Bu — oddiy shior emas. Bu — jamiyat vijdonining uygʻonishi, adolatga boʻlgan ehtiyojning yana bir bor namoyon boʻlishi. Yashirin iqtisodiyot — bu nafaqat raqamlardagi kamchilik, balki ishonchga tushgan soya, taraqqiyot yoʻlidagi koʻrinmas toʻsiqdir.
Bugun soliq idoralari oldida turgan vazifa — faqat tushumni oshirish emas. Bu — shaffoflikni qaror toptirish, halol mehnatni qadrlash, har bir fuqaroning ertangi kuniga boʻlgan ishonchini mustahkamlashdir. Zero, adolatli tizim — bu kuchli davlat poydevoridir.
Soliq qoʻmitasi va Toshkent shahar soliq boshqarmasi hamkorlikda tayyorlangan “Shahar bedarvoza emas” nomli videorolik aynan shu gʻoyalarning amaliy ifodasidir. Bu — ogohlik ramzi. Bu — har qanday shubhali operatsiyalar zanjiri aniqlanishi va uzilishi muqarrarligini anglatadi. Chunki zamonaviy jamiyatda yashirin qolish imkoni kun sayin kamaymoqda.
Raqamli izlar, tahlillar va hamkorlik — barchasi bir maqsadga xizmat qiladi: qonun ustuvorligi.
Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar — bu yoʻl xaritasi, lekin uning ijrosi har bir masʼul xodimning vijdoni va sadoqatiga bogʻliq.
Keskin kurash — bu jazo berish emas, balki tizimni sogʻlomlashtirish, iqtisodiyotni “oqlash” va jamiyatni poklash jarayonidir.
Zero, haqiqat shundaki: yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash — bu davlat va jamiyatning birgalikdagi harakati. Har bir halol toʻlangan soliq — bu maktablar, yoʻllar, shifoxonalar va kelajakka qoʻyilgan sarmoyadir.
Tizim uygʻondi. Endi navbat — ongning uygʻonishida.
Сурхондарёдаги тезкор янгиликлар каналига обуна бўлинг ❗️❗️❗️
https://t.me/+QOwQnkWfh-04MDg6
🔻 MobiKids haqida siz bilmagan bir nechta faktlar! ✨
‼️ MobiKids — bu shunchaki multfilmlar to‘plami emas, balki 2 yoshdan 12 yoshgacha bolalar uchun mo‘ljallangan butun boshli raqamli ekotizimdir. Xizmatni noyob qiladigan bir nechta qiziqarli jihatlar bilan tanishing:
🔔 Sun’iy intellekt ertaklarida ota-ona ovozi
"Shamaze" ilovasida sun’iy idrok yordamida ota-onaning ovozi bilan yangraydigan o'z ertaklaringizni yaratishingiz mumkin.
🤝 Bepul foydalanish imkoniyati
Mobiuz’ning barcha abonentlari uchun portalga kirish imkoniyati mavjud. Buning uchun ro‘yxatdan o‘tish yoki ilovalarni yuklab olish shart emas. Siz xizmatdan hoziroq, hech qanday ortiqcha harakatlarsiz foydalanishni boshlashingiz mumkin!
📎 MobiKids imkoniyatlari va ulanish usullari haqida batafsil ma’lumot olish uchun bu yerga bosing.