Телеграм канал ''




322 подписчиков
151 просмотров на пост


Детальная рекламная статистика будет доступна после прохождения простой процедуры регистрации


Что это дает?
  • Детальная аналитика 3'335'611 каналов
  • Доступ к 1'106'640'642 рекламных постов
  • Поиск по 2'617'439'949 постам
  • Отдача с каждой купленной рекламы
  • Графики динамики изменения показателей канала
  • Где и как размещался канал
  • Детальная статистика по подпискам и отпискам
Telemetr.me

Telemetr.me Подписаться

Аналитика телеграм-каналов - обновления инструмента, новости рынка.

Найдено 5875 постов

Go'yoki..
Изображение
Qiyin ekan..
Изображение
Tabassum..😊
Изображение
🕊 In shaa Alloh 🕊
Видео/гифка
#Qirmizi_Oy

#5

Muallif:
            
#MoYCHeCHaGiM

Tushlikdan sòng yana ishlarimni boshladim. Ochiģi ish unchalik kòp emas. Idishlarni yuvib, oshxonani tozalashni boshladim. Ish qilish vaqtida doim musiqa tinglashni yoqtirardim. Telefonimga sokin musiqa qòyib qòydim. Berilib ish qilar ekanman, yon tomonimdan ovoz keldi.

- Salom...

Kutmagaligim uchun qòrqqanimdan bir uchib tushdim. Sekin boshimni kòtarib qaradim. Haligi yigit.

- Assalomu aleykum

Dedim nima deyishimni bilmay. Haligacha uning mendan katta yoki kichikligini bilmayman. Uy egasini senlab gapirishidan akasi deb òylasam, jussasi kichikligi ukasi degan tahminni berardi.

- Uzr. Qòrqitib yubordim.

- Hech qisi yòq.

Dedim unga ahamiyat bermaslikka urunib. Biroz muddat jim bòlib qoldi. Men esa òz ishlarimni qilishda davom etdim.

- Sal oldin eshitgandirsan. Men shunchaki  Adhamga hazil qilmoqchi edim. Keyin sen kirib qolding...

Dedi boshini qashlab qòyarkan.

- Men esa qilgan ishimdan afsuslanmayman. Agar yaxshigina oģrigan bòlsa xursandman. Yana shunday vaziyat bòlsa hech ikkilanmasdan yana shu ishni qilardim. Xattoki bundan battarini.

Menga hayrat nazari bilan qarab turgan yigitga jilmayib qòydim-da yana ishimda davom etdim. Ishlarimni bòlib, qòlimni sochiq bilan artarkanman menga qarab qòlini chòzdi.

- Sherzod

Biroz muddat qarab turdim-da, qòlini siqib qòydim.

- Sevara

U indamay stolga òtirgancha meni kuzatishni boshladi. Kechlikka nima tayyorlashni òylar ekanman, har qadam bosganimda oyoģim bir qalqib ketardi. Doim shunaqa kimdir meni kuzatsa, shunaqa bòladi.

- Nima

Dedim sabr kosam tòlib.

- Hech nima

- Unda nimaga qarab turibsiz. Boshqa ishingiz yòqmi? Chiqing òzingizning xonangizga.

Dedim asabiylashib. Tavba qildim mendan tillo topdimi bu.

- Ochiģi harakatlaringga, òzingni tutishingga besh ketdim. Òziga bu darajada ishongan qizni birinchi bor kòryapman.

- Gaplarimni eshitdingizmi? Yoki quloģingiz oģirroqmi?

Dedim yana zahrimni sochib.

- Tavba tavba. Zaharoy

Dedi kulgancha.

Indamadim. Òz ishimni davom ettirdim.
😁 3
❤‍🔥 1
🔥 1
Kelilar baliq ovliymiza
Chomilishi bilsalariz chomilamiz😅😁
😁 2
Видео/гифка
#Qirmizi_Oy

#4

Muallif:
            
#MoYCHeCHaGiM

Qolgan ishimni teshib yuboruvchi nigohlar ostida tugatdim. Ishimni tugatishim bilan oshxonaga òtib ketdim. Taomlarni dasturxonga tortishim bilan uy egasi ham eshikdan kirib keldi. Bugun burulishlar kuni bòladi chamamda. Bu uyda ishlayotganimga tòrt yil bòlgan bòlsa-da uni biror marta kòrmagandim. Lekin bugun u yaqqol qarshimda turibdi. Ranggi huddi menikidek qordek oq. Tim qora soch ranggiga mos kòzlar. Kalta lekin qayrilib turuvchi kipriklar.

