🎯 Prezident maktabiga tayyorgarlik imtihondan 3 oy oldin emas, 1-sinfdan boshlanadi.
Bugun oddiy misollar yechayotgan bola, ertaga murakkab mantiqiy savollarni ham bemalol yecha oladi.
Ko‘pchilik ota-onalar Prezident maktabi imtihoniga bir necha oy qolganda tayyorlanishni boshlaydi.
Aslida esa eng muhim narsa — mustahkam poydevor.
📚 Bizning kanalda:
✅ 1–4 sinf matematikasi
✅ Mantiqiy fikrlashni rivojlantiruvchi savollar
✅ Prezident maktabi uslubidagi topshiriqlar
✅ Qiziqarli boshqotirmalar
✅ Ota-onalar uchun foydali tavsiyalar berib boriladi.
2026-yil 1-iyundan boshlab soliq solishning umumbelgilangan tartibiga o‘tish chegarasi 1 mlrd so‘mdan bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 12 ming baravariga oshiriladi.
Shuningdek, tovarlarni import qiluvchi yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar majburiy tartibda QQS to‘lovchisi deb e’tirof etiladigan tartib bekor qilinadi.
Endilikda bunday soliq to‘lovchilarning daromadi BHMning 12 ming baravaridan oshmasa, ular ham aylanmadan olinadigan soliqni qo‘llashi mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari, 2026-yil 1-iyundan 2030-yil 1-yanvarga qadar ayrim tadbirkorlik subyektlariga QQSni hisoblab chiqarish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibini tanlash huquqi beriladi.
Mazkur tartibni asosiy faoliyat turi umumiy ovqatlanish, savdo yoki xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirkorlar qo‘llashi mumkin.
❗️Soddalashtirilgan tartib davlat korxonalari va yirik soliq to‘lovchilarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Soddalashtirilgan tartib quyidagilarni nazarda tutadi:
✔️QQS stavkasi tovarlar va xizmatlarni realizatsiya qilish bo‘yicha barcha aylanmalarga nisbatan 6 foiz etib belgilanadi;
✔️foyda solig‘i stavkasi 0 foiz etib belgilanadi;
✔️foyda solig‘i bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etish majburiyati bekor qilinadi;
✔️xarid qilingan tovarlar va xizmatlar bo‘yicha to‘langan QQS summasini hisobga olish huquqi berilmaydi;
✔️QQS bo‘yicha amaldagi imtiyozlar, preferensiyalar hamda QQSning bir qismini qaytarish tartibi qo‘llanilmaydi;
✔️mavjud salbiy QQS summasi hisobdan chiqariladi;
✔️ushbu tadbirkorlardan tovarlar va xizmatlarni sotib olgan xaridorlarga QQS summasini hisobga olish huquqi beriladi.
Давлат раҳбари иштирок этган йиғилишда 2026 йил 1 июндан кичик бизнес учун умумий солиқ режимига ўтишдаги чегаравий миқдорни 1 миллиард сўмдан 5 миллиард сўмга ошириш таклиф қилинган.
Шунингдек, умумий овқатланиш, савдо ва хизмат кўрсатиш соҳалари учун қўшилган қиймат солиғини тўлашнинг соддалаштирилган тартибини жорий этиш ташаббуси билдирилган. Унга кўра, тадбиркорлар ихтиёрий равишда 6 фоиз ставкада ҚҚС тўлаб, фойда солиғидан озод этилиши ёки амалдаги умумий тартибда ишлашни давом эттириши мумкин бўлади.