Телеграм канал '“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti'

“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti


1'610 подписчиков
406 просмотров на пост

“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti
https://t.me/mahallavaoila_instituti
facebook.com/oilavaxotinqizlarinstituti
www.instagram.com/oilavaxotinqizlarinstituti/

Детальная рекламная статистика будет доступна после прохождения простой процедуры регистрации


Что это дает?
  • Детальная аналитика 5'830'974 каналов
  • Доступ к 1'533'798'153 рекламных постов
  • Поиск по 5'692'381'869 постам
  • Отдача с каждой купленной рекламы
  • Графики динамики изменения показателей канала
  • Где и как размещался канал
  • Детальная статистика по подпискам и отпискам
Telemetr.me

Telemetr.me Подписаться

Аналитика телеграм-каналов - обновления инструмента, новости рынка.

Найдено 2646 постов

Aliment miqdori kamaytirilishi mumkinmi?

📖O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasiga asosan ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, ta’lim olishi, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishi xususida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar.
Voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish majburiyatini ixtiyoriy ravishda bajarmagan ota (ona)dan sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug‘iga binoan aliment undiriladi.
📖Oila Kodeksining 99-moddasida ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga to‘laydigan aliment miqdori belgilab berilgan. Agar voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish haqida ota-ona o‘rtasida kelishuv bo‘lmasa, ularning ta’minoti uchun aliment sud tomonidan ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadining
1️⃣ bir bola uchun – to‘rtdan bir qismi;
2️⃣ ikki bola uchun – uchdan bir qismi;
3️⃣ uch va undan ortiq bola uchun – yarmisi miqdorida undiriladi.
⚖️ Sud tomonidan bu to‘lovlarning miqdori taraflarning moddiy yoki oilaviy ahvoli va boshqa e’tiborga loyiq holatlarni inobatga olgan holda kamaytirilishi yoki ko‘paytirilishi mumkin.
❗️Har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori qonunchilik bilan belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 26,5 foizidan kam bo‘lmasligi kerak. (Bugungi kunda bu miqdor 1 050 000 so‘m, uning 26,5 % esa 278 250 so‘mdan kam bo‘lmasligi lozim.)
❇️Aliment bola voyaga yetgunga qadar, ya’ni 18 yoshgacha to‘lanadi. Aliment to‘lash harakatlari quyidagi holatlarda tugatilishi mumkin.
▶️Agar bolaning voyaga yetmasdan turib to‘liq muomala layoqatiga ega ekanligi (mustaqil mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishi) sud qarori bilan tasdiqlansa;
▶️ Ayolning boshqa nikohga o‘tishi munosabati bilan bolaning nasabi o‘zgartirilsa (bunda bola yangi oilasidagilar tarafidan farzandlikka olingan hisoblanadi).
❗️Aliment to‘lovchi sobiq turmush o‘rtog‘ining boshqa shaxs bilan qonuniy nikohni rasmiylashtirganligi munosabati bilan alimentni tugatish talabi bilan sudga murojaat qilishi mumkin.
Agar sud tomonidan rad javobi berilgan taqdirda ❌
aliment to‘lovchining boshqa farzandlarining kam ta’minlanib qolayotganligini asos qilib aliment miqdorini kamaytirish bo‘yicha
✍️da’vo arizasi kiritish huquqiga ega.

Bolaga taqiq qo'yish chegarasini bilasizmi?

🔹Kaliforniyalik olimlar o‘tkazgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar kuniga o‘rtacha 4️⃣0️⃣0️⃣ marta "yo‘q" ("no") 🚫 degan so‘zni eshitishadi. (sakrama🤸🏻❌ (no jumping), yig'lama 😢❌ (no crying), yugurma 🏃❌(no running) kabi).
🔸Biz buni ❌taqiqlar❌ deb tushunsak ham bo‘ladi.

🔹Bu holat bola ongostida "men xavfsiz holatda qolishim uchun o‘zimni chegaralashim kerak ekan" degan irratsional ishonchni singdirib qo‘yish ehtimolini oshiradi.

❓Yechim bormi❓

🔹Bola xavfsizligini ta’minlash uchun taqiqlar kerak, lekin ularning me'yorini o‘zgartirishimizga to‘g‘ri keladi.

1️⃣ Taqiqning o‘rnini bosuvchi boshqa xatti-harakat taklif qilish usuli:
❌Yugurma ➡️✔️sekinroq yur, bolam.
❌Yig‘lama ➡️✔️ kel yonimga, nima yordam kerak ayt.