U menga bir muddat òzgacha nigohlar bilan qarab turdi. Keyin qoshlari biroz chimirilgan holatda yuqori qavatga chiqib ketdi. Ochiģi uy egasini birinchi marta kòrganim bir tomondan ajablantirsa, ikkinchi tarafdan uning menga qaragan nigohlari òylantirardi. Yana uy egasining ģalati bir odati bor edi. Tushlik vaqtida doim taom bilan birga qahva ichardi. Yodimda birinchi bor kelgan kunimda qahva bermaganligim uchun meni ishga taklif qilgan ayoldan rossa deguncha gap eshitgandim.

Hozir ham oshxonaga kirarkanman kòzim gaz pechida òzidan buģ chiqarib qaynayotgan suvga tushdi. Unutibman. Tushlik taomga qòshib qahva ham qòyishim kerak edi. Qahvani tayyorlab uni uy egasi yoniga qòyishga borayotganimda uy egasi endi zinalardan tushayotgandi. Pastga tushishi bilan yonidagi yigit bilan suhbatlasha boshladi. Oshxonaga yetib borgunimgacha ularning suhbatlari bemalol eshitilib turdi.

- Xòsh yaxshi dam oldingmi?

- Ha albatta gap bòlishi mumkin emas

Dedi haligi yigit kinoya ohangida.

- Balki gapni aylantirmay ochiq oydin aytib qòyarsan.

Uy egasining ohangida jiddiylik sezildi.

Ularga qarama-qarshi yurib ketayotganligim uchun ularning yuz ifodasini kòra olmayotgandim. Lekin gaplaridagi kinoya, jiddiylik sezilib turardi.

- Xullas xizmatching meni juda ''yaxshi'' kutib oldi.

Dedi yana yigit ''yaxshi'' sòziga alohida urģu berib.

- Balki yana ham ochiq gapirarsan.

- Kelganimdan sòng biroz dam oldim. Keyin chanqaganim uchun pastga tushdim. Uyingni hali yaxshi bilmasligim yodimga tushdi. Undan sòng uyni òzim kòrib chiqa boshladim. Bir zalga kirganimdan sòng behosdan guldonni tushirib yubordim. Keyin qadam tovushlari kela boshladi. Sen ishga ketmagansan deb òylab bir hazil qilmoqchi edim. Eshikning yon tomoniga òtib kirishingni kuta boshladim. Endi oģzini qòlim bilan yopib ikkala qòlini mahkam ushlaganimdan sòng u xizmatchi qizligini bildim. Ishon òsha vaqt nima qilishimni bilmay qoldim. Keyin sekin qòlini bòshatib oģzidan qòlimni oldim. Òsha vaqt barcha narsani hayolimdan òtkazgandim. Lekin buni emas...

Haligi yigit miriqib kuldi.

- Xòsh keyin nima bòldi?

Uy egasining ovozida biroz jahl sezildi.

- Qòliga qattiq nimadir olib olgan ekan. Keyin òsha bilan yaxshilab bittani tushurdi.

- Nima?

Uy egasining ovozida hayratlanish aks etdi. Keyin buni òrnini kulgu egalladi.

- Shundan keyin hozir òzimga keldim.

Yigit gapini yakunlab qòydi.

Allaqachon oshxonaga yetib kelganligim uchun ularning gaplari eshitilmay qoldi.
🔥 2
O'zi mehrga muhtoj..
Изображение
Choymi qahvami..
Изображение
#Qirmizi_Oy

#3

Muallif:
            
#MoYCHeCHaGiM

Uyda yana yolģiz qoldim. Barcha yerning tozaligini tekshirib chiqdim. Uning tozalikka juda e'tiborli ekanligini meni ishga taklif qilgan ayol takror-takror aytgandi. Yana aksiga olgandek barcha jihozlar oq rangda. Barcha ishlarni qilib bòlganimdan sòng oshxonaga kirdim.Tushlik uchun taom tayyorlay boshladim. Ayni shu paytda asosiy zalda nimadir singanining ovozi eshitildi. Yuragimga vahima oraladi. Axir kim bòlishi mumkin. Bu uyda mendan boshqa hech kim bòlmasdi. Xonaga chiqdim. Extiyot shart qòlimga òqlovni ham olib oldim. Kimligini bilmasam. Meni òldirmoqchi bòlsa nima qilaman. Sekin-sekin qadamlar bilan asosiy zalning eshigi yoniga bordim. Ichkariga mòraladim. Hech kim kòrinmadi. Yana bir ikki qadam bosib mòraladim. Shu payt kimdir ortimdan òtib oģzimni qòli bilan yopib boshqa qòli bilan ikkala qòlimni ham mahkam ushlab oldi. Nima qilishni bilmay bir muddat jim turib qoldim.

