Телеграм канал 'Taftish.uz | Rasmiy kanal'

Taftish.uz | Rasmiy kanal


29'588 подписчиков
225 просмотров на пост

Taftish.uz сайтининг расмий телеграм канали.

Instagram — https://shorturl.at/mquT8
Facebook — bit.ly/2JOLX11
OK — bit.ly/33M1BRM
Youtube — bit.ly/2VHyj2s


https://t.me/taftishuz_reklama

Детальная рекламная статистика будет доступна после прохождения простой процедуры регистрации


Что это дает?
  • Детальная аналитика 5'627'847 каналов
  • Доступ к 1'533'798'153 рекламных постов
  • Поиск по 5'026'556'824 постам
  • Отдача с каждой купленной рекламы
  • Графики динамики изменения показателей канала
  • Где и как размещался канал
  • Детальная статистика по подпискам и отпискам
Telemetr.me

Telemetr.me Подписаться

Аналитика телеграм-каналов - обновления инструмента, новости рынка.

Найдено 8642 поста

​​Ertaga, Toshkent shahrida “Avtomobilsiz kun” boʻladi

Avtomobil transporti atmosfera ifloslanishining asosiy manbalaridan biri hisoblanadi. Zararni kamaytirish, tabiat sofligini asrash, shuningdek, insonlar ongida ekologik madaniyatni shakllantirish maqsadida dunyoda 1995-yildan buyon har yili “Avtomobilsiz kun” tadbirlari oʻtkazib kelinadi.

Oʻzbekistonda ham Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-noyabrdagi “Aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, 2021-yildan eʼtiboran “Avtomobilsiz kun” tashkil etib kelinmoqda.

Statistik maʼlumotlarga koʻra, yurtimizda 5 millionga yaqin avtomobil mavjud. Respublika miqyosda atmosferaga chiqayotgan zararli chiqindilarning 60 foizi va Toshkentda 88 foizi avtomobillar hissasiga toʻgʻri keladi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi atrof-muhitni ana shunday avtomobillardan chiquvchi zararli gazlardan himoya qilish, katta shaharlarda transport vositalari tirbandligini kamaytirish, jamoat transporti tizimini rivojlashtirish masalalariga jamoatchilikni faol eʼtibor berishga chorlaydi. Shu maqsadda vazirlik tomonidan 2024-yilning 29-mart kuni Toshkent shahrida “Avtomobilsiz kun” tadbirlarini oʻtkazish tashabbusi ilgari surildi.

“Avtomobilsiz kun” tadbirida binolari Toshkent shahrida joylashgan barcha respublika va hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar va boshqa xodimlari jamoat transportida ish joyiga kelish orqali shaxsiy namuna koʻrsatib borishi lozim.

Bu ezgu tashabbusni OʻzA — Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi ham qoʻllab-quvvatlaydi hamda agentlik rahbariyati va barcha xodimlari “Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasida faol ishtirok etadi.

🌍 @taftish_uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon-Uygʻur avtonom rayoni Xalq hukumati raisi Erkin Tuniyaz boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston va Xitoyning koʻp qirrali hamkorligini yanada kengaytirish, shu jumladan Oʻzbekiston hududlari va SHUAR oʻrtasidagi amaliy aloqalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari koʻrib chiqildi.

Shuningdek, “Oʻzbekiston-Qirgʻiziston-Xitoy” temir yoʻlini qurish loyihasini ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.

Gumanitar va turizm aloqalarini rivojlantirish masalalari ham atroflicha muhokama qilindi.

🌍 @taftish_uz
Изображение
AQSH dollarining rasmiy kursi yana koʻtarildi

Markaziy bank 29-martdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 620,09 so‘m (+19,95)
1 RUB 136,73 so‘m (+0,81)
1 EUR 13 599,41 so‘m (–42,76)

🌍 @taftish_uz
Изображение
Oʻzbekiston fuqarolari Qozogʻistonda roʻyxatdan oʻtmasdan 30 kungacha boʻlishi mumkin

Qozogʻiston Senati Oʻzbekiston fuqarolarini Qozogʻistonda roʻyxatdan oʻtmasdan boʻlish muddatini 5 kundan 30 kungacha oshirish toʻgʻrisidagi bitimni ratifikatsiya qildi.