2️⃣ Taqiqni ruxsatga aylantirish usuli:
❌Qo‘lingni yuvmagansan. Yema hozir ➡️ ✔️pechenyeni qo‘lingni yuvganingdan so‘ng yeysan.
❌Hovliga chiqma ➡️ ✔️hovliga birozdan keyin birga chiqamiz.

3️⃣ Taqiq o‘rniga boshqa taklif berish usuli:
❌Telefon o‘ynama ➡️ ✔️kel, birga lego yasaymiz.
❌Unga tegma ➡️ ✔️qara, senga bir narsa ko‘rsataman.

🔹Muhimi – taqiqlar bolaning qiziquvchanligini to‘sib, olam xavfli degan tasavvur hosil qildirib qo‘ymaslik.
Shuning uchun:
🔸Farzandingiz uchun maxsus olam bilan tanishtirish usulini o‘ylab topish kerak.
🔹Toki ortiqcha chegaralar, gipperg‘amxo‘rlik bolangizni chegaralab qo‘yishga xizmat qilmasin.

👍 7

Biz 37 million nafarga yetdik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi taqdim etgan maʼlumotlarga ko‘ra, 2024-yilning 1-aprel sanasi holatida yurtimizda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz soni 36 963 262 kishini tashkil etgan. Shundan 18 354 591 nafari ayollardan, 18 608 671 nafari esa erkaklardan iborat.
Shuni alohida taʼkidlash lozimki, respublikada istiqomat qiluvchi doimiy aholi soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 foizga, yil boshidan buyon esa 163,5 ming nafarga ko‘paygan. Bu aholi soni 2024-yilning har bir oyida o‘rtacha 54,5 ming nafarga, har bir kunida esa o‘rtacha 1,8 ming nafarga ko‘payayotganini anglatadi.

❤ 2
👍 1
Изображение
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori
Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida

👉 Qaror
​​DIQQAT, MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA QABUL BOSHLANDI!!!

MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA TALABGORLAR O‘Z HUJJATLARINI ILOVA QILGAN HOLDA, ARIZA BILAN INSTITUTGA MUROJAAT QILISHLARI MUMKIN.

“Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti 2024-yil uchun mustaqil izlanuvchilikka (PhD), (DSc)ga quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha qabul e‘lon qiladi:
1. 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa.
2. 13.00.09 – Ijtimoiy pedagogika.
3. 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
4. 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya, etnopsixologiya.
5. 22.00.02 – Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi.

👉 Batafsil
#OAV_biz_haqimizda

“Mahalla” telekanali “Minbar” koʻrsatuvida “Oila va gender” ilmiy tadqiqot instituti boʻlim boshligʻi Sardor Alimov ekspert sifatida ishtirok etdi.

Mavzu: Xotin-qizlar bandligini ta'minlash, ularga kichik biznes uchun kredit ajratish.

Assalomu alaykum, hurmatli yurtdoshlar!
Yaratganning ushbu barokatli va nurafshon kunida Sizlarni kirib kelgan muqaddas Iyd ul-Fitr – Ramazon hayiti bilan chin dildan muborakbod etamiz!
Aziz vatandoshlar, sizlarga va oilangizga baxt, sog‘lik-omonlik, ikki dunyo saodatini tilaymiz, muqaddas Vatanimizda tinchlik doim hukmron, osmonimiz esa doimo shunday musaffo bo‘lsin!
Mehnatkash va oqko‘ngil xalqimizning ushbu mo‘tabar kunda qilgan ezgu niyat va duolarining barchasi ijobat bo‘lsin! Jonajon yurtimizni, aziz xalqimizni Alloh o‘z panohida asrasin!
Ramazon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!

"Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti

👍 2
Изображение

#bilasizmi
#psixolog_maslahati
Ehtiyot bo‘ling, mobbing!
🎬 Mobbing – jamoada (ish, o‘qish joyida) ruhiy bosim o‘tkazish shakli bo‘lib, surunkali davom etganda kasallikka aylanadi. U turli qo‘rqitishlar, mazax qilishlar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Nafaqat kattalar🤵🏻‍♂️, balki bolalar🤵🏻 ham ta’qib qurbonlariga aylanishi mumkin. Sinfdoshlar orasida mobbing keng tarqalgan hodisadir. Bolalar ko‘pincha boshqalardan ajralib turadiganlarga (“oyisining erkasi”, a’lochi yoki ikkichilar, jismoniy zaif bolalar, tashqi ko‘rinishi boshqacharoq bo‘lganlar) tegajog‘lik qiladilar.
Ⓜ️ Mobbing turlari:
1️⃣ Og‘zaki tahqirlash – qurbon doimo haqoratlar, masxara-mazaxlar va xo‘rlanishga uchrashi.
2️⃣ Jismoniy ta’sir – tepish, turtish va urishish orqali namoyon qilish.
3️⃣ Gaplashmaslik, aloqani uzish (boykot), asosan, ayollar jamoasida ko‘proq uchraydi.
4️⃣ Tahdidlar – o‘g‘il bolalar orasida ham, qizlar orasida ham keng tarqalgan hodisa.
❗️Epidemiologiyasi:
❇️ O‘tkazilgan tadqiqot va so‘rovnomalarning natijalariga ko‘ra, kasallikning tarqalganligi 1–10% ni tashkil etadi.
❇️ Ijtimoiy va sog‘liqni saqlash sohalarida yaqqol ifodalanadi.
❇️ Shaxsning o‘ta sezuvchanligi, stressga bo‘lgan chidamliligi va frustratsion tolerantlikning pasayishi kabilar ahamiyatga ega.
❇️ Mobingning asosiy simtomlari – uyqu buzilishlari, nevroz, ta’sirchanlik, depressivlik, suitsidal xayollar.
🚑 Mobbing va u bilan uning ilk bosqichlaridanoq kurashish, davolash lozim. Bola sinfdoshlari tomonidan qanchalar uzoq vaqt haqoratlansa, keyinchalik biron jamoaga moslashishi va jamiyatda o‘zini xolis baholashi shunchalik qiyin bo‘ladi. Quyidagilar tavsiya etiladi:
▶️ hodisa joyini obyektiv analiz qilish;
▶️ o‘ziga ishonch treningi;
▶️ relaksatsiya texnikalari;
▶️ stressni yengish texnikalari;
▶️ zaruriy sport turi;
▶️ stress natijasida yuzaga kelgan ruhiy buzilishlarni (depressiya, qo‘rquv) davolash.

👍 3
​​“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot institutida “Sotsiologik tadqiqotlarda tanlash metodi va unga xos xususiyatlar” mavzusida ilmiy seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot institutining Strategik tahlil va prognozlashtirish bo‘lim boshlig‘i – sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim Xodjayev Sobir Djumayevich tomonidan institutning doktorant va tayanch doktorantlari uchun “Sotsiologik tadqiqotlarda tanlash metodi va unga xos xususiyatlar” mavzusida ilmiy seminar mashg‘uloti o‘tkazildi. Mashg‘ulotda muammoni o‘rganish davomida sotsiologik tadqiqotlarda tanlash metodi, unga xos xususiyatlar, tanlashda reprezentativlikni taʼminlash masalalari, tanlash turlari, tasodifiy-ehtimoliy tanlash va unga qo‘yilgan talablar, tasodifiy tanlash turlari, maqsadli tanlash va uning turlari, tanlashda og‘ish va ularni tuzatish masalalari haqida batafsil to‘xtab o‘tildi.
Seminar davomida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotgan tadqiqotchilar o‘z sotsiologik tadqiqotlarida qo‘llaydigan metodlarda nimalarni inobatga olgan holda belgilashlari haqida chuqur bilimga ega bo‘ldilar.
Bundan tashqari, seminarda quyida keltirilgan mavzular bo‘yicha ham qo‘shimcha maʼlumotlar berib o‘tildi.
Jumladan, statistikada tanlashning turlari farqlanishi haqida:
− tasodifiy tanlash, qaytarish bilan;
− tasodifiy tanlash, qaytarishsiz;
− mexanik;
− tipik;
− seriyali.
Shuningdek, oddiy tasodifiy tanlash 2 xil usulda amalga oshirilishi to‘g‘risida:
− ko‘r-ko‘rona tanlash yoki boshqacha aytganda, lotereya yoki qurʼa tashlash – tasodifiy qaytariladigan tanlash va tasodifiy qaytarilmaydigan tanlashga ajratish.
− tanlov ko‘r-ko‘rona emas, balki tasodifiy sonlar jadvali yordamida sodir bo‘lishi.

Найдено 2646 постов