Телеграм канал 'Taftish.uz | Rasmiy kanal'

Taftish.uz | Rasmiy kanal


20'025 подписчиков
314 просмотров на пост

Taftish.uz сайтининг расмий телеграм канали.

Instagram — https://shorturl.at/mquT8
Facebook — bit.ly/2JOLX11
OK — bit.ly/33M1BRM
Youtube — bit.ly/2VHyj2s


https://t.me/taftishuz_reklama

Детальная рекламная статистика будет доступна после прохождения простой процедуры регистрации


Что это дает?
  • Детальная аналитика 5'573'033 каналов
  • Доступ к 1'533'798'153 рекламных постов
  • Поиск по 5'803'456'552 постам
  • Отдача с каждой купленной рекламы
  • Графики динамики изменения показателей канала
  • Где и как размещался канал
  • Детальная статистика по подпискам и отпискам
Telemetr.me

Telemetr.me Подписаться

Аналитика телеграм-каналов - обновления инструмента, новости рынка.

Найдено 8936 постов

15-maydan“Afrosiyob”ga chiptalar narxlari oshmoqda

Bunda ekonom klass 20 foiz, biznes klass 30 foiz va VIP klass 40 foiz miqdorda oshishi koʻzda tutilgan.

Toshkent — Buxoro
VIP 890 000 so‘m
Biznes 600 000 so‘m
Ekonom 403 000 so‘m

Toshkent — Qarshi
VIP 747 000 so‘m
Biznes 507 000 so‘m
Ekonom 338 000 so‘m

Toshkent — Samarqand
VIP 554 000 so‘m
Biznes 358 000 so‘m
Ekonom 244 000 so‘m etib belgilandi.

🌍 @taftish_uz
Изображение
AQSh dollarining rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 26-apreldan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 640,21 so‘m (– 49,76)
1 RUB 137,02 so‘m (– 0,18)
1 EUR 13 559,15 so‘m (+ 1,19)

🌍 @taftish_uz
Изображение
“Barcha iPhone’lar sizni kuzatyapti”

Qirg‘iziston bosh vaziri Oqilbek Japarov davlat xizmatchilariga shu masalada murojaat qildi.

Unga ko‘ra, u har hafta ichki ishlar va milliy xavfsizlikdan ma’lumot oladi.

“Hisob palatasi ham bor, biz sizni kuzatib turamiz. Qirg‘izistondagi barcha iPhone’lar ish va intizomingizni nazorat qiladi”, dedi Japarov Prezident Administratsiyasi hay’ati yig‘ilishida.

🌍 @taftish_uz
Изображение
Amerikada olov otuvchi robot-kuchuklar savdoga chiqarildi

Thermonator raqabli temir maxluq oʻzini olov otishi bilan odamlarni qiziqishini oshirmoqda. Hozirda uning narxi 9420 AQSH dollaridan boshlangan boʻlib, amerikaliklar orasida uni xarid qilmoqchi boʻlganlanlar talaygina topiladi.

🌍 @taftish_uz
Видео/гифка, 39 сек, IMG_5808.MP4
Andijonda Nexia-3 yo‘lning belgilanmagan joyidan o‘tayotgan ayolni urib ketdi

YTH Asaka tumanidagi “Yangi sor” mahallasi hududida 22-aprel kuni sodir bo‘lgan. Ayol olgan tan jarohatlari sabab shifoxonaga yotqizilgan.

🌍 @taftish_uz
Видео/гифка, 60 сек, IMG_5775.MP4
Vaʼdaga vafo: Zoyir Mirzayev “Telefonsiz maktab” loyihasini qoʻllagan maktab direktoriga 300 mln soʻmni topshirdi

Taʼkidlanishicha, ushbu maktab 50 kundan buyon yangi loyihani faol tatbiq qilib kelmoqda.

