Телеграм канал 'Muhimiuz|Raxmatov Muzrab'

Muhimiuz|Raxmatov Muzrab


905 подписчиков
435 просмотров на пост

Мактаб адабиёт дарсликларидаги мавзулардан энг муҳим, имтиҳонда тушадиган, сертификат олишда қўл келадиган ўринларини каналда ўқиб боринг.

Шанба/якшанбда дам олиш куни

Имло луғати: @uzimlo

Детальная рекламная статистика будет доступна после прохождения простой процедуры регистрации


Что это дает?
  • Детальная аналитика 229'378 каналов
  • Доступ к 93'765'661 рекламных постов
  • Поиск по 366'702'833 постам
  • Отдача с каждой купленной рекламы
  • Графики динамики изменения показателей канала
  • Где и как размещался канал
  • Детальная статистика по подпискам и отпискам
Telemetr.me

Telemetr.me Подписаться

Аналитика телеграм-каналов - обновления инструмента, новости рынка.

Найдено 280 постов

Mantiqiy savol (shaxsning intellektual qobiliyatini aniqlashga yo‘naltirilgan test): qatorni davom ettiring.

❗️Eslatma,Prezident qaroriga ko'ra bu yildan mantiqiy savollar testlarda tushadi. Bu har bir fan va yo'nalishga aloqador.
@muhimiuz
Mantiqiy savol: Bir yilda necha oy 28 kunga ega?

Eslatma, Prezident qaroriga ko'ra bu yildan mantiqiy savollar testlarda tushadi. Bu har bir fan va yo'nalishga aloqador.

@muhimiuz
#darslik

Muhammad Rizo OGAHIY

...“Ilohi, har kuning navro‘z bo‘lsin” g‘azalida bu she’r yaratilgandan buyon barchaning diliga jo bo‘lgan ohorli yangi yil tilaklari izhor etilgan:
Ilohi, har kuning navro‘z bo‘lsun,
Hamisha tole’ying feruz bo‘lsun.
Bo‘lub ayyomi navro‘zing muborak,
Zamiring inbisotanduz bo‘lsun.
...“Ta’viz ul-oshiqin”dagi ishqiy g‘azallar nafaqat Ogahiy ijodining, balki butun o‘zbek mumtoz adabiyotining sara namunalari hisoblanadi. “Yuzung ochkim, quyosh sadqang bo‘lub boshingdin aylansun”, “Mushkin qoshining hay’ati ul chashmi jallod ustina”, “Ey sho‘x, ko‘zi qoshinga olam gado, man ham gado” g‘azallari Ogahiyning yuksak badiiy mahoratini, chinakam san’atkor shoir ekanligini tasdiqlaydi.
...Ba’zan g‘azallarda yor timsoli orqali, xususan, lirik qahramonning unga murojaatida shohga xos xususiyatlar aks etadi. Masalan: “Ey shah, karam aylar chog‘i teng tut yamon-u
yaxshini Kim, mehr nuri teng tushar vayron-u obod ustina”
yoki “Aylansun” radifli g‘azalidagi:
Chu bergung non ila osh, ey saxiy, sidq ahlig‘a bergil,
Riyo-vu kizb ahli noning-u oshingdin aylansun,
kabi baytlarda buni kuzatish mumkin.
Shoir lirikasi mundarijasidan muqaddas Islom dinimiz ko‘rsatmalari, tasavvuf ta’limotiga oid qarashlar ifoda etilgan she’rlar ham salmoqli o‘rin tutganini kuzatamiz: “Mulk-u millatg‘a amin o‘lsa agar ogohlar, Ikki olam obro‘yini hosil etgay shohlar”. Baytda islomiy qarashlar jamiyat va davlat ijtimoiy-siyosiy tartibi, boshqaruviga omixta holda bayon etilgan. Shoir aytmoqchiki, mulk (mamlakat) va millat uchun dunyo va oxirat mohiyatidan, voqeliklaridan ogoh zotlar amin (ya’ni vakolatli amaldor qilib tayinlangan) bo‘lsa, bu tartibotni yo‘lga qo‘ygan shoh (mamlakat rahbari) ikki dunyo obro‘yini hosil qiladi (ya’ni xalq va Xoliq – Alloh rizoligini topadi).
Har millatning o‘zligi ikki qismdan – milliy qadriyatlari va diniy e’tiqodidan tashkil topuvchi yaxlit bir butunlik ekanligini, agar ularning biri bo‘lmasa, ikkinchisi ham qulab, o‘zlikdan asar qolmasligini anglagan shaxslargina ogoh zotlar maqomida bo‘lishiga e’tibor qaratilmoqda.
...shoirning ijtimoiy-siyosiy qarashlari devondagi muxammas, musaddas, ruboiy, tarji’band va qasidalarida ham u yoki bu darajada o‘z aksini topgan. Xususan, “Dahr uyi bunyodkim, suv uzradur, mahkam emas”, tarji’bandi tasavvufiy mazmunga yo‘g‘rilgan ijtimoiy-falsafiy ruhdagi asardir. Tarji’bandda dunyo omonat binoga, bo‘yi, vafosi yo‘q gulshanga o‘xshatiladi, insonni unga ko‘ngil berib, aldanib qolmaslikka chaqiradi.
...“Qasidayi nasihat” esa Ogahiyning siyosat va davlatga munosabati, hukmdor fazilatlari, burch va vazifalari borasidagi mulohazalari bayon etilgan pandnomadir. "Qasidayi nasihat” adabiyotimiz tarixidagi siyosiy-didaktik lirikaning yorqin namunasi bo‘lib qoldi.
...musoviyattarafayn (ikki tomonlama teng, bir xil) shaklida yozilgan she’ri adabiyotimiz tarixida juda kam uchraydigan hodisalardan deyish mumkin. She’rni ikki xil – odatdagi yon tarafga hamda yuqoridan pastga tomon o‘qisangiz, bir xil matn hosil bo‘laveradi:

Ul sho‘xki | ochildi | xat-u | ruxsori
Ochildi | rayohinda | yuzi | gulnori
Xat-u | yuzi | besabr-u qarori | man man
Ruxsori | gulnori | man man | zori. (❗️Eslang, yana kimning ijodida xuddi shu tartibdagi she'r keltirilgan edi?)

Ogahiy salaflari Lutfiy, Navoiy, Bobur, Fuzuliy hamda Munis kabi mumtoz adabiyotimiz yorqin siymolari an’analarini davom ettirdi, rivojlantirdi, yangi badiiy kashfiyotlar bilan boyitdi.

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас (постни ўз ҳолича улашсангиз бўлади. @muhimiz кўрсатилиши шарