Yana xazonrezgilik,
Bog'lar rangi siniqdi.
Dilda hokim ezgulik,
Anhorda suv tiniqdi.
Oq ko'ylakli qayinlar
Taqdi yana zar baldoq.
Qushlarga gap tayinlab,
Chag'-chag'laydi zarg'ildoq.
Ufq orti lolagun,
Daraxtlardan rang olar.
Xayrlashib kuz bugun,
Sochlar oltin tangalar.
Suvotlari to'la irmoqni
Muzdek qilib qo'ydi sunbula.
Yel tortqilab barqut yaproqning
Yuragiga soldi g'ulg'ula.
Ko'kda yana oppoq turnalar
Arg'imchoqlar solib uchishdi.
Biz maktabga chopdik, tillarang
Terakzorlar yig'lashga tushdi.
Kuz keldi, o'xshagancha
Mayin, dilxush navoga.
Turnalarning "qur-quri"
Taralmoqda havoga.
Ana, ular to'planib
Ketmoq uchun janubga,
Marvarid munchoqlarday
Tizildilar bir ipga.
Qushlar issiq o'lkani
Ko'zlab yo'lga shaylanar.
Ammo dilgir, betoqat,
Davra yasab aylanar.
Men qushlarga tikilib
Ilg'ab oldim bir ma'ni:
Yurt mehri turnalarni
Qo'yvormasdi ketgani
KUZ
1
Kechagina yoz edi,
Endi bo‘lsa kuz.
Xohla, bog‘da uzum ye,
Xohla, anor uz.
Yozi bo‘yi irmoqdan
Chiqmagan suvo‘t
Bugun ko'kdan suv kutar
Ko‘zi bo‘lib to‘rt
Shukuh kezar havoda
Tonggi pallalar.
Qaymoq to‘la kosaga
0 ‘xshar dalalar.
0 ‘qish, ishga kuzatib
Oltin kuz bizni,
Kiydirtirar erinmay
Kamzulimizni...