🌍 @taftish_uz
Видео/гифка, 10 сек, video_2024-04-25_12-39-10.mp4
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda:

▪️Sirdaryo viloyati Soliq boshqarmasining soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatish boʻlimi bosh inspektori Guliston shahrida faoliyat yurituvchi 3 ta MCHJning soliq qarzlarini, ushbu MCHJlarni soddalashtirilgan tartibda bankrot deb topish yoʻli bilan bartaraf qilib berish evaziga 4 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

▪️Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumani soliq inspeksiyasi katta inspektori bogʻdorchilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjalikning 2023 va 2024-yillar uchun yer soligʻidan aniqlangan 11 mln. 200 ming soʻm miqdoridagi qarzdorligini bartaraf qilib berish evaziga 7 mln. soʻm, shuningdek, ushbu fermer xoʻjalik rahbarining tanishiga tegishli noturar joyning mol-mulk va yer soliqlaridan boʻlgan 55 mln. 100 ming soʻm qarzdorligini ham toʻliq bartaraf qilib berish evaziga 28 mln. soʻm talab qiladi. U talab qilingan jami 35 mln. soʻm pul mablagʻini olgan vaqtida ushlandi.

▪️Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumanidagi meva-sabzavot saqlash faoliyati bilan shugʻullanuvchi masʼuliyati cheklangan jamiyatga sovutish ombori qurish va unga zarur boʻladigan agregatlar sotib olish uchun 2023-yilning yanvar oyida aksiyadorlik tijorat bankidan 170 ming AQSH dollari miqdorida kredit ajratiladi. Ammo, olingan kreditni toʻlash davrida 3 oylik qarzdorlik yuzaga kelib, uni undirish maqsadida bank tomonidan Majburiy ijro byurosining Uchqoʻrgʻon tuman boʻlimiga murojaat qilinadi.

Shundan soʻng, MCHJ tomonidan kredit qarzdorligi toʻlansada, byuroning 2 nafar davlat ijrochisi MCHJ rahbarini aldab, goʻyoki tuman prokuraturasi tomonidan kredit mablagʻi maqsadsiz sarflanganligi holati boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilganligini aytib, uni javobgarlikka tortilmasligiga yordam berish evaziga 2 ming AQSH dollari talab qilishadi. MIB Uchqoʻrgʻon tuman boʻlimining davlat ijrochilari soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtlarida ushlandi.

▪️Jizzax shahridagi advokatlar hayʼati advokati Jinoyat Kodeksining 165- va boshqa moddalari bilan ayblanib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan oʻz himoyasidagi sudlanuvchiga nisbatan, sud organlaridagi mansabdor tanishlari orqali ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlatib berish evaziga 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslaring barchasiga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

🌍 @taftish_uz
⚡️DXX: Sirdaryo va Namanganda soliq va majburiy ijro byurosi xodimlari, Jizzaxda esa advokat pora bilan ushlandi

🌍 @taftish_uz
Видео/гифка, 181 сек, ДХХ - коррупция.mp4

Toshkentda isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash, elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida 25-aprel kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi:

➖Olmazor tumani — “Miskin”, “Achaobod”, “Xoncharbogʻ” hamda “Guruchariq” MFYlarining ayrim hududlarida soat 10:00 dan 14:00 gacha;
Chilonzor tumani — “Qatortol” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha.

🌍 @taftish_uz

Изображение

⚡️Transport vositasi havoni meʼyoridan ortiq ifloslantirayotgan haydovchilar jarimaga tortilmoqda

10-apreldan hozirga qadar respublika bo'ylab 58 ming 822 ta avtomobil ekologik nazoratdan o‘tkazilgan. 

Shundan 518 ta transport vositasi atmosferaga me'yoridan ortiq zararli moddalar chiqarayotganligi aniqlangan hamda jami 303 nafar haydovchiga nisbatan MJtKning tegishli moddalari bilan jami 50,1 mln soʻm jarima qoʻllanilgan.

Shuningdek, 222 ta transport vositasining harakati vaqtincha toʻxtatilgan.

Bu "Toza havo" oyligining birinchi bosqichi doirasida o'tkazilmoqda. Mazkur bosqich 10-mayga qadar davom etadi.

Tadbir davomida jami 200 000 ta avtotransport vositalarini ekologik nazoratdan oʻtkazish belgilangan.

🌍 @taftish_uz

Изображение
NASA 4G internet tarmogʻini Oyga olib chiqmoqchi — CNN

Oʻz navbatida SpaceX kompaniyasi ham 4G tarmogʻini Oyga olib chiqish borasida harakat boshlagan.

🌍 @taftish_uz
Изображение
Toshkent viloyatining 20 mingga yaqin ko‘chmas mulk obyektlari Yangi Toshkent hududiga o‘tmoqda

Shundan:i>
• Turar joylar - 18 773 ta;
• Noturar joylar - 891 ta;
• Ko‘p qavatli uylar - 52 ta;

Jumladan, Yuqori Chirchiq tumanidan 6 556 ta, Oʻrta Chirchiq tumanidan jami 3 167 ta obyekt oʻtkazilmoqda.

