Телеграм канал 'Taftish.uz | Rasmiy kanal'

Taftish.uz | Rasmiy kanal


18'855 подписчиков
231 просмотров на пост

Taftish.uz сайтининг расмий телеграм канали.

Instagram — https://shorturl.at/mquT8
Facebook — bit.ly/2JOLX11
OK — bit.ly/33M1BRM
Youtube — bit.ly/2VHyj2s


https://t.me/taftishuz_reklama

Детальная рекламная статистика будет доступна после прохождения простой процедуры регистрации


Что это дает?
  • Детальная аналитика 5'851'690 каналов
  • Доступ к 1'533'798'153 рекламных постов
  • Поиск по 5'764'605'262 постам
  • Отдача с каждой купленной рекламы
  • Графики динамики изменения показателей канала
  • Где и как размещался канал
  • Детальная статистика по подпискам и отпискам
Telemetr.me

Telemetr.me Подписаться

Аналитика телеграм-каналов - обновления инструмента, новости рынка.

Найдено 8932 поста

Rossiyada qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonliklarga moddiy yordam berildi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga ko‘ra, Volgograd, Novosibirsk, Perm va Ryazanda murakkab vaziyatda qolgan fuqarolarga moddiy va huquqiy yordam ko‘rsatilgan.

Voronejda moliyaviy qiyin ahvolda qolgan yurtdoshimiz Moskva-Buxoro yo‘nalishidagi aviareys orqali Vatanga qaytarilgan.

https://t.me/taftish_uz
Изображение
Eronliklar 9 yil ichida birinchi marta Umra ziyoratiga yoʻl olishdi

Oʻtgan yili Eron va Saudiya Arabistoni oʻzaro aloqalarni tiklashga va toʻqqiz yildan koʻproq vaqt oʻtib, oʻz elchixonalarini qayta ochishga kelishib olgan edi. Munosabatlar yaxshilanishi fonida eronliklarga Umra ziyoratiga yana ruxsat berildi.

2016-yilda Erondagi namoyishchilar Tehrondagi Saudiya Arabistoni elchixonasi va Mashhaddagi konsulligiga hujum qilganidan keyin ikki davlat oʻrtasida diplomatik aloqalar uzilgan edi.

https://t.me/taftish_uz
Изображение

ФАҚАТ ҲИСОБОТДА МАВЖУД ДОРИ-ДАРМОНЛАР ҚАЙЕРДА?
https://youtube.com/watch?v=0yUkp5cwFng&si=BhkFHzbp9GL63fAB

Yandex Go Oʻzbekistonda taksiga buyurtma berish korporativ xizmatini ishga tushirdi

Endi Toshkentda kompaniyalar Yandex Goʻdan biznes uchun foydalanishlari mumkin. Kelgusida ushbu xizmatni Oʻzbekistonning boshqa shaharlarida ham yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan. Bu kompaniya xodimlarining ish safarlarini tashkil etishini osonlashtiradi: endi ilova orqali taksi chaqirish mumkin, safar hisobotlari esa shaxsiy kabinetda aks ettiriladi. Ushbu parametr shahar boʻylab xodimlar uchun ish safarlarini tashkil qilish, hamkorlar va mijozlar uchrashuvlari uchun transfer tashkil qilish, shuningdek, boshqa korporativ vazifalar uchun foydalidir.

“Bu bilan har qanday yirik kompaniyalar ham oʻz xodimlariga tanish ilova orqali korporativ taksi buyurtma qilish xizmatidan oson foydalanishni taʼminlay oladi. Oʻzbekistonda tadbirkorlar haqiqatan ham mahsulotni kutishganini birinchi murojaatlar va mijozlardan koʻrib turibmiz”, — deyiladi kompaniya matbuot xizmati xabarida.

https://t.me/taftish_uz

Изображение
Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasining yangi maʼmuriy binosi ochilish marosimida ishtirok etdi

https://t.me/taftish_uz
Видео/гифка, 112 сек, Ochilish.mp4
AQSHda odamlarning ilk bor Zombi virusiga chalinish holati aniqlandi

Kasallikni yuqtirib olgan ikki ovchi vafot etgan. Ular kasallangan kiyik go‘shtini iste’mol qilgani aytilmoqda. Zombi virusi dastlab kiyiklarda aniqlangandi.

https://t.me/taftish_uz
Изображение
2026 - yilga qadar «yashil» energiya manbalari ulushi 25 foizga yetkaziladi

O‘zbekistonda 2026 - yilga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ulushini 25 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda. Natijada 3 milliard kubometr tabiiy gaz iqtisod qilinadi.

Shu maqsadda ayni paytda mamlakatda umumiy quvvati 6540 megavattga teng bo‘lgan 18 ta quyosh fotoelektr stansiyasi, quvvati 5200 megavattga teng bo‘lgan 12 ta shamol elektr stansiyasi, quvvati 600 megavattli 1 ta gibrid elektr stansiyasi hamda 1050 megavatt quvvatga ega 9 ta elektr energiyasi saqlash tizimini qurish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, Qoraqalpog‘istonda Markaziy Osiyodagi eng yirik shamol elektr stansiyasi qurilishi rejalashtirilgan. Umumiy quvvati 1,5 gigavatt bo‘lgan stansiya 2 million 190 ming xo‘jalikni elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.

https://t.me/taftish_uz
Изображение

Shavkat Mirziyoyev 22-apreldan qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi

Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

https://t.me/taftish_uz

Изображение
1-maygacha hisob raqam to‘ldirib qo‘yilsa, 2 oy mobaynida eski tarif amal qiladi!

Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, energoresurslar uchun oldindan pul to‘lab qo‘ygan mijozlar tarif o‘zgargan taqdirda ham, 2 oy davomida eski tarif bo‘yicha hisob-kitob qilinadi.

Masalan, siz elektr energiyasi uchun joriy yilning 30-aprel sanasida 1 million 100 ming so‘m to‘lab qo‘ysangiz va may oyida 1 000 kVt·soat elektr energiyasi yoqsangiz, sizning shaxsiy hisob raqamingizdan 200 kVt·soat uchun 59 ming so‘m (295 so‘mdan), 800 kVt·soat uchun esa 472 ming so‘m (590 so‘mdan), jami 531 ming so‘m yechib olinadi. Iyun oyida ham xuddi shu tartib davom etadi.

https://t.me/taftish_uz
Изображение

Ziroat Mirziyoyeva Fargʻonada yosh fermerlar bilan uchrashdi

Ziroat Mirziyoyeva Fargʻona tumanining Doʻstlik mahallasida issiqxona xoʻjaligi boʻyicha amaliy treninglarda ishtirok etayotgan ekomaktab oʻquvchilari va oʻqituvchilarning faoliyatini kuzatdi.

Taʼkidlanishicha, FAO ekspertlari va issiqxona egalari oʻz misollarida “aqlli issiqxona”ning imkoniyatlarini qiziqarli tarzda ochib berishgan, samarali tabiatni asrovchi koʻnikmalarning qoʻllanilishi hosildorlikni oshirishga, tabiiy resurslarni saqlab qolishga imkon berishini bolalarga koʻrsatib berishgan.

https://t.me/taftish_uz

Видео/гифка, 24 сек,
Oʻzbekiston aholisi 37 millionga yetdi

22-aprel, Toshkent vaqti bilan 03:25larda Oʻzbekiston aholisi rasman 37 mln kishiga yetgani maʼlum boʻldi.

https://t.me/taftish_uz
Изображение
Oʻzbekiston avtomobil bozorida qatorasiga uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi

Oʻzbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatilmoqda. Mart oyi yakunlariga koʻra, mamlakatda avtotransport vositalarining umumiy savdosi deyarli 109 ming donani tashkil etdi va avtomobil bozori oy davomida 5,8 foizga qisqardi. Oy davomida faqat yengil elektromobillar segmentida biroz oʻsish qayd etildi.

https://t.me/taftish_uz
Изображение
Toshkentda Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlandi

O‘quv markaz xodimi fuqaroni Koreys tili imtihonidan tanishlari orqali o‘tkazib berishi evaziga $10000 olgan vaqtda ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

https://t.me/taftish_uz
Изображение
Ziroat Mirziyoyeva Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda ishtirok etdi

Festivalda Qarshi, Toshkent, Andijon, Nukus va Marg‘ilondagi "Zamin Creative" studiyalarining yangi ishtirokchilari va bitiruvchilari qatnashdi.

Media yo‘nalishida ishtirokchilar dunyoga mashhur rishtonlik kulol Alisher Nazirov va Yodgorlik ipak matolari fabrikasi bilan hamkorlikda "Nigoh" ko‘rgazmasini tayyorladi.

Yosh aktyorlar o‘zlarining sahna ko‘rinishlarida daraxtlar kesilishi va dengizlar qurishi kabi muhim ekologik mavzularni ko‘tardilar.

Yosh dizaynerlar "birgalikda, bir butun bo‘lish" g‘oyasini asos qilib, milliy quroq usuli, ya’ni mayda parchalardan bir butun buyum yaratish an’anasi orqali insonning tabiatga mehribon munosabatini ochib berdilar.

Ziroat Mirziyoyeva bolalarni festival muvaffaqiyatli yakunlangani bilan tabrikladi, ijodiga muvaffaqiyatlar, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish sari yo‘lda to‘liq erkinlik, shodlik va ilhom tiladi.

🌍 @taftish_uz
Изображение

Найдено 8932 поста