oʻzaro axborot almashish amaliyotini kengaytirish ilgari surildi.

Majlis yakunida tegishli qaror imzolandi.

🌍 @taftish_uz

Изображение
Internetda “Bosh prokuror qidiruvda boʻlgan shaxslar bilan gaplashib turibdi” mazmunidagi video tarqaldi

Unga koʻra, Nigʻmatilla Yoʻldoshev goʻyo Sherali va Abduvali Abdullayevlar bilan gaplashib turgan emish.

Rasmiy munosabatga koʻra, videodagi holat Turkiyada suratga olingan. Bosh prokuror esa u yerga oʻz hisobidan mehnat taʼtili davrida salomatligini tiklash uchun borgan boʻlgan.

Nigʻmatilla Yoʻldoshevga unga avvaldan tanishi boʻlgan Azim Joʻraboyev (videoda qora rangli kurtkada turibdi) hamrohlik qilgan.

Bosh prokuror hamrohi bilan klinikada gaplashib turgan vaqtida, ularning oldiga Sherali Sobirjanov ismli shaxs kelib, oʻzini tanishtiradi.

Shu vaqtda ular klinikaga kelishi sabablari haqida suhbatlashadi. Sherali Sobirjanov klinikaga oʻzining farzandini davolanishga olib kelganligini aytadi.

Bosh prokurorni tanib qolgani uchun ular bilan hamsuhbat boʻlishga yonlariga kelganini tushuntiradi.

Shunday qilib, videoda Bosh prokuror yonida turgan ikki shaxsning biri Sherali Sobirjanov boʻlsa, ikkinchisi Azim Joʻraboyevdir.

Qidiruvda boʻlgan Abdullayevlar bu yerda aks etmagan – batafsil

🌍 @taftish_uz
Видео/гифка, 18 сек, IMG_8809.MP4
Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa huquq-tartibot organlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirlarda:

▪️Andijon viloyatining Baliqchi tumanidagi chorvachilikka ixtisoslashgan MCHJ rahbari ushbu MCHJga chorva mollari uchun ozuqa ekini yetishtirish maqsadida, uzoq muddatga ijara asosida berilgan 2,5 gektar yer maydonini hamda uning ukasi oʻzi rahbarlik qilayotgan paxta va gʻalla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xoʻjalikning 17,5 gektar yer maydonini, jami 20 gektar yer maydonini oʻzaro til biriktirib, noqonuniy ravishda xaridorga 225 ming AQSH dollariga sotgan vaqtlarida ushlandi.

▪️Andijon shahrida kuzatilgan holatda 1990 va 1993-yillarda tugʻilgan aka-uka “Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri” davlat korxonasining Andijon shahar filiali sobiq xodimi hamda rieltorlik xizmati koʻrsatuvchi MCHJ rahbari bilan oʻzaro til biriktirib, oʻzganing ishonchiga kirishadi va shahar hokimligi zaxirasidagi 33 sotix yer maydonini mansabdor tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 52 ming AQSH dollari talab qilishadi. Ular soʻralgan pul mablagʻini MCHJ rahbarining xonasida olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 

▪️Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida yashovchi, 1978-y.t. shaxs oʻzini goʻyoki tuman kadastr boʻlimi xodimi deya tanishtirib, Koʻkdala tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroning ishonchiga kiradi va boshqa bir fuqaroga tegishli boʻlgan 40 sotix yer maydonini mansabdor tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 12 ming AQSH dollari va 98 mln. 800 ming soʻm olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

🌍 @taftish_uz

⚡️DXX: Andijon va Qashqadaryo viloyatlarida
yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qoʻyildi.

🌍 @taftish_uz

Видео/гифка, 117 сек, ДХХ - ер сотиш.mp4
Qozog‘istonda 2025-yil “Kelajak o‘yinlari” o‘tkazilmaydi, u 2026-yilga qoldiriladi

Suv toshqinlari tufayli respublika rahbari Qosim-Jo‘mart To‘qayev yirik tadbirlardan voz kechishni buyurdi, deya xabar berdi Sport vazirligi

🌍 @taftish_uz
Изображение
Surxon davlat qo‘riqxonasidagi fotoqopqon tulki bolalarini tasvirga oldi

Oʻzbekistonda 2 xil tulki (oddiy tulki, korsak) uchraydi. Ularning ovqatlanishi va yashash joylari xilma-xil bo‘lib, asosan kemiruvchilar, sutemizuvchilar va qushlar bilan oziqlanadi. Odatda, tulki 4-6, ba’zan 17 tagacha bola tug’adi. Tulkilar kemiruvchi zararkunandalar sonini kamaytirib, qishloq xo‘jaligiga katta foyda keltiradi.

🌍 @taftish_uz
Видео/гифка, 21 сек, 25 04 2024 foto qopqon TEL F.mp4

☎️ Zoʻravonlikka uchragan ayol-qizlar qayerga murojaat qilishi kerak?

Respublikada zoʻravonlikka uchragan ayollarga yordam koʻrsatuvchi 10 dan ortiq tashkilotlar bor.

▪️IIV Ayollarga nisbatan zoʻravonlikka qarshi kurashish ishonch raqami : 1259

▪️Respublika zoʻravonlik qurbonlarini reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi : 1146

▪️IIV ishonch telefoni: 1102

▪️IIV Xotin-qizlar bilan ishlash boshqarmasi: +998 (71) 256-14-18

🌍 @taftish_uz

Изображение
Qashqadaryoda 2006-yilda tugʻilgan qiz jinsiy zoʻravonlik va tovlamachilikka uchradi

Hozirda ushbu ishni qilgan “yigitlar”ga nisbatan jinoiy ish ochildi.