🌍 @taftish_uz
Изображение

DXX Toshkent shahri va Toshkent viloyatida qalbaki 71,2 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qoʻydi

https://t.me/taftish_uz

Видео/гифка, 126 сек, ДХХ - қалбаки доллар.mp4
“Germaniyada tobora koʻproq ota-onalar nasroniy farzandlari Islomni qabul qilishni xohlashlarini aytishmoqda”

Germaniyaning Bild nashri bunga muhojirlar sonining koʻpligi sabab boʻlganini yozmoqda. Oxirgi sakkiz yil ichida maktabga qatnaydigan musulmon oilalar farzandlarining ulushi keskin oshgan, bu bolalarning aksariyati diniy eʼtiqodli oilalardan chiqqan.

Natijada nasroniy oilalari farzandlari ozchilikka aylanadi, ayniqsa katta shaharlarda. Maktabda begona boʻlib qolmaslik uchun ular ota-onasidan islomni qabul qilishlariga ruxsat berishlarini soʻrashadi, deb yozadi Bild.

https://t.me/taftish_uz
Изображение
Namanganda fuqaro tarixiy yodgorlik hududidagi qabrlarni buzib yubordi

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, “Bo‘zchi mozor” arxeologiya yodgorligidagi XVI-XVII asrlarga oid qabrlar uy qurish maqsadida buzib tashlangan.

Oqibatda obyektga 6,9 mlrd. so‘mlik zarar yetkazilgan.

Tekshirishlar natijasiga ko‘ra jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

https://t.me/taftish_uz
Изображение
Radarlar orqali qayd etilgan qoidabuzarliklar 48 soat ichida YPX markaziga yuboriladi

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Bekmurod Abdullayevning tushuntirish berishicha, vakolatli organ jarima solish haqidagi qarorni 15 kundan kechiktirmay chiqarishi kerak. Ana shundagina haydovchi jarimaga tortilmasligi belgilanmoqda.

https://t.me/taftish_uz
Видео/гифка, 37 сек, IMG_5646.MP4

Farzandingiz ijtimoiy tarmoqlarda qanday kontentga koʻproq qiziqayotganini nazorat qilasizmi?

Koʻngilsiz voqealarni oldini olish maqsadida bolalar tomosha qilayotgan videomateriallar mazmun-mohiyatiga eʼtiborli boʻling!

Uyali aloqa vositalaridan toʻgʻri foydalanishlari boʻyicha yoʻl-yoʻriq oʻrgating!

https://t.me/taftish_uz

Видео/гифка, 36 сек, self-suicide_AOKA.mp4
Rossiyada qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonliklarga moddiy yordam berildi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga ko‘ra, Volgograd, Novosibirsk, Perm va Ryazanda murakkab vaziyatda qolgan fuqarolarga moddiy va huquqiy yordam ko‘rsatilgan.

Voronejda moliyaviy qiyin ahvolda qolgan yurtdoshimiz Moskva-Buxoro yo‘nalishidagi aviareys orqali Vatanga qaytarilgan.

https://t.me/taftish_uz
Изображение
Eronliklar 9 yil ichida birinchi marta Umra ziyoratiga yoʻl olishdi

Oʻtgan yili Eron va Saudiya Arabistoni oʻzaro aloqalarni tiklashga va toʻqqiz yildan koʻproq vaqt oʻtib, oʻz elchixonalarini qayta ochishga kelishib olgan edi. Munosabatlar yaxshilanishi fonida eronliklarga Umra ziyoratiga yana ruxsat berildi.

2016-yilda Erondagi namoyishchilar Tehrondagi Saudiya Arabistoni elchixonasi va Mashhaddagi konsulligiga hujum qilganidan keyin ikki davlat oʻrtasida diplomatik aloqalar uzilgan edi.

https://t.me/taftish_uz
Изображение

ФАҚАТ ҲИСОБОТДА МАВЖУД ДОРИ-ДАРМОНЛАР ҚАЙЕРДА?
https://youtube.com/watch?v=0yUkp5cwFng&si=BhkFHzbp9GL63fAB


Найдено 8936 постов