- Hozir men qòlimni olaman va sen ovozingni chiqarmaysan

Dedi notanish buyruq ohangida.

'' Men senga kòrsatib qòyaman menga buyruq berishni ''

Shu gaplarni òylar ekanman tasdiq ma'nosida bosh silkib qòydim. Qòllarim ozod bòlishi bilan paytdan foydalanib boshiga bir urdim. Biroz menga nafrat bilan qarab turdida yerga ''gurs'' etib quladi. Bir amallab òzimga suyagancha yonimizdagi òrindiqlardan biriga òtirģizib qòydim. Oshxonaga òtib yana taom tayyorlashga kirishdim. Dasturxonni tayyorlashni boshlashim bilan haligi yigit asosiy zaldan boshini ushlagancha chiqib keldi.

- Sen jinni emasmisan mabodo

Dedi meni teshib yuborgudek qarar ekan.

- Soģlomligim haqidagi hujjat kerak emasmi mobodo

- Seni bu qiliģingdan keyin soģlom ekanligingga shubxam bor

Dedi lab uchida jilmayarkan.

- Kimningdir shubxalariga qarab yuradiganlar xilidan emasman.

Dedim òz ishimni davom ettirib. 

Uni kimligini bilmasamda eng kamida uy egasining tanishlaridan deb òyladim. Agar begona bòlganida uyda bemalol yura olmagan bòlardi.
🥰 2
🔥 1
I want to be a rich wife, not a rich man's wife😅❤️
#xonzodabegim
❤‍🔥 1
😁 1
Harom munosabatdan kora:(.Halol yolgizlik avzal:)
😅🙂
🥰 1
💯 1
Islom_qalb_nuri🕊
Видео/гифка
𝙾𝚡𝚒𝚛𝚒𝚐𝚊𝚌𝚑𝚊 𝚎𝚜𝚑𝚒𝚝𝚊𝚖𝚒𝚣!
Видео/гифка
O'tkinchi..
Изображение
Baxt haqida..
Изображение
Deraza tokchasida..
Изображение
𝙰𝚜𝚜𝚊𝚕𝚘𝚖𝚞 𝚊𝚕𝚊𝚢𝚔𝚞𝚖 𝚟𝚊 𝚛𝚊𝚑𝚖𝚊𝚝𝚞𝚕𝚕𝚘𝚑𝚞 𝚟𝚊 𝚋𝚊𝚛𝚘𝚔𝚊𝚝𝚞𝚑. 𝙷𝚊𝚢𝚛𝚕𝚒 𝚔𝚞𝚗 𝚊𝚣𝚒𝚣𝚕𝚊𝚛 𝚋𝚘𝚜𝚑𝚕𝚊𝚐𝚊𝚗 𝚔𝚞𝚗𝚒𝚗𝚐𝚒𝚣 𝚡𝚊𝚢𝚛𝚕𝚒 𝚟𝚊 𝚋𝚊𝚛𝚘𝚔𝚊𝚝𝚕𝚒 𝚋𝚘'𝚕𝚜𝚒𝚗😊❤️
#Qirmizi_Oy

#2

Muallif:
            
#MoYCHeCHaGiM

Òrnimdan turib xonamdan chiqdim. Òzim ijarada turaman. Uyim unchalik katta emas. Yotoqxona, oshxona, yuvinish xonasi va unchalik katta bòlmagan mehmonxonadan iborat. Tòģri yuvinish xonasiga bordim. Yuzim bir necha marotaba sovuq suv bilan yuvganimdan sònggina tushim ta'siridan chiqdim. Umuman olganda doimgi holat. U yerdan chiqib oshxonaga kirdim. Yolģiz yashaganligim bois ertalab hech nonushta tayyorlamasdim. Balki nonushta qilishni xohlamaganligim uchundir. Bitta qahva bilan kifoyalanib yana xonamga kirdim. Doimgidek kiyinib kòzgu qarshisiga keldim. Òzgalar nazdida aybdordek bu yuzlarimga qaradim. Hammaga òzgacha tuyuluvchi sochlarimni yiģishga harakat qila boshladim. Aksiga olgandek sochlarim ham mendan òtgan qaysar. Kalta qilib kesilib oldimga tushgan sochlarim qora, jigarrang va biroz siyohrang aralashmasi edi. Belimga tushgan uzun sochlarim ham huddi shu tusda. Faqat farqi uzun sochlarimning pastki qismi sarģish rangda tovlanardi. Quyosh yoruģligida barcha ranglar aralashib sochlarim ranggi qizģish kòrinar, sarģish ranggi esa òzgacha kòrinardi. Doim sochlarimni shu ranggini yashirishga harakat qildim. Biroq urinishlarimning birortasi ham foyda bermadi. Bir amallab uni balanddan yiģib òrab-chirmab tashlaganimdan sòng barcha narsalarni joyiga qòyganligimga ishonch hosil qilib uydan chiqib ketdim. Uydan uzoqlashib deyarli avtobus bekatiga yaqinlashganimda telefonimni olmaganim yodimga tushdi. Indamay ishimga ketavermoqchi edim. Lekin telefonim kerak bòlishi mumkinligini òylab yana ortimga qaytdim. Telefonimni olib chiqib tezlikda yurib ketayotgan vaqtimda kimgadir urilib ketdim. Oqibatda ikkimiz ham muvozanatni saqlab turolmay avval u, keyin esa men yerga quladim. Kechagi yomģirdan sòng paydo bòlgan kòlmaklardan ''sovģa'' olaman deb òylagandim. Lekin afsuski meni òrnimga uni notanish qabul qildi.

