Телеграм канал 'Taftish.uz | Rasmiy kanal'

Taftish.uz | Rasmiy kanal


29'659 подписчиков
236 просмотров на пост

Taftish.uz сайтининг расмий телеграм канали.

Instagram — https://shorturl.at/mquT8
Facebook — bit.ly/2JOLX11
OK — bit.ly/33M1BRM
Youtube — bit.ly/2VHyj2s


https://t.me/taftishuz_reklama

Детальная рекламная статистика будет доступна после прохождения простой процедуры регистрации


Что это дает?
  • Детальная аналитика 5'623'478 каналов
  • Доступ к 1'533'798'153 рекламных постов
  • Поиск по 4'957'027'723 постам
  • Отдача с каждой купленной рекламы
  • Графики динамики изменения показателей канала
  • Где и как размещался канал
  • Детальная статистика по подпискам и отпискам
Telemetr.me

Telemetr.me Подписаться

Аналитика телеграм-каналов - обновления инструмента, новости рынка.

Найдено 8642 поста

Salar—Xojikent temir yo‘l bekatlari oralig‘idagi temir yo‘l kesishmasining yo‘l izida yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish ishlari doirasida 28-mart soat 21:00 dan 29-mart soat 06:00 ga qadar Temur Malik ko‘chasining Universitet ko‘chasi bilan kesishgan qismidan Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi bilan kesishgan qismigacha avtotransport vositalari harakati cheklanadi.

🌍 @taftish_uz

Изображение
Poytaxt aholisi kuchli shamol va yomgʻir tufayli ogohlantirildi

Toshkent shahar hokimligi poytaxt aholisi va mehmonlardan kuchli shamol va yomgʻir yogʻishi kuzatilayotgani sababli ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish, daraxtlar va temirli qurilmalar tagiga avtomashinalarni qoʻymaslikni soʻradi.

Ma'lumot o'rnida, noqulay ob-havo sharoiti – kuchli shamol, yogʻingarchiliklar bilan bogʻliq har qanday favqulodda vaziyatlarda Toshkent shahar hokimligining tegishli xizmatlari bilan (71) 212-69-80, (71) 212-69-82, 1050 va 1055 raqamlariga murojaat qilib bogʻlanishingiz mumkin. Shuningdek, murojaatingizni Xalq Nazorati portali va ilovasi orqali yuborish imkoniyati mavjud.

🌍 @taftish_uz
Изображение
Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSH parlamenti delegatsiyalarini qabul qildi

Davlatimiz rahbari AQSHning senator Stiven Deyns hamda Vakillar palatasi qoʻmitasi raisi, kongressmen Mayk Rojers boshchiligidagi delegatsiyalarini qabul qildi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston-AQSH strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va koʻp qirrali hamkorlikni rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.

Shuningdek, AQSH hududlari biznesining Oʻzbekistonga safarlarini tashkil etishga kelishib olindi.

🌍 @taftish_uz
Изображение
⚡AQSH dollarining rasmiy kursi 12 ming 600 soʻmdan oshdi

Markaziy bank 28-martdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 600,14 so‘m (+10,14)
1 RUB 135,92 so‘m (–0,05)
1 EUR 13 642,17 so‘m (–23,02)

🌍 @taftish_uz
Изображение
⚡Toshkentdagi “avtosalon”dan jabr ko'rgan fuqarolarga pullari qaytariladimi?

Kuni kecha, poytaxtning A.Navoiy koʻchasida “My-Cars” nomi bilan avtosalon ochib, 2022-yilning yanvaridan 2023-yilning avgustiga qadar 74 nafar fuqaroning jami — 6 mlrd 155 mln soʻm pul mablagʻlarini qoʻlga kiritishgan firibgarlar 8-9 yilgacha ozodlikdan mahrum qilindi.