Shunday qilib, har ikki davlat (Oʻzbekiston va Qozogʻiston) oʻz fuqarolarining bir birining hududida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtmasdan boʻlish muddatini 5 kundan 30 kungacha oshirishdi.

🌍 @taftish_uz
Изображение
Jizzaxda ikki rahbar 64 gektar yerni sotish vaqtida qo‘lga olindi

"Hududgaz Jizzax" filiali qurilish va ta’mirlash bo‘limi boshlig‘i, "Jizzax neftgaz stroy" MCHJ rahbari bilan til biriktirib, fuqaroga 10-yil muddatga ijara asosida ajratilgan 40 gektar yana 24 gektar yer maydonini jami 800 mln so‘mga sotishga kelishgan.

Ikki nafar shaxs Jizzax shahrida joylashgan mehmonxonada kelishilgan pullardan 300 mln so‘mini oldindan olgan vaqtida ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

🌍 @taftish_uz
Видео/гифка, 83 сек, yer Jizzax (1).mp4
Xitoyda temir yo‘l sayohati romantikasini yodga soluvchi restoranni o‘ylab topishdi.

Restoran ichida karnaylardan musiqa o‘rniga g‘ildiraklarning ovozi eshitiladi, "restoran mashinasi" monitorlari devorlarida cheksiz manzaralar ko‘rinadi va hatto tashrif buyuruvchilarning boshlari tepasida bagaj javonlari mavjud.

🌍 @taftish_uz
Видео/гифка, 13 сек, 1.mp4
Kuchli shamol oqibatida energetika tizimida yuz bergan avariyalar:

➖Toshkent viloyatining Piskent, Quyi Chirchiq va Oʻrta Chirchiq tumanlaridagi 12 ming 550 ta isteʼmolchi, shuningdek, kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari elektr taʼminotidan uzilgan.

➖Toshkent shahri, Chilonzor tumani, 19-kvartal, Xirmontepa mahallasida diametri 50 mm boʻlgan past bosimli gaz quvuri katta daraxt shamol oqibatida ildizidan qoʻporilib tushgani bois 16 ta koʻp qavatli uyning 768 ta xonadoni tabiiy gazdan vaqtincha uzilgan.

Ayni paytda ushbu nosozliklar
bartaraf etilmoqda.

🌍 @taftish_uz
Изображение

Salar—Xojikent temir yo‘l bekatlari oralig‘idagi temir yo‘l kesishmasining yo‘l izida yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish ishlari doirasida 28-mart soat 21:00 dan 29-mart soat 06:00 ga qadar Temur Malik ko‘chasining Universitet ko‘chasi bilan kesishgan qismidan Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi bilan kesishgan qismigacha avtotransport vositalari harakati cheklanadi.

🌍 @taftish_uz

Изображение
Poytaxt aholisi kuchli shamol va yomgʻir tufayli ogohlantirildi

Toshkent shahar hokimligi poytaxt aholisi va mehmonlardan kuchli shamol va yomgʻir yogʻishi kuzatilayotgani sababli ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish, daraxtlar va temirli qurilmalar tagiga avtomashinalarni qoʻymaslikni soʻradi.

Ma'lumot o'rnida, noqulay ob-havo sharoiti – kuchli shamol, yogʻingarchiliklar bilan bogʻliq har qanday favqulodda vaziyatlarda Toshkent shahar hokimligining tegishli xizmatlari bilan (71) 212-69-80, (71) 212-69-82, 1050 va 1055 raqamlariga murojaat qilib bogʻlanishingiz mumkin. Shuningdek, murojaatingizni Xalq Nazorati portali va ilovasi orqali yuborish imkoniyati mavjud.

