Не попадитесь на накрученные каналы! Узнайте, не накручивает ли канал просмотры или подписчиков Проверить канал на накрутку
Прикрепить Телеграм-аккаунт Прикрепить Телеграм-аккаунт

Телеграм канал «Samarqand viloyat O'simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi matbuot kotibi I Baxtigul Gʻaniyeva»

Samarqand viloyat O'simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi matbuot kotibi I Baxtigul Gʻaniyeva
15.5K
0
7.2K
6.6K
0
Samarqand viloyat
O'simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi matbuot kotibining rasmiy kanali

Telegram: @uzdavkarantin_antikor_bot
Veb sayt: https://samkarantin.uz/

Korrupsiyaga qarshi xizmat: +99871 202 64 64
Ishonch tel: +99871 202 84 84
Подписчики
Всего
529
Сегодня
0
Просмотров на пост
Всего
684
ER
Суточный
98.68%
Динамика публикаций
Telemetr - сервис глубокой аналитики
телеграм-каналов
Получите подробную информацию о каждом канале
Отберите самые эффективные каналы для
рекламных размещений, по приросту подписчиков,
ER, количеству просмотров на пост и другим метрикам
Анализируйте рекламные посты
и креативы
Узнайте какие посты лучше сработали,
а какие хуже, даже если их давно удалили
Оценивайте эффективность тематики и контента
Узнайте, какую тематику лучше не рекламировать
на канале, а какая зайдет на ура
Попробовать бесплатно
Показано 7 из 15 501 поста
Смотреть все посты
Пост от 23.10.2026 17:44
53
0
0
Мева-сабзавот экспорти камайган, бунинг сабаби нимада?

2026 йилдан мева-сабзавотлар экспорти маҳсулот етиштирилган ҳудудлар бўйича юритиш тизими жорий этилган.

———

Meva-sabzavot eksporti kamaygan, buning sababi nimada?

2026-yildan meva-sabzavotlar eksporti mahsulot yetishtirilgan hududlar boʻyicha yuritish tizimi joriy etilgan.

Batafsil: 👉 https://zarnews.uz/fn5

Каналга қўшилинг: 👇

Telegram | Instagram | Youtube
Пост от 23.10.2026 15:32
50
0
2
Meva-sabzavot eksporti va fitosanitar nazorat masalalari muhokama qilindi

✴️Viloyat matbuot uyida joriy yilning yanvar-sentabr oylarida Samarqandda meva-sabzavot eksporti ko‘rsatkichlari, mavjud muammolar hamda sohada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda qayd etilishicha, hisobot davrida viloyatda 203,3 million dollarlik meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilinib, belgilangan reja 94 foizga bajarilgan. Eksport hajmining kamayishiga ayrim mahsulotlar yetishtirilgan hududlar bo‘yicha statistika yuritish tizimining o‘zgarishi, shuningdek, xalqaro bozorlardagi vaziyat va tashqi savdo bilan bog‘liq omillar ta’sir ko‘rsatgan.

📌Anjumanda eksport geografiyasini kengaytirish, xalqaro ko‘rgazma va savdo missiyalarida mahalliy korxonalar ishtirokini ta’minlash, xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlash borasidagi ishlar ham yoritildi. Shuningdek, o‘simliklar karantini va himoyasi yo‘nalishida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar, zararli organizmlarni aniqlash, qishloq xo‘jaligi ekinlarini kasallik va zararkunandalardan himoya qilish hamda fermerlarga ilmiy-amaliy tavsiyalar berish masalalariga e’tibor qaratildi.
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️
🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook.  🎬 You tube
Пост от 23.10.2026 13:51
250
0
2
🐄 Chorva hayvonlarini identifikatsiya qilish ishlari davom etmoqda

Payariq tumanida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-sentabrdagi 748-sonli “Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ularni hisobga olish, hisobdan chiqarish va saqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida chorva hayvonlarini identifikatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur tadbirlar davomida chorva hayvonlarini belgilangan tartibda ro‘yxatga olish, ularni hisobga qo‘yish hamda hayvonlar haqidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ushbu ishlar chorva hayvonlarini nazorat qilish, veterinariya xizmatlari samaradorligini oshirish, hayvonlar orasida turli kasalliklar tarqalishining oldini olish hamda hududda epizootik barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.



