Toshkentda o‘tadigan stol tennisi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi 29-Osiyo chempionatiga sanoqli kunlar qoldi
🏓2025-yil 26-iyun – 2-iyul kunlari Toshkent shahridagi zamonaviy “Humo Arena” sport majmuasida stol tennisi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi 29-Osiyo chempionati o‘tkaziladi.
🏆Unda Osiyoning 22 davlatidan 400 nafardan ortiq yosh sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda. Ular orasida mamlakatimiz vakillaridan tashqari, Xitoy, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Hindiston, Qozog‘iston, Eron kabi davlatlarning kuchli raketka ustalari bahs olib boradi.
👏Tomoshabinlar nafaqat hayajonli bahslardan zavqlanishadi, balki jahon darajasidagi kichik raketka ustalarining o‘yiniga guvoh bo‘lishadi.
🇺🇿 Musobaqa davomida 20 dan ziyod o‘zbekistonlik yosh sportchilar ham o‘z mahoratlarini namoyish etib, mamlakatimiz sporti salohiyatini butun dunyoga tanitadilar.
🥳“Humo Arena”ga tashrif buyuring va yosh stol tennisi ustalarini qo‘llab-quvvatlang!
#anons #asianchempionships
💻website 🖥instagram
📲telegram 📹youtube
💻facebook 🖥 x.com