Телеграм канал 'Korean 💖'

Korean 💖


216 подписчиков
62 просмотров на пост

Sitora bilan koreys tilini online tarzda TEZ va OSON o'rganing!
@sitora0097

(Я учу как хочу ✌️)

Детальная рекламная статистика будет доступна после прохождения простой процедуры регистрации


Что это дает?
  • Детальная аналитика 187'543 каналов
  • Доступ к 68'224'417 рекламных постов
  • Поиск по 259'214'420 постам
  • Отдача с каждой купленной рекламы
  • Графики динамики изменения показателей канала
  • Где и как размещался канал
  • Детальная статистика по подпискам и отпискам
Telemetr.me

Telemetr.me Подписаться

Аналитика телеграм-каналов - обновления инструмента, новости рынка.

Найдено 412 постов

고마워요
내 옆에 있어줘서
위로해 줘서
사랑해 줘서
여러분 정말 사랑해요

Raxmat
Mening yonimda bo'lganingiz uchun
Dalda bo'lganiz uchun
Sevganingiz uchun
Sizlani judayam yaxshi ko'raman❤️
Изображение
Assalomu aleykum.
Tongdan yaxshi habarlarni va ajoyib tilaklarni o'qish biram yaxshi ayniqsa bu habarlar sizlardan kelgan bo'lsa☺️😘

Barchangizga Juma muborak
Kuningiz zavqli o'tsin!
Изображение
안녕하세요 여러분!
좋은 하루 보내세요!


Assalomu alaykum azizlar!
Kuningizni yaxshi o'tkazing!


@onlinekorean
Изображение
Xayrli kech
Koreys tilida hikoya eshitamizmi...

📝 꿈
📝 Dream
📝 Orzu

📚TTMIK jamoasi tomonidan tayyorlangan koreys tilida gaplashishni o'rganish uchun ajoyib hikoya👍

Koreyscha subtitri ham bor )))

@onlinekorean
Видео/гифка, 75 сек, y2mate_com_Dreams_Kyeong_eun_TTMIK_Story_Time_fQeDI0hvVwY_360p.mp4
Assalomu alaykum barchaga
Va nihoyat qolgan barcha sovg'alarni ham jo'natib yubordim 1 haftada yetib borar ekan (biram yengil bo'ldimey☺️)
Yaxshi habarlarimiz ham bor.
Shanba kungi pochtadan Sardor ismli ishtirokchimizning sovg'asi yetib boribti. Xursand bo'ldim)))
Изображение
Assalomu aleykum azizlarim.
Ustozingiz bugun ertalabtan pochtada o'chirid olib endi navbatim kelganda pochtachi ayolning ishi chiqib qolsa bo'ladimi atigi 1ta ishtirokchimizning sovg'asini jo'nata oldim holos.( to'g'risi biroz alam qildi) ertaga albatta qolgan barcha sovg'alarni jo'natishga harakat qilaman!
Assalamu alaykum.☺️

Orzular kemasi (qisqa metrajli film)
Subtitri o'zbek tilida
Eshitish qobilyatingizni oshiradi ko'ring.
( So'zlari sodda tez tushunasiz! )
Видео/гифка, 784 сек, Orzular_kemasi_qisqa_metrajli_film_|_Орзулар_кемаси_киска_метражли.mp4
Assalomu aleykum azizlarim.
Bugun qancha harakat qilsam ham barchangizni sovg'angizni jo'natishga ulgurmadim 9ta ishtirokchimizni sovg'alarini jo'natib yubordim. Bu qolgan 6ta ishtirokchimizning Sovg'alari. Dushanba kuni bu sovg'alar ham o'z egalariga jo'natiladi. Kamida 2-3kundan so'ng sovg'alarimiz o'z egalariga yetib borar ekan... ( ancha yengil bo'ldim☺️ )
Изображение
Tanlovimiz g'oliblari🥳🥳🥳

1⃣ o'rin 1.Komilov Nodir(javoblarni juda anniq va koreys tilida yozganlari uchun, minnatdorman.)
2.Xudaykulov Sardor
3. Burhonova Jasmina

2⃣ o'rin 1.Soibjonova Mohira
2.Odilov Bobur
3. Ahmedova Shahrizoda
4. Toirova Madinabonu

3⃣ o'rin 1. Alxanova Shoyista
2. Ibragimova Mohinur
3. Nasriddinova Malika
4. Madrimov Ihtiyor (bu ishtirokchimiz ko'proq ball bilan yuqoriroq o'rin olishlari mumkin edi lekin javobni kech yuborganlari uchun ballarini olib tashladim) Keyingi safar kech kelgan hech bir ishni qabul qilmayman!