🌍 @taftish_uz
Изображение
Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSH parlamenti delegatsiyalarini qabul qildi

Davlatimiz rahbari AQSHning senator Stiven Deyns hamda Vakillar palatasi qoʻmitasi raisi, kongressmen Mayk Rojers boshchiligidagi delegatsiyalarini qabul qildi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston-AQSH strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va koʻp qirrali hamkorlikni rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.

Shuningdek, AQSH hududlari biznesining Oʻzbekistonga safarlarini tashkil etishga kelishib olindi.

🌍 @taftish_uz
Изображение
⚡AQSH dollarining rasmiy kursi 12 ming 600 soʻmdan oshdi

Markaziy bank 28-martdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 600,14 so‘m (+10,14)
1 RUB 135,92 so‘m (–0,05)
1 EUR 13 642,17 so‘m (–23,02)

🌍 @taftish_uz
Изображение
⚡Toshkentdagi “avtosalon”dan jabr ko'rgan fuqarolarga pullari qaytariladimi?

Kuni kecha, poytaxtning A.Navoiy koʻchasida “My-Cars” nomi bilan avtosalon ochib, 2022-yilning yanvaridan 2023-yilning avgustiga qadar 74 nafar fuqaroning jami — 6 mlrd 155 mln soʻm pul mablagʻlarini qoʻlga kiritishgan firibgarlar 8-9 yilgacha ozodlikdan mahrum qilindi.

Ulardan jabr ko'rgan fuqarolarning aytishicha, firibgarlar goʻyoki “GM— Uzbekistan” bilan shartnoma tuzganliklarini aytib, ishontirish maqsadida bir necha fuqarolarga avtobozorlardan mashina ham sotib olib berishgan. Qolgan fuqarolar esa hozirga qadar avtomashinalar uchun toʻlagan pullariga kuyib qolishmoqda.

🌍 @taftish_uz
Видео/гифка, 722 сек, sud avto.mp4
Xitoy futbol assotsiatsiyasi sobiq rahbari pora olgani uchun umrbodga qamaldi

Chen Syuyuan 11,23 mln dollardan ortiq pora olgan. Uning harakatlari poraxo‘rlikning o‘ta og‘ir ko‘rinishi sifatida baholanmoqda. Bundan tashqari, pora olgan ya’na uch nafar futbol amaldoriga hukm o‘qilgan

🌍 @taftish_uz
Изображение

❗️Migratsiya agentligi Rossiyaga borayotgan Oʻzbekiston fuqarolarini ogohlantirdi

Rossiya Federatsiyasining Moskva viloyatida 22-mart kuni yuz bergan terakt sababli butun mamlakat bo‘ylab xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda.

Shu munosabat bilan, Rossiyaga boryotgan, ushbu mamlakat hududida bo‘lib turgan yoki mamlakatdan chiqib ketyotgan yurtdoshlarimizdan ushbu xavfsizlik choralari talablarini inobatga olgan holda harakatlanishni so‘raymiz.

Xususan, shaxsni taqdiqlovchi va mamlakatda bo‘lish yoki ishlash huquqini buruvchi hujjatlarni o‘zlari bilan birga olib yurish, jamoat joylarga sababsiz bormaslik, notanish yoki shubhali insonlar bilan muloqotga kirishmaslik, telefon va boshqa qurilmalarda taqiqlangan foto, audio va video materiallarni saqlamaslik, safar rejalashtirilgan bo‘lsa, vokzal yoki aeroportga belgilangan vaqtdan oldinroq borish kabilar tavsiya qilinadi.

Yurtdoshlarimiz biror muammoga duch kelganda yoki o‘zlarini qiziqtirgan boshqa savollar bilan mamlakatimizning konsullik idoralari yoki Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasiga murojaat qilishi mumkin.

🌍 @taftish_uz


Найдено 8642 поста