Телеграм канал '🌸🌺ВОСПИТАТЕЛИ & СУПЕР МУЗИКАНТЫ🌸🌺'

🌸🌺ВОСПИТАТЕЛИ & СУПЕР МУЗИКАНТЫ🌸🌺


4'573 подписчиков
290 просмотров на пост

WELCOME TO OUR CHANNEL
KANALIMIZGA HUSH KELIBSIZ

🏪 MTT hodimlari
🎼MP3 musiqalar 🎶
📷 Suratlar
📚 Ko'rgazmalar
✏Ish rejalar
👫Tarbiyachi ijodi
🇬🇧Ingliz tili
🇳🇱Rus tilli


BARCHASI BIZDA. CHET TILLARIDA HAM XOXLAGAN NARSALARINGIZNI SO'RANG👍👍👏☝

Детальная рекламная статистика будет доступна после прохождения простой процедуры регистрации


Что это дает?
  • Детальная аналитика 5'825'444 каналов
  • Доступ к 1'533'798'153 рекламных постов
  • Поиск по 5'710'194'936 постам
  • Отдача с каждой купленной рекламы
  • Графики динамики изменения показателей канала
  • Где и как размещался канал
  • Детальная статистика по подпискам и отпискам
Telemetr.me

Telemetr.me Подписаться

Аналитика телеграм-каналов - обновления инструмента, новости рынка.

Найдено 183159 постов

👍 2
Голосовое сообщение, 188 сек.
👍 2
Видео/гифка, 270 сек, Xayr_bogʻchajon_salom_maktab_Хайр_богчажон_салом_мактаб.mp4
Видео/гифка, 145 сек, Onalar-va-bolalar-konsertidan-lavha-Bahor-valsi-ni-tomosha-q.mp4
Besh markaz!

Xasanova Nilufar.

Guruhda beshta markaz,
Ko‘rganlar qilar havas.
Vaqtingiz o‘tadi chog‘,
Markazlar ochar qo‘choq!

Birinchisi~''Til va nutq'',
Bilim ol, senga yutuq.
Ravon gapir, shoshmasdan,
Nafasingni yutmasdan.

Ifodali ayt she'rni,
His qil nuqta, vergulni.
Agar topsang topishmoq,
Aqling bo‘ladi chaqmoq.

Boyisa agar nutqing,
Oshadi tafakkuring!
Ishni boshlagin Eshmat,
O‘rganmoqlikdan lug‘at.

Ikkinchisi~''Qurish~yasash,
Va matematika markazi''
O‘lchash,tenglash va sanash,
Hisob~aqlingning charxi!

Aylana,to‘rtburchakni,
O‘ynab tanib olamiz.
Murakkab ko‘pburchakni,
Esda olib qolamiz.

Katta va kichiklikni,
Qurib~yasab bilamiz.
Ko‘plikni va tenglikni,
Shu yerda o‘rganamiz.

Mana fan va tabiat,
Kutib turibdi navbat.
Tajribalar maydoni,
Mo‘jizalarning koni.

O‘simlik va gullarni,
Ekib,parvarishlaymiz.
Jonli~jonsiz turlarni,
Aynan shunda farqlaymiz.

Jonlananib bunda ertak,
Rolli o‘yin o‘ynaymiz.
Bo‘lsa sizda ham istak,
Sahnamizga chorlaymiz.

Ajoyib markazimiz,
Nomini bilib oling.
Syujetli~rolli o‘yin,
Markazidan zavq oling.

Bir kuni~Zumradoymiz,
Qizil qalpoqcha~ bir kun.
Ertaklarga boymiz biz,
Mazmunli o‘tar har kun!

Mana''San'at''markazi,
Ijodkorlar maskani.
Mo‘yqalamni olamiz,
Turli rasm solamiz.

Yasaymiz loydan idish,
Juda qiziq bu yumush!
Quritamiz,bo‘yaymiz,
Naqshlar bilan bezaymiz.

Mehnatga qilib havas,
Mashhur bo‘lsak ajabmas.
O‘rganamiz biz hunar,
Bilsang,hunardan o‘nar!

Guruhda beshta markaz,
Ko‘rganlar qilar havas.
Vaqtingiz o‘tadi chog‘,
Markazlar ochar qo‘choq!

