Каталог каналов Мои подборки Мои каналы Поиск постов Тарифы
Инструменты
Каталог TGAds Мониторинг Детальная статистика Анализ аудитории Бот аналитики
Полезная информация
Инструкция Telemetr Документация к API Чат Telemetr
Полезные сервисы

Не попадитесь на накрученные каналы! Узнайте, не накручивает ли канал просмотры или подписчиков Проверить канал на накрутку
Прикрепить Телеграм-аккаунт Прикрепить Телеграм-аккаунт

Телеграм канал «Симптомы | | Symptoms»

Симптомы | | Symptoms
441
0
51
3
0
Ушбу каналдан барча касалликлар хақида маьлумот топишингиз мумкин.

Фикр ва мулохазалар учун:@Muloqotkitobxonabot
Подписчики
Всего
548
Сегодня
0
Просмотров на пост
Всего
171
ER
Общий
31.25%
Суточный
17.52%
Динамика публикаций
Telemetr - сервис глубокой аналитики
телеграм-каналов
Получите подробную информацию о каждом канале
Отберите самые эффективные каналы для
рекламных размещений, по приросту подписчиков,
ER, количеству просмотров на пост и другим метрикам
Анализируйте рекламные посты
и креативы
Узнайте какие посты лучше сработали,
а какие хуже, даже если их давно удалили
Оценивайте эффективность тематики и контента
Узнайте, какую тематику лучше не рекламировать
на канале, а какая зайдет на ура
Попробовать бесплатно
Показано 7 из 441 поста
Смотреть все посты
Пост от 15.09.2026 11:32
44
0
0
Har doim tushkunlikda yuradigan, hamma sharoiti yetarli bo'lib turib meni hech kim tushunmayapti , depressiyadaman deb o'ziga tashxis qo'yib olgan yoshlarni "Детский онкологический хоспис"ga ekskursiyaga olib borish kerak.
Shunda haqiqiy kasallik nima, hayotning shafqatsiz qonunlari qanday bo'ladi aslida, aybsiz tug'ilgan, lekin bir umrga nogiron bo'lib jamiyatga qo'shila olmaydigan jajji qizaloqlarning yashashga ishtiyoqini ko'rib shukr degan ne'matni o'ziga kasb qila olarmidi balki.


@kasalliklartashxisi
Пост от 12.09.2026 12:56
78
0
2
Qabulimga 42 yoshli bemor (ayol kishi) keldi. Yillar davomida og'ir uyqusizlikdan va tunda oyoqlaridagi chidab bo'lmas bezovtalikdan aziyat chekadi. Kechasi bilan oyoqlarini qimirlatib chiqadi. Eng kuchli uyqu dorilari va tinchlantiruvchi vositalar ham ertasiga faqat bosh og'rig'i chaqirgan, xolos, qonib uxlashga umuman yordam bermagan.

Vaziyatni chuqurroq o'rgangach, bemorda yana bir muammo borligi ma'lum bo'ldi — surunkali soch to'kilishi, qattiq charchoq.
Miyamizda harakat va mushaklar xotirjamligini nazorat qiluvchi asosiy modda — dofamin hisoblanadi. Dofamin to'g'ri sintezlanishi uchun esa miyaga temir moddasi suv va havodek zarur!

Qondagi umumiy gemoglobin normada bo'lsa ham, organizmda temir zaxirasi (Ferritin) keskin tushib ketganda, miyada dofamin ishlab chiqarilishi buziladi. Natijada "Bezovta oyoqlar sindromi" rivojlanadi — kechasi yotganda oyoqlarda tortishish, chumoli o'rmalashi, jimirlash paydo bo'lib, bemor doim oyoqlarini qimirlatishga majbur bo'ladi. Tana va miya tinchiy olmaydi, uyqu qochadi. Faqat asabni tinchlantirish yoki uyqu dori ichish esa mutlaqo foydasiz.

Men qanday davo qildim? Zaharli uyqu dorilarini butunlay to'xtatib, e'tiborni dofamin va temir zaxirasini tiklashga qaratdik:

Dofamin retseptorlarini rag'batlantirish uchun: Pramipeksol (Mirapeks). Dozasi: 0.125 mg dan 1 tabletka yotishdan 2 soat oldin qabul qilinadi. Davolash kursi: holat yaxshilanguniga qadar (taxminan 1 oy).

Temir zaxirasini (Ferritin) tiklash uchun: Sorbifer Durules (yoki shunga o'xshash temir preparati). Dozasi: 1 tabletkadan kuniga 2 marta ovqatdan 30 daqiqa oldin, vitamin C (masalan, apelsin sharbati) bilan birga ichiladi. Davolash kursi: 3 oy.