Ulardan jabr ko'rgan fuqarolarning aytishicha, firibgarlar goʻyoki “GM— Uzbekistan” bilan shartnoma tuzganliklarini aytib, ishontirish maqsadida bir necha fuqarolarga avtobozorlardan mashina ham sotib olib berishgan. Qolgan fuqarolar esa hozirga qadar avtomashinalar uchun toʻlagan pullariga kuyib qolishmoqda.

🌍 @taftish_uz
Видео/гифка, 722 сек, sud avto.mp4
Xitoy futbol assotsiatsiyasi sobiq rahbari pora olgani uchun umrbodga qamaldi

Chen Syuyuan 11,23 mln dollardan ortiq pora olgan. Uning harakatlari poraxo‘rlikning o‘ta og‘ir ko‘rinishi sifatida baholanmoqda. Bundan tashqari, pora olgan ya’na uch nafar futbol amaldoriga hukm o‘qilgan

🌍 @taftish_uz
Изображение

❗️Migratsiya agentligi Rossiyaga borayotgan Oʻzbekiston fuqarolarini ogohlantirdi

Rossiya Federatsiyasining Moskva viloyatida 22-mart kuni yuz bergan terakt sababli butun mamlakat bo‘ylab xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda.

Shu munosabat bilan, Rossiyaga boryotgan, ushbu mamlakat hududida bo‘lib turgan yoki mamlakatdan chiqib ketyotgan yurtdoshlarimizdan ushbu xavfsizlik choralari talablarini inobatga olgan holda harakatlanishni so‘raymiz.

Xususan, shaxsni taqdiqlovchi va mamlakatda bo‘lish yoki ishlash huquqini buruvchi hujjatlarni o‘zlari bilan birga olib yurish, jamoat joylarga sababsiz bormaslik, notanish yoki shubhali insonlar bilan muloqotga kirishmaslik, telefon va boshqa qurilmalarda taqiqlangan foto, audio va video materiallarni saqlamaslik, safar rejalashtirilgan bo‘lsa, vokzal yoki aeroportga belgilangan vaqtdan oldinroq borish kabilar tavsiya qilinadi.

Yurtdoshlarimiz biror muammoga duch kelganda yoki o‘zlarini qiziqtirgan boshqa savollar bilan mamlakatimizning konsullik idoralari yoki Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasiga murojaat qilishi mumkin.

🌍 @taftish_uz

⚡Yoʻl boʻyida joylashgan maktablar oldida maxsus kameralar oʻrnatiladi

2024-yil 1-iyuldan boshlab yoʻl boʻyida joylashgan maktablar oldida, kamida toʻrt tasmali yoʻllardagi piyodalar oʻtish joylarida, yoʻl-transport hodisalari oʻchoqlarida, temir yoʻl kesishmalarida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari bosqichma-bosqich o'rnatiladi.

Bu Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi tomonidan “Xavfsiz yoʻl va xavfsiz piyoda” respublika jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilib, YHXX tomonidan belgilanadigan joylarga oʻrnatiladi.

🌍 @taftish_uz
Изображение
Toshkentning 3 ta tumanida gaz ta’minoti qisman to‘xtatiladi

Tizimda ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan soat 10:00 – 18:00 oralig‘ida quyidagi hududlarda ta’minot to‘xtatiladi:

Chilonzor tumanida: Zarqo‘rg‘on, Fidokor, Navbahor, Katta Navbahor, Ko‘tarma, Naqqoshlik, Botirma, Lutfiy, 1-Qatortol, Nafosat, Diyor, Qatortol, Cho‘pon ota, Bog‘zor, Oqtepa mahallalari va S-mavzesida;

Uchtepa tumanida: Tepa Qo‘rg‘on, Qo‘rg‘on tepa, Ko‘hna Cho‘ponota, Bog‘obod, Bog‘iston, Birlik, Nayman, Guzar, 11-12-13-14-15-26-mavzelarda;

Mirzo Ulug‘bek tumanida Ne’mat berk ko‘chasidagi 74 ta yerli xonadonlarda gaz o‘chiriladi.

🌍 @taftish_uz
Изображение

Davlat rahbariga Yangi Namangan qurilishining kelgusi bosqichlari taqdimot qilindi.

🌍 @taftish_uz

Видео/гифка, 41 сек, IMG_6759.MP4
Suriyada terrorchilar safiga borib qo‘shilgan jizzaxlik yigit 6 yilga qamaldi

D.Raimov 2023 yilda ijtimoiy tarmoq orqali faoliyati taqiqlangan “Tavhid va Jihod katibasi” xalqaro terrorchilik tashkiloti tarafdorlari ta’siriga tushib qolgan.

U tashkilotning Suriyadagi tarafdorlari safiga qo‘shilgan va harbiy amaliyot natijasida jiddiy jarohat olgan.

Davolanish uchun Turkiyaga o‘tgan Raimov huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan qo‘lga olinib, O‘zbekistonga deportatsiya qilingandi.

🌍 @taftish_uz
Изображение
Rossiyalik tergovchilar Tojikistonga keldi

Ular teraktda ayblanayotgan to‘rt kishining oila a’zolarini so‘roq qildi. Crocus’dagi terakt bo‘yicha tergov Emomali Rahmonning “shaxsiy nazorati” ostida ekani ma’lum qilindi.

🌍 @taftish_uz
Изображение
Namanganda sobiq “Karvon” bojxona nazorat maskani tiklanadi

Bundan tashqari, Namangan xalqaro aeroportidagi boʻsh maydonda yuk terminali ishga tushiriladi.

Shuningdek, Namanganni Qamchiq dovoniga yaqin hududida logistika markazi tashkil etiladi.

Ushbu choralar viloyat eksportining logistika xarajatini kamaytirish maqsadida qilinmoqda.

▪️Shu bilan birga “Uchqoʻrgʻon” bojxona postini ishga tushirish jadallashtiriladi.

Post yaqinida xitoylik hamkorlar bilan “Uchqoʻrgʻon-Kensay” logistika markazini barpo etiladi.

Prezident yigʻilishidan

🌍 @taftish_uz
Изображение

⚽️ Bugun Oʻzbekiston terma jamoasi Gonkongga qarshi oʻynaydi

JCH-2026 2-saralash bosqichi doirasidagi uchrashuv “Bunyodkor” stadionida oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston MTJ ushbu bahsda gʻalaba qozongan taqdirda keyingi bosqich yoʻllanmasini deyarli naqd qilishadi.

Oʻyin Toshkent vaqti bilan soat 19:30 da boshlanadi.

🌍 @taftish_uz

Изображение
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Namangan viloyatining imkoniyatlarini ishga solish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda.

Davlatimiz rahbari soʻzining avvalida Namangan mamlakatimizning eng barakali, sersuv va serhosil hududlaridan biri, mehnatkash va saxovatpesha, gʻururi baland, tadbirkorlikda eng ilgʻor insonlar yurti ekanini taʼkidladi.

Ularning mehnati va fidoyiligi bilan Namanganda hayot oʻzgarmoqda. Oʻtgan 7 yilda viloyat iqtisodiyoti 2 barobar, eksport 3 karra oʻsib, jon boshiga daromad 15,5 million soʻmga yetdi. 65 trillion soʻm investitsiya hisobiga 600 ming ish oʻrni yaratildi.

🌍 @taftish_uz
Изображение
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon "Crocus City Hall"da sodir etilgan teraktni tojik xalqi uchun uyatli va dahshatli deb atab, millat nomiga dogʻ tushiradigan bunday xatti-harakat sodir etmasliklari uchun tojikistonliklarni farzand tarbiyasiga e'tibor qaratishga chaqirdi.

🌍 @taftish_uz
Изображение
Nissan yangi krossover Kicks’ni namoyish qildi

Kicks 143 ot kuchiga ega 2 litrli benzinli dvigatel bilan jihozlangan. Model Meksikada ishlab chiqariladi. Bozorga esa 2024-yil yozida chiqishi aytilmoqda. Hozircha Kicks’ning narxi ma’lum emas.

🌍 @taftish_uz
Изображение

Найдено 8642 поста