Xasanova Nilufar
14.05.2022~yil.
☝️ MARKAZLAR XAQIDA BILIB OLING

Qurish yasash, konstruksiyalash va matematika” markazi

Markaz orqali bolalarda sensor tarbiya, ijodkorlik rivojlanadi. Bola bir vazifani bajarish orqali ham qurish yasash, ham matematika bilan shug‘ullanish imkoniga ega.
Bolalar orasidagi suhbatlar tinglansa, ularning muloqotida “Menga katta g‘ishtni ber”, “Menga qizil kerak”, “O‘ng tomoningdagi meniki”, “Men yasagan uycha ikki qavatli”, “Seniki kich
kina, meniki esa katta ”, “men yasagan mashinaning rangi oq”, “Mana senga kuk lego”, “Mening mashinamga 10 ta odam sig‘adi ”, “Nima uchun buzilib ketdi?, chunki sen tagiga ko‘p g‘isht qo‘ymading, tagi kichikgina bo‘lib qoldi”va boshqa jumlalarni eshitasiz. Demak bolalar muloqotida ayirish, qo‘shish, kattalikni bilish, taqqoslash kabi matematik iboralar ishlatiladi va ilk matematik tasavvurlar kengayib boradi.
O‘z ishlarini taxlil qilishni o‘rganadi.
☝️ MARKAZLAR XAQIDA BILIB OLING

“Syujetli –rolli o‘yinlar va drammalashti-rish” markazi

Markazni bolalar iqtidorini namoyon bo‘lishiga, o‘z mahoratini ko‘rsatishi uchun juda qulay muhit. Bu markazni bolaning “Men”ini shakllantiruvchi markaz deb ham atash mumkin. Markazdagi barcha jihozlar bolalar hayotida uchraydigan jihozlar bo‘lib, o‘yin jarayonida bola ulardan foydalanishni o‘rganadi, kasblar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega. O‘yinlarda oila a’zolarining o‘zaro munosabatlari aks etadi va ular orqali ahloqiy tarbiya olish ( tarbiyachi uchun esa oiladagi muhitni o‘rganish )imkoni mavjud.
☝️ MARKAZLAR XAQIDA BILIB OLING

“San’at” markazi

San’at markazida bolalarni kayfiyatini ko‘tarish imkoni mavjud. Bolaning ijodiy kobiliyatlarini kullab kuvatlanadi. San’atning rassomlik, xaykaltaroshlik turlariga hamma uchun ham iqtidor berilmagan. Shuning uchun bu markazga kamroq bola qatnashi mumkin. Lekin markazga kerakli jihozlarni to‘liq qo‘yilsa, yasash, chizish texnologiyalari ertalabki , kechki soatlarda o‘rgatilsa, markaz ishi rivojlanadi . Oilada bolaga bunday sharoit har doim ham yaratib berilmaydi.
Markazda ishlash orqali bolaning mayda motorikasi rivojlanadi. Mayda motorikaning rivojlanishi esa, bolaning nutqini rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
☝️ MARKAZLAR XAQIDA BILIB OLING

“Ilm –fan va tabiat” markazi

Tajriba sinov maydonchasida o‘tkazilayotgan tajribalar bolalarda kiziqish uyg‘otadi va yangi ixtirolar qilishga undaydi.
Bu markaz bolalarni tabiat va undagi xodisalarni bilish uchun eng katta imkoniyat va bu markazni to‘g‘ri ishlatilsa bolalar tabiat haqidagi 90 foyiz bilimni shu yerda olishi mumkin.
Markaz na faqat bolalarda balki pedagoglarda ham qiziqish uyg‘otadi.
Markazda olib borilayotgan turli tajribalar orqali bolalar jismlarning foydali va zarar tomonlarini bilib olish imkoniga ega.
Hayotimiz davomida ishlatiladigan narsalarni qayerdan kelganligi, ularni nimadan olinganligi haqidagi bilimlarni olish orqali ularga bo‘lgan munosabatlari ijobiy tomonga o‘zgaradi. Masalan nonni dasturxonimizga kelishi, paxtaning chigitini ezish orqali undan yog‘ chiqishini bilish, tarvuzning urug‘ida yog‘ning yo‘qligini, piyozning ildizi bilan stakandagi suvga solib qo‘yilsa uni o‘sishi, urug‘larni tuvaklarga sepish orqali ularni unib chiqishini ko‘rish bolalar uchun juda qiziqarli.