Samarqand viloyat oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish 👇👇
😎 telemetr.me/SamOOMX - Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi yangiliklaridan xabardor qiluvchi eng ommabop kanal
Пост от 23.10.2026 13:32
210
0
2
🏛MATBUOT ANJUMANI BO‘LIB O‘TDI

✅ Joriy yilning 23-oktabr kuni viloyat оziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bosh boshqarmasi mas’ullari ishtirokida viloyat Matbuot uyida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

📌 Unda “Viloyatda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasida 2026-yilning 4-choragi davomida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida so‘z yuritildi.

🚛 Matbuot anjumanida viloyatda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash, iste’mol bozoriga yetkazib berilayotgan mahsulotlarning sifati va xavfsizligini nazorat qilish, o‘simliklar karantini va himoyasi, shuningdek, veterinariya sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi.

➡️Shuningdek, aholi xonadonlari va qishloq xo‘jaligi maydonlarida o‘simliklarni zararkunandalardan himoya qilish, kuz-qish mavsumida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish hamda chorva hayvonlari orasida epizootik barqarorlikni ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tildi.

💫Tadbir davomida ommaviy axborot vositalari vakillari tomonidan veterinariya yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar hamda manzarali daraxtlarning sarg‘ayib, qurib qolishiga sabab bo‘layotgan omillar yuzasidan va shu kabi sohaga doir savollar berildi. Boshqarma mas’ullari tomonidan jurnalistlarning savollariga tegishli tushuntirish va javoblar berildi.

📌 Matbuot anjumani ochiq muloqot ruhida o‘tib, unda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash, mavjud muammolarni bartaraf etish va sohada amalga oshirilayotgan ishlarni keng jamoatchilikka yetkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


Kanalga obuna bo‘ling👇👇
telemetr.me/SamOOMX
Пост от 23.10.2026 12:28
64
0
2
🌱 Mevali daraxtlarni zararkunandalardan himoya qilish va tomorqalardan unumli foydalanish

Pastdarg‘om tumani "Beklar" MFY dagi aholi xonadonlarida mevali daraxtlarni zararkunandalar zararlashining oldini olish maqsadida amaliy tavsiyalar berildi.

Jumladan, mevali daraxtlarga aldovchi belbog‘lar bog‘lash, tomorqa yerlarini o‘simlik qoldiqlaridan tozalash hamda yer maydonlaridan unumli foydalanish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, aholi xonadonlarida ekilgan to‘qsonbosti ekinlarining holati ham ko‘zdan kechirilib, ularni parvarishlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur tadbirlar viloyat oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bosh boshqarmasi Pastdarg‘om tumani inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan nazorat qilinmoqda.

🌿 Sog‘lom bog‘lar, obod tomorqalar va mo‘l hosil — samarali mehnat natijasidir!




Samarqand viloyat oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish 👇👇
😎 telemetr.me/SamOOMX - Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi yangiliklaridan xabardor qiluvchi eng ommabop kanal
Пост от 23.10.2026 12:07
230
0
1
🎙#SAMARQAND
#RADIOSI📡🌏

📻 FM 1️⃣0️⃣5️⃣🪐2️⃣🏔


✅Bizga ulanish👇👇
👉telemetr.me/Samarqandradiosimtrk
Видео/гифка
Пост от 23.10.2026 11:56
264
0
2
🗞 Joriy yilning 23-oktabr kuni Toyloq tuman inspeksiyasi mutaxassisi Z. Aliqulovaning "Aldamchi belbog‘lar bo‘yicha seminar tashkil etildi" deb nomlangan maqolasi "Qo‘shchinor" gazetasida chop etildi.




Samarqand viloyat oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish 👇👇
😎 telemetr.me/SamOOMX - Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi yangiliklaridan xabardor qiluvchi eng ommabop kanal
Смотреть все посты