Holatni videoga olgan fuqaro qizdan tovlamachilik yoʻli bilan pul olgan, ammo shundan keyin ham videoni tarqatish bilan tahdidni davom ettirgani xabar qilindi.

🌍 @taftish_uz
Видео/гифка, 2 сек, video_2024-04-26_12-43-23 (online-video-cutter.com).mp4
Qozog‘istonda non narxini 500 tengega oshirish taklif qilindi

Deputat Meyrambek Donenbayev tegishli taklifni ilgari surdi. Uning hamkasblari bu taklifga qarshi chiqdi.

“Non narxini 500 tengega (14 ming so‘mdan ziyod) ko‘tarish haddan ziyod yuqori. Bu oddiy xalq uchun og‘irlik qiladi. Ayniqsa, 5-6 bolali oilalar uchun. Bu ularning cho‘ntagiga katta yuk bo‘ladi”, — dedi deputat Tankebayev.

🌍 @taftish_uz
Изображение
O, ota makonim,
Onajon oʻlkam,
Oʻzbekiston, jonim toʻshay soyangga.
Senday mehribon yoʻq,
Seningdek koʻrkam,
Rimni alishmasman bedapoyangga.


Ha, bugun ismining barcha harflari katta bilan yoziladigan oʻzbek shoirining tugʻilgan kuni.

47 yillik umr boqiylikka ulanib ketgani aniq.

Shoir Muhammad YUSUF 1954-yilning 26-aprelida Andijonning Marhamatida tugʻilgan.

🌍 @taftish_uz
Видео/гифка, 91 сек, k8sftbc8iwho5q8bqfsp (online-video-cutter.com).mp4
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng kuchli zilzilalar ro‘yxati:

▪️Kon zilzilasi - 2011-yil (8 ball),
▪️Tuyabo‘g‘iz zilzilasi - 2013-yil (7 ball),
▪️Marjonbuloq zilzilasi - 2013-yil (8 ball),
▪️Kitob va Baxmal zilzilalari - 2016-2017-yillar (7 ball),
▪️Boysun zilzilasi – 2022-yil (6 ball)

O‘tgan yili 21-mart kechasi Afg‘onistonda bo‘lgan zilzila kuchi 5-6 ball darajasida O‘zbekistonda sezilgandi.

🌍 @taftish_uz
Изображение

❗️🐍Fuqaroning uyidan katta ilon chiqqani aytilmoqda

Bunday paytda oʻzboshimcha harakat qilish yaramaydi. Yaxshisi, quyidagilarga xabar berish kerak:

▪️Favqulodda vaziyatlar vazirligi – 1050,
▪️Tabiat resurslari vazirligi – 1157
▪️Ichki ishlar vazirligi – 102
▪️Veterinariya punkti.

Murojaatdan soʻng, vakolatli organlar yovvoyi hayvonni tabiatga qaytarish bilan shugʻullanadi.

🌍 @taftish_uz

Видео/гифка, 17 сек, video_2024-04-26_09-21-24.mp4
Toshkentni larzaga solgan zilzila

“Toshkent zilzilasi”ga 58 yil toʻldi.

🌍 @taftish_uz
Видео/гифка, 145 сек,
O‘zbekistondan afg‘on xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordami yetkazildi

Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga asosan, afg‘on xalqiga 169 tonnadan ortiq zarur oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan navbatdagi insonparvarlik yuklari karvoni “Ayritom” chegara o‘tkazish punkti orqali qo‘shni mamlakatning Balx viloyatiga yetkazildi.

Insonparvarlik yordami tarkibidan 48 tonna un, 48 tonna bug‘doy, 15 tonna o‘simlik yog‘i, 10 ming 80 dona konservalangan go‘sht mahsulotlari (tushyonka), 22 tonna makaron, 24 tonna shakar hamda 100 ming dona tez tayyorlanadigan lapsha (Hot lanch) o‘rin olgan.

🌍 @taftish_uz
Изображение

🇨🇳 Pekin—2024 avtosaloni boshlandi

Bugun Pekinda dunyodagi eng yirik avtomobil koʻrgazmalaridan biri ish boshladi. Unda dunyoning yetakchi brendlari oʻz avtomobillarini namoyish etmoqda.

Koʻrgazma “Yangi davr. Yangi avtomobillar” shiori ostida boʻlib oʻtmoqda va bu yerda juda koʻp elektromobillar taqdim etilgan. Ularning aksariyati Xitoyda yoki Xitoy bozori uchun ishlab chiqilgan.

🌍 @taftish_uz

Видео/гифка, 67 сек, IMG_6950 (online-video-cutter.com).mp4
Qashqadaryoda elektrdan qarzi bo‘lgan fuqaroning Captiva’si xatlandi

Avtomobil auksion savdolari orqali sotilib, undan tushgan mablag‘ qarzlarni to‘lashga yo‘naltiriladi.

🌍 @taftish_uz
Изображение
15-maydan“Afrosiyob”ga chiptalar narxlari oshmoqda

Bunda ekonom klass 20 foiz, biznes klass 30 foiz va VIP klass 40 foiz miqdorda oshishi koʻzda tutilgan.

Toshkent — Buxoro
VIP 890 000 so‘m
Biznes 600 000 so‘m
Ekonom 403 000 so‘m

Toshkent — Qarshi
VIP 747 000 so‘m
Biznes 507 000 so‘m
Ekonom 338 000 so‘m

Toshkent — Samarqand
VIP 554 000 so‘m
Biznes 358 000 so‘m
Ekonom 244 000 so‘m etib belgilandi.

🌍 @taftish_uz
Изображение

Найдено 8957 постов