▶️ qo'shimcha o'rinlar, harakatlari uchun:
Toxirov Javohir
Muhriddinova Guljamol
Nabiyeva Asal
Shuhratova Imona


Qolgan ishtirokchilar juda kech qolyapsiz javoblaringiz to'lliq bo'lamagani uchun qabul qilmayman o'rin ololmaganingiz uchun ranjimang muhimi ishtirok ettingiz o'z ustingizda ishlashda davom eting!

G'oliblarimizni esa tabriklayman!
Sovg'alaringizni ertagayoq borib olib kelaman va ulgursam ertaga bo'lmasa Dushanba kuni jo'natib yuboraman)))☺️
Javoblaringizni ertagacha tekshirib bo'lmasam kerak deb o'ylagandim biroq 45daqiqada tekshirib, g'oliblarni aniqlab oldim bilishni istaysizmi?!
Menimcha albatta ha, desangiz kerak chunki yo'q desangiz ham g'oliblarni e'lon qilaman))😁☺️
Qatnashgan barcha ishtirokchilarga barakalla deb qolaman harakatingiz va ishtiyoqingizni ko'rib sizlar bilan faxrlandim, hatto barcha savollarga koreys tilida javob yozgan o'quvchilar ham ko'p bo'ldi (bunisini kutmagandim, xursand bo'ldim). Yuborgan javoblaringizni tekshirib, g'oliblarni ertaga e'lon qilaman!
Barchangizni yaxshi ko'raman❤️
Hozircha 13ta ishtirokchimizning ishini qabul qilib oldim qolganlar shoshiling!!!
Kech kelgan ishtirokchilarimiz uchun yana yarim soat qo'shib beraman 20:00gacha. Soat 20:00dan keyin ishingizni qabul qilmayman!
Demak boshlaymiz!!!

‼️2OY va G'ALABA deb nomlangan tanlovimiz boshlandi!
📝 SAVOLLAR:

1⃣ ㄹ harfi qay holatlarda L qay holatlarda R deb talaffuz qilinadi?
Kimchi haqidachi nima bilasiz ho'o'sh?!
2⃣ O'zingizga yoqadigan 5ta kasb tanlang va ular ishtirokida 5ta gap tuzing( Koreys tilida)
3⃣ Tangun haqidagi afsonani o'rgangan edik yodingizda degan umiddaman. Xvanunning oldiga ayiq va yo'lbars kelib odamga aylantirishini so'raganda Xvanun ularga qanday shart qo'yadi va hikoyaning davomi qanday edi o'z fikringizni yozishni unutmang?!
(O'zbek tilida. Agar Koreys tilida yozolsangiz yanayam yaxshi, sababi bu qo'shimcha ball olishingizga yordam beradi)
4⃣ Arirang qo'shig'i yodingizdami sizlar bilan o'rgangan 4qator naqoratnichi eslaysizmi? Arirang haqida yozing(o'zbekcha) va O'sha 4 qator naqoratni esa koreys va o'zbek tilida yozing.
5⃣ Bo'ri bola filmida qiz bolaga qanday so'zni ishlatsa bola tinchlanib qizning ruhsatini kutardi. O'sha so'zni yozing va ösha so'z ishtirokida 3ta gap tuzing. (Koreys tilida)
6⃣ 설날 bayramida qanday taom yeyiladiva nima uchun, qanday ma'nolari bor edi??? Taom haqida ham yozing!
7⃣ 설날 bayramida yana bolalar ota-onalariga ta'zim qilishardiya, aynan shu ta'zim qilayotganlarida nima deb ta'zim qilishardi?! Koreys va o'zbek tilida yozing. Ha 10ta rangni sanab o'tishni ham unutmang(koreys tilida)
Menga shu rang yoqadi deb koreys tilida izoh berib ham o'ting!!!
8⃣ Esingizda bo'lsa kanalimizda 자기소개 ya'ni o'zini tanishtirish haqida uzundan uzun post orqali bilib olgandik. Ana endi siz ham o'zingiz haqingizda yozib beringchi ?! ( Koreys va o'zbek tillarida)
9⃣ "Men Koreys tilini tanladim. Va koreys tilini o'rganishga qat'iy qaror qildim. Keyin har kuni grammatik qoidalarni o'rgandim va har kuni yangi so'zlarni yodladim. "
Koreys tiliga tarjima qiling!
🔟 Yashil qurbaqa multfilimi yodingizdadir-a... Eslasangiz Qurbaqaning onasi o'lishidan avval unga qanday vasiyat qilgan edi (koreys tilida yozing) va nima uchun izoh bering( izoh o'zbek tilida)?!