Asab tolalarini ozuqasi va mushaklar xotirjamligi uchun: Magniy B6. Dozasi: 1 tabletkadan kuniga 2 marta. Davolash kursi: 1 oy.
Natija: Asosiy sabab — miyadagi yashirin temir zaxirasi va dofamin yetishmovchiligi hal etilgach, yillab qiynagan oyoqdagi bezovtalik yo'qoldi va bemor yillar o'tib birinchi marta o'z-o'zidan, hech qanday uyqu dorilarisiz tabiiy va chuqur uyquga ketdi.

@kasalliklartashxisi
Пост от 10.09.2026 15:59
56
0
2
Aqlli bemorni hech qachon davolab bo'lmaydi.

"Aqlli" shunday ma'nodaki - o'zini vrachdan ustun qo'yadigan, Googledan ko'rgan tibbiy terminlar , har xil diagnozlar bilan vrachning vaqtini , asabini , energiyasini oladigan, vrachni gapirishga qo'ymasdan , suhbatni ustidan boshqarishga harakat qiladigan bemorlar toifasi hech qachon tuzalmaydi , tuzalsa ham sizdan minnatdor bo'lmaydi.

Ularning tuzilishlari:Ular ko'pincha qoshlari yarim chimirilgan holatda yoki umuman beparvo qiyofada o'tirishadi, gaplaringiz qiziq emas ularga, xohlagan vaqtida suhbatni to'xtatib umuman boshqa savollardan berishadi.

Suhbat vaqtida telefon jiringlab qolsa, bemalol telefonni ko'tarib javob berishadi. Ularning primatsimon tuzilgan miya yarimsharlarida EGO hidi ufurib turadi. Maqsadlari ko'pincha bitta-"qani bu do'xtur nima deydi?"

Lekin agar vrach asabi mustahkam bo'lsa ularni o'ziga og'dirib ola bilsa, bunday patsiyentlar butun umr shu vrach qabuliga kelishadi , ya'ni kimni asabini bo'sh qolganda borib yeyishni bilishadi.

@kasalliklartashxisi
Пост от 08.09.2026 08:59
8
0
0
Qabulimga 35 yoshli bemor keldi. Yillar davomida surunkali bosh og'rig'idan aziyat chekadi. Eng kuchli og'riq qoldiruvchilar ham faqat 2-3 soatga ta'sir qilgan, xolos.

Vaziyatni chuqurroq o'rgangach, bemorda yana bir muammo borligi ma'lum bo'ldi — uzoq yillik ichak qabziyati va jig'ildon qaynashi. Bemor "Buning boshga nima aloqasi bor?" deb bu haqida hech bir shifokorga aytmagan.

Miyamizdagi og'riqni nazorat qiluvchi "baxt gormoni" — serotoninning 95% qismi miyada emas, aynan ichaklarda ishlab chiqariladi!

Ichak faoliyati buzilganda (qabziyatda), serotonin ishlab chiqarilishi keskin kamayadi. Natijada "ichak-miya o'qi" orqali markaziy asab tizimi zararlanib, tana og'riqqa o'ta sezgir bo'lib qoladi. Faqat boshni davolash esa natija bermaydi.

Men qanday davo qildim? Og'riq qoldiruvchilarni butunlay to'xtatib, e'tiborni ichak va serotoninni tiklashga qaratdik:

Serotonin darajasini to'g'ridan-to'g'ri oshirish uchun: Essitalopram, 10 mg dan kunning birinchi yarmida.

Ichak motorikasi uchun: Mebeverin.
Dozasi: 200 mg kapsula kuniga 2 marta ovqatdan 20 daqiqa oldin qabul qilinadi. Davolash kursi: 3-4 hafta.
Mikroflorani tiklash uchun: Probiotiklar (Lineks Forte yoki Enterojermina)
Dozasi: 1 kapsuladan kuniga 2 marta ovqat vaqtida. Davolash kursi: 1 oy

Natija: Asosiy sabab — serotonin yetishmovchiligi va ichak muammosi hal etilgach, yillab qiynagan bosh og'rig'i o'z-o'zidan chekindi.

@kasalliklartashxisi
Пост от 06.09.2026 14:07
42
0
0
Firmalar bilan ishlashni boshlagan doxtuur:
Пост от 05.09.2026 06:19
54
0
2
Ko'pchilik zikrni faqat diniy ibodat deb o'ylaydi, lekin nevrolog sifatida shuni aytishim mumkinki, uning orqasida juda kuchli tibbiy va fiziologik mexanizmlar yotadi.