🌿Ilm-fan va tabiat markazi

Zilzilalarda ozini tutish (tajriba) oyin Maqsad: bilish vazifalarini rivojlantirish va tezkor xulosa
chiqarishga orgatish. Kerakli jihoz va materiallar: qurilish xomashyolari, qurilgan bino turishi
uchun platforma, baland binolar aks etgan suratlar.

Faoliyatni olib borilishi:

1. Tarbiyachi zilzila haqida hikoya qilib beradi.

2. Inshoaatlarni qurish.

3. Binoni chidamlikka tekshirish (turli kuch bilan) Qoshimcha qism: zilzila vaqtida ozini tutish
qoidalarini mustahkamlash. E'tiborga molik jihati:

1. Bolalarni bilish vazifalarini rivojlantirish.

2. Bola hayoti havfsizligi

Ilm-fan va tabiat markazi

«Sabzi ekish»

Maqsad: sabzini urug'lardan ekib chiqarishni, odamlar uchun foydalik jihatlarini, ketma-ketlik
bo'yicha harakatlanish.

Kerakli jihoz va materiallar: fermerdan xat, sabzi uruglari, bolalarni guruhlarga ajratish uchun
kartochkalar, stol uchun kleyonka, turli xildagi sabzi surati kas etgan kartochkalar, 3 lopatka, 3
leyka, 3 stol artish uchun sochiqcha, fartuklar, sabzi ekish uchun joy.

Faoliyatni olib borilishi:

1. Tabiat burchagida suhbat otkazish.

2. O'simliklarni osishi uchun nima kerak?

3. Muammoli vaziyatni yuzaga keltirish

4. Tajriba o'tkazish algoritm muhokamasi, kerakli ashyolar aniqlashtirish.

5. Mustaqil ishlash.

6. Sabzini o'sishini kuzatish yuzasidan kundalik tutish.

7. Fermer xo'jaligi uchun qilingan ishlar yuzasidan su'ratlar

Qo'shimcha qism: sabzi qayerdan kelganligini, sabzini ekish (urug', ko'chat orqali) haqida hikoya
qilib berish

E'tiborga molik jihati:

1. Kerakli ma'lumotlarni mustaqil izlab topish va tahlil qilish.

2. Qo'yilgan maqsadga erishish yolida faoliyatni to'g'ri rejalashtirish.

«Til va Nutq» markazi

Suratlar asosida shaharning diqqatga sazovor joylari haqida hikoya qilib berish.

Maqsad: o'z shahrini illyustrasiyalar orqali tanishish, shaharning diqqatga sazovar joylarini,
qo'shni davlatlarning poytaxtlarini bilish.

Kerakli jihoz va materiallar: qo'shni mamlakatlarning diqqatga sazovor joylari aks etgan
illyustrasiyalar.

Faoliyatni olib borilishi:

1. Shaharning diqqatga sazovor joylarini tomosha qilish.

2. Mazmunga oid suratlarga gaplar tuzish.

3. Qisqa hikoya qilib berish.

4. Shaharga sening munosabating.

Qo'shimcha qism: bolalarning muloqatchanligini oshirish.

E'tiborga molik jihati: so'zlarni, bo'g'inlarni togri talaffuz qilish, tayanch so'zlar asosida gap
tuzish.

Til va nutq markazi

Ya. Dubenskoning «Biz har xilmiz» sheri.

Maqsad: Bolalar she'rni mazmunli yodlashga o'rgatish.

Kerakli jihoz va materiallar:
Ya. Dubensko she'ri

Faoliyatni olib borilishi:

1. Kirish suhbat.
2. Sherni oqish.
3. O'qilgan she'r bo'yicha suhbat.

4. Mazmun bo'yicha savollar.

5. She'rni qayta oqish.

6. She'rni yod olish.

Qo'shimcha qism: bolalar bilan dostlik haqida suhbat
E'tiborga molik jihati:

1. She'riy asarga ijobiy fikr bildirish.

2. Bilishga qiziqishini oshirish.

3. Gapni to'g'ri tuzishni o`rgatish.

4. Bola hayoti havfsizligi.


Найдено 183159 постов