Ps: Savollarni imkon qadar oson tuzdim, qiynalmaysizlar degan umiddaman!
Barchangizga omad vaqt ketti 19:20 uzog'i bilan 19:30gacha javobingizni qabul qilaman va kim birinchi bo'lib to'g'ri javoblarni yuborishiga qarab o'rinlarni belgilab olaman.
Barchangizga omad yor bo'lsin...
🤓 화이딩 여러분 💪

@onlinekorean
20ta ishtikochimizdan 14tasi shu yerda ekan qolgan 6ta ishtirokchimizni 5daqiqa kutamiz va boshlayman‼️
Assalomu aleykum!
Hayrli kech barchangizga...

10daqiqadan so'ng tanlovimiz boshlanadi ishtirokchilar tayyormisizlar?!

Men shu yerdaman deb yozib yuboringlar‼️

@onlinekorean
Изображение
2 OY va G'ALABA deb nomlangan tanlovimiz bilganingizdek ma'lum sabablarga ko'ra ertangi kunga qoldirildi, shartlari bilan tanishing:

📨Tanlovda qatnashmoqchi bo'lganlar tanlovni erta boshlaganim sababli yordam tariqasida biroz nimalarga tayyorlanishingiz kerakligi haqida aytib o'taman.
1. Kanalimizga joylangan Bo'ri bola filmini tomosha qiling.
2. O'rgangan iboralaringizni, so'zlar va grammatikalarni takrorlab oling, bu tarjima qilishingiz va gap tuzishingiz uchun kerak.
3. O'zingiz haqingizda yozishni va gapirishni o'rgangandik tayyorlaning.
4. Va bayramlar haqidagi postlarni yaxshilab o'qing ....

📝 Sovg'ali tanlovimiz ertaga soat 18:00da boshlanadi ( kech qolmang )

1⃣ Kanalga 10ta savol joylanadi va vaqt belgilanadi.
2⃣ Shu vaqt ichida siz 10ta savolga javob yozasiz muhimi javoblarni daftarga yozishingiz shart
3⃣ Daftarga yozilgan javoblaringizni rasmga olasiz va ustozingiz pochtasi @sitora0097 ga yuborasiz.
4⃣ Kanalda belgilangan vaqt tugagach javoblarni qabul qilmayman.
5⃣ To'lliq 10ta savolga javob yozmagan bo'lsangiz ham ishingiz qabul qilinmaydi.

💭Asosiy 3ta o'rin bo'ladi 1⃣2⃣3⃣

1⃣O'ringa 3ta ichtirokchi
2⃣O'ringa 3ta ishtirokchi
3⃣O'ringa ham 3 ishtirokchini yozgan ishlariga qarab tanlab olaman.

‼️‼️Diqqat bu muhim:

▶️Javoblarni daftarga yozish,
▶️Husnixat bilan (chiroyli yozish) bu man sizning javoblaringizni tushinishim uchun kerak
▶️ Savolga anniq-tinniq javob bering (gap olib qochishlar va kanaldan shunchaki ko'chirib qo'yishlar bo'lmasin!)
▶️ Hamma savolga javob yozishni unutmang (to'g'ri yozishni ham)

1chi bo'lib to'g'ri javob yo'llagan 3ta o'quvchilar 1chi o'rin

Keyingi 3talik 2chi o'rin

So'ngi 3talik esa 3chi o'rin

Qolganlar esa ......


❣G'oliblarni aniqlab olganimdan so'ng kanalda e'lon qilaman va ertasiga yozgan ishlaringizga qarab sovg'alar olib kelaman dushanba kuni esa sovg'alaringizni jo'nataman.

❣🎁Qanday Sovg'alar qo'yilgan o'zi⁉️

Bu sir lekin bir narsani aytishim mumkin bunaqasi hali hech bir kanalda bo'lmagan va sizga albatta yoqadi degan umiddaman, chunki har biringizning qiziqishingizni va ba'zi malumotlarni inobatga oldim🥰

Yangi yil mo'jizasi, haqiqiy mo'jiza yarataylik🥳


@onlinekorean
Assalamu alaykum
Xayrli kech barchangizga.

Telefonim buzilib qolganligi va ishim borligi sababli ancha vaqtgacha internetga kira olmayman kanalimizga esa adminkamiz qarab turadila ming bor uzur Tanlov bo'ladigan kun man bo'lmayman shuni inobatga olib kanalimizdagi 26.12.2020da bo'ladigan Tanlovimizni ertaga 23.10.2020 soat 18:00da o'tkazmoqchiman. Ishtirokchilarimiz diqqatiga rozimisiz va tayyormisizlar yozib yuboring ?!

Найдено 412 постов