Miya to'lqinlari va EEG Diqqatni jamlab, bir maromda zikr aytilganda, miyaning peshona qismi faoliyati o'zgaradi. Amaliyotda, ayniqsa Neurotech kabi EEG apparatlarida ishlayotganda shuni aniq ko'rish mumkinki, miya stress va tashvishga javobgar bo'lgan Beta-to'lqinlardan xotirjamlikni ifodalovchi Alfa va Teta to'lqinlariga o'tadi. Asab tizimi bu vaqtda o'zini o'zi tiklaydi.

Adashgan nerv (Nervus Vagus) massaji Ovoz paychalari va halqumdan chiqayotgan ritmik vibratsiyalar bizdagi eng muhim nervlardan biri — adashgan nervni (nervus vagus) to'g'ridan-to'g'ri rag'batlantiradi. Bu esa organizmning vahima va stress tugmasini o'chirib, parasimpatik tizimni ishga tushiradi: qon bosimi me'yorlashadi, tomirlardagi spazm yechiladi.

Gormonal "perezagruzka" Ritmik nafas va tovushlar qondagi kortizol va adrenalin (stress gormonlari) darajasini keskin pasaytiradi. Bunga javoban miyada serotonin, dofamin kabi neyromediatorlar va tabiiy og'riq qoldiruvchi endorfinlar ishlab chiqarilishi kuchayadi. Tanamizdagi relaksatsiya shundan kelib chiqadi.

Yurak va nafas sinxronizatsiyasi Bu jarayonda nafas olish markazi va yurak urishi bir maromga tushib, sinxronlashadi. Natijada butun qon aylanish tizimida gemodinamika, xususan, miya va to'qimalarning kislorod bilan ta'minlanishi (mikrosirkulyatsiya) sezilarli darajada yaxshilanadi.
Qisqa qilib aytganda, bu shunchaki ruhiy amaliyot emas, balki asab tizimini toliqishdan asraydigan, kognitiv funksiyalarni tiklaydigan va organizmni muvozanatga keltiruvchi eng zo'r tabiiy nevrologik terapiyalardan biridir.

@kitobxona_uzz
Пост от 02.09.2026 18:01
37
0
0
Miokard infarkti (Yurak xuruji): EKG va Birinchi yordam siri

Ko'krak qafasidagi qattiq qisuvchi, kuydiruvchi og'riq chap qo'l, bo'yin yoki pastki jag'ga tarqalsa, muzdek ter bosib, havo yetishmovchiligi kuzatilsa, "o'tib ketar" deb kutish xavfli. Yurak mushaklari kislorodsiz qolib, har soniyada nobud bo'la boshlaydi.

Shifokor tavsiyasi – Zudlik bilan qilinishi shart bo'lgan qadamlar:

Darhol EKG (Elektrokardiogramma): Shubhali og'riq boshlanishi bilan eng birinchi qilinishi shart bo'lgan oltin standart tekshiruv — bu EKG! Aynan EKG orqali infarkt bor-yo'qligi, yurakning qaysi devori shikastlanayotgani va tomir tiqilish darajasi (STEMI/NSTEMI) aniqlanadi.

Aspirin (300 mg): Tez yordam (103) kelguniga qadar bemorga zudlik bilan 300 mg Aspirin (oddiy tabletka yarmidan ko'prog'i yoki maxsus kardio-dorilar) chaynab yutishga beriladi. Bu qon tomirini to'sib qo'ygan laxta (tromb) yanada kattalashishini to'xtatadi.

Nitroglitserin: Agar bemorning qon bosimi past bo'lmasa (90/60 mm.s.u. dan yuqori bo'lsa), til ostiga 1 tabletka yoki 1 doza sprey qabul qilinadi. Bu tomirlarni kengaytirib, yurakka tushayotgan yuklamani kamaytiradi.

"Oltin vaqt" (Dastlabki 90-120 daqiqa): Bemor zudlik bilan shifoxonaga yetkazilishi shart. Ushbu qisqa terapevtik oyna ichida EKG orqali aniq tashxis qo'yilib, yopiq qon tomiri ochilsa (stentlash yoki trombolizis amaliyoti), yurak mushaklarini to'liq saqlab qolish va o'lim xavfini keskin kamaytirish mumkin.

Tez yordam kelguniga qadar bemorni yotqizing, har qanday jismoniy harakatni taqiqlang, yoqalarini bo'shatib, toza havo kelishini ta'minlang. Shunchaki og'riq qoldiruvchi dori ukol qilib, vaqtni boy bermang!

@kasalliklartashxisi
Смотреть все посты