- Jin ursin...

Uni sòkingani eshitildi. Indamay òrnimdan turib uzr sòragancha ketdim. Unga ortiqcha sòz aytishga ham qarashga ham vaqtim yòq edi. Avtobus endi yura boshlagan vaqt unga chiqib olishga ulgurdim.

Òzim ishlaydigan uy qarshisida turar ekanman chuqur nafas olib chiqardim. Bugun yana shu uyda kunimni yolģizlikda òtkazaman. Umuman olganda bu odatiy hol edi. Uy egasi yolģiz yashaydi. Ertalab ishga chiqib ketadi. Bu yerda ishlay boshlagan vaqtimdan beri biror marta ham uni kòrmaganman. Tushlikka kelganda ham men taomni qòyganimdan sòng keladi. Men oshxonadan chiqqunimgacha esa allaqachon xonasiga kòtarilgan bòladi. Tushlikdan sòng qanday xonasiga kòtarilgan bòlsa huddi shunday yana uydan chiqib ketadi. Hatto buni sezishga ham ulgurmay qolaman.

Òz hayollarimdan chiqib uy ichiga kirdim. Doimgidek òz ishlarimni boshladim. Bugun istisno qilgandek uy egasi endi uydan chiqib ketayotgan ekan. Uni faqat orqa tarafdan kòra oldim. Qora kostyum-shim va qora soch. Tamom! Boshqa hech narsani kòrolmadim.
🔥 2
😁 2
#Qirmizi_Oy

#1

Muallif:
            
#MoYCHeCHaGiM

Atrof qoronģu zulmat bilan qoplangan. Hatto ziģirdekkina bòlsa ham nur kòrinmaydi. Yolģizlik hukm suruvchi bu yalanglikda bir òzimman. Birorta tirik jonning ovozi meni jonimga oro kiradi shu damda. Ammo òylaganlarimning bari sarob. Shu joyga badarģa qilingandek doimgidek yana shu yerdaman.

Sekin-astalik chap tarafimda tòlin oy kòrinish bera boshladi. Yon-atrofimdagi òt-òsimliklar shuni kutib turgandek sekin tebranish bera boshladi. Atrofni yana aniq kòra boshladim. Quyuq òrmon. Va uning yonida menga tikilib turuvchi bir juft tim qora kòzlar. Shu òrmon òrtasida bòrtib chiqqan qoya. Va men uning chòqqisidaman. Ochiģi ba'zida òylab qolaman. Nahotki shu chòqqi bòlsa. Umuman olganda shunaqa. Faqat chòqqi yuzasi tekis huddiki yalanglikdek. Oy kòm-kòk osmonda huddi hukmdordek viqor bilan suzib borarkan chap tarafimdan unga qarshi qizil rangdagi oy shiddat bilan yurish boshladi. Qirmizi oy unga shu qadar tezlik bilan harakat qilardiki uni ba'zida ortida reaktiv raketasi bormikan deb òylab qolaman. Doim shu yerga kelganda tòxtab qoladigan voqelik negadir bugun beboshlik qilgandek sira tòxtashni xohlamasdi. Men esa buni davomiga qiziqa boshladim. Qirmizi oy shiddat bilan kelib oppoq tòlin oyga urildi. Atrofga qondek qizil suyuqlik otilganini kòrishim bilan beihtiyor òrnimdan turdim.

Seskangancha tushimdan uyģonar ekanman òz xonamda yotoģimda ekanlimgimni sezdim. Yotoqda òtirgancha òylar ekanman allaqachon qora terga botib ulgurgandim. Derazamning ochiq turgan pardasidan esa quyosh òz maskanidan qigargancha bosh kòtarayotgani kòrindi.
🔥 2

Найдено 5875 постов