Не попадитесь на накрученные каналы! Узнайте, не накручивает ли канал просмотры или подписчиков Проверить канал на накрутку
Прикрепить Телеграм-аккаунт Прикрепить Телеграм-аккаунт

Телеграм канал «Sevgi haqida sherlar»

Sevgi haqida sherlar
1.2K
3.6K
591
207
9.5K
Assalomu alaykum hurmatli obunachilar
Kanalimizga hush kelibsiz
Agar sevgan insoniz bulsa unga ishoning
Chunki ishonch bulsa sevgi buladi

Bosh admin👉 @Kamol_oka

Admin @Zahriddin2004
Подписчики
Всего
6 694
Сегодня
-15
Просмотров на пост
Всего
1 635
ER
Общий
24.37%
Суточный
13.22%
Динамика публикаций
Telemetr - сервис глубокой аналитики
телеграм-каналов
Получите подробную информацию о каждом канале
Отберите самые эффективные каналы для
рекламных размещений, по приросту подписчиков,
ER, количеству просмотров на пост и другим метрикам
Анализируйте рекламные посты
и креативы
Узнайте какие посты лучше сработали,
а какие хуже, даже если их давно удалили
Оценивайте эффективность тематики и контента
Узнайте, какую тематику лучше не рекламировать
на канале, а какая зайдет на ура
Попробовать бесплатно
Показано 7 из 1 170 постов
Смотреть все посты
Пост от 21.10.2026 09:24
599
0
17
Iztirobli sevgi..

Kiprigingiz uzun ekan sochingizdan,
Ro‘molingiz tushmas ekan boshingizdan,
Ado bo‘ldim o‘sha qalam qoshingizdan,
Sizni sevib qolsam xafa bo‘lmaysizmu?

Yurar edik ishq bog‘idan gullar terib,
Turar edim "Oshiqman" - deb ko‘krak kerib,
Gulday nozik ko‘nglingizga ko‘ngil berib,
Sizni sevib qolsam xafa bo‘lmaysizmu?

Qani har kun boqsam shahlo ko‘zingizga,
Jonim beray "Sevdim" - degan so‘zingizga,
Meni qachon yor etasiz o‘zingizga?
Sizni sevib qoldim. Xafa bo‘lmaysizmu?

Malika siz, men-chi g‘arib qulingizman
Muhabbatga boshlaguvchi yo‘lingizman
Ishq og‘usin ichay mayli qo‘lingizdan,
Sizni sevib qoldim. Xafa bo‘lmaysizmu?

Bulbullarning kuylari-yu navosi siz,
Yuragimning bahori-yu havosi siz,
Zoir Foniy dardining bir davosi siz,
Sizni sevib qoldim. Xafa bo‘lmaysizmu?

Muallif: Zoir Foniy

telemetr.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
❤ 3
🔥 1
Пост от 20.10.2026 14:01
461
2
4
USTIMDAN KO'P KULGANLARDAN XAFAMAN

G'iybat qilib tashvishimni oshirgan
Bor ig'voni kemtik qalbdan toshirgan
Xamma dardi allamimni u bilgan
Ustimdan ko'p kulganlardan xafaman.

Borib kelib qaytim xato yo'limdan
Faqad xabar berishdida o'limdan
Xechnarsada kelmadida qo'limdan
Ustimdan ko'p kulganlardan xafaman.

Bozorida to'g'ri savdo bo'lmasa
O'zlarini pokman deya o'lmasa
Foydam tegmay qolsa agar kulmasa
Ustimdan ko'p kulganlardan xafaman.

Mayli baxtlar kelib qolar bog'imga
Lolalarim gulab qolar tog'imda
Qadrim bila qolgin xayot chog'imda
Ustimdan ko'p kulganlardan xafaman.

✍️Satimov Abdumajid.

telemetr.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
Пост от 19.10.2026 08:59
176
1
9
🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃

Maylimi bir qo'lingdan tutsam,
So'ng yelkangdan quchsam mumkinmi?
Men o'zimni bir zum unutsam,
Desam asta aytasan «jinni»!

Yo'ling tinmay to'ssam maylimi,
Menga desa bilmasmi barcha?
Nima qilay sendek laylini,
Sevib qoldim devonalarcha!

Muzdan tushgan suv kabi oqsam,
Bir tizimda tutmay tizginni.
Sen o'zingni olib qochasan,
Takrorolaysan: jinnisiz jinni...

Ey ko'nglimni o'margan o'g'rim,
Ishq yo'lida o'lishim mumkin.
Ruhiy xasta emasman, to'g'ri -
Oz-moz jinni bo'lishim mumkin.

«O'ldim-kuydim» endi siyaqa gap,
Balki orzum tuyular erish.
Sochlaringni bir bor siypalab,
Seni yaxshi ko'raman deyish.

Jilmayishing men uchun dalda,
Jahl qilsang bag'rimni tilib...
Qay bir kuni tobing qochganda,
Yig'lab qo'ydim jinnilik qilib.

Qancha yozsam yana shuncha kam,
Sen ko'zlari chiroyli banda.
Agar rostdan jinni bo'lmasam,
Sevarmidim soch oqarganda.

Mayli sizni sevaman dema,
Siz yonimda bo'ling doim de.
Jinni dema, bir martagina,
Jinnim degin, jinnivoyim de.

telemetr.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
Пост от 18.10.2026 07:38
383
1
3
HAMON YODIMDADIR...

Bog‘lar chiroyiga hasadi kelib,
Kirib kelayotir xazin kuz fasli.
Telbavor ko‘nglimdan ishqimni yulib,
Ayriliq kuyini chalganday asli.

Tongning sukunatin buzib yovqarab,
Yaproqlar rangida ko‘rinyapti kuz.
Jim ketding azizim nechun olislab,
Intiq yo‘llaringdan uzolmasman ko‘z

Qushlar sayrog‘ida kuzning nafasi,
Zamin charchagandek xo‘rsinar og‘ir.
Shamol qizg‘ongandek gullarning sasin,
Sen ham bo‘ldingmi yo jonim tosh bag‘ir?

Xazonliq istamas chaman bog‘larim,
Kuzning kelishini kutmagandim tez.
Bag‘rimda qabardi ko‘ngil dog‘larim,
Hamon yodimdadir senla o‘tgan kez.

📝 AZIZABЕGIM

telemetr.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
Пост от 17.10.2026 04:43
322
1
7
KO‘NGIL DEGAN JOYIMDA

Iforimga intizor,
Qancha oshiq poyimda.
Lekin faqat sen borsan
Ko‘ngil degan joyimda!

Savobimsan yo gunoh
Bil qiyomat qoyimda,
O‘rning aslo o‘zgarmas
Ko‘ngil degan joyimda!

Oqib turasan mudom,
Hayol degan soyimda
Yolg‘iz hukmdorisan
Ko‘ngil degan joyimda!

Aks etadi surating,
Quyoshimda oyimda.
Sen abadiy qolasan
Ko‘ngil degan joyimda...

✍ NILUFAR TEMUR qizi

telemetr.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
Пост от 14.10.2026 19:01
83
0
2
Sog‘inyapman...

Muhabbatning daryosidan g‘amlar tutib,
Zulmat to‘la yo‘llaringga shamlar tutib,
Kipriklarim orasidan namlar tutib,
Yo‘lingga zor, seni hamon sog‘inyapman.

Bosh ko‘tarib, o‘solmay ishq maysalari,
Sanchiladi dilga hijron nayzalari,
Vaqt yugurib yonimizdan ketsa nari,
Tunlar bedor, seni hamon sog‘inyapman.

G‘ururlarim birin-ketin o‘lgan sari,
Sabrlarning zahirasi to‘lgan sari,
Yuragimda to‘rt fasl qish bo‘lgan sari,
Qovoqda qor seni hamon sog‘inyapman.

Sinovlari yo‘limizni to‘ssin, mayli,
Vaqtinchalik tikanaklar o‘ssin, mayli,
Anduhlarim shamollarda to‘zsin, mayli,
Chekib ozor, seni hamon sog‘inyapman.

Hijron payhon qilmasidan gul-bog‘imiz,
Kel o‘chmasin mehr nomli chirog‘imiz,
Boshimizda hilpirab baxt bayrog‘imiz,
Kelgin ey yor, seni hamon sog‘inyapman

✍. MUSLIMA.

telemetr.me/sevgi_haqida_sherlarimiz

☝️Obuna bo‘lishni unutmang!
👍 2
Пост от 11.10.2026 13:57
304
0
6
MEN SIZNI SEVAMAN, BILASIZ...

Hijronning otashi kuydirar,
Balki siz...rostmana sevasiz?!..
Sog‘inchlar qaytadan suydirar,
Men sizni sevaman, bilasiz.


Bosh egdim sabrning poyiga,
Ishqingiz o‘t yoqsin, mayliga.
Yetdim-a eng go‘zal joyiga,
Men sizni sevaman, bilasiz.


Ko‘rishni xohlaydi ko‘zlarim,
Izingiz izlaydi izlarim.
Bir tinglang tugamay so‘zlarim,
Men sizni sevaman, bilasiz.


Yulduzlar shivirlar sekin-jim,
Ertaklar so‘zlaydi bo‘lib dim.
Menchalik sevarmi?..Ayting, kim?!
Men sizni sevaman, bilasiz.


Muhabbat yoritar yo‘limni,
Sabolar chimchilar qo‘limni.
Bahorlar bezaydi so‘limni,
Men sizni sevaman, bilasiz.


Aytolmas so‘zlarim bir talay,
Armonlar yumshadi, harqalay.
Bahslashish befoyda, aylanay,
Men sizni sevaman, bilasiz...

✍Go‘zal G‘aybullayeva

telemetr.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
🥰 3
❤ 2
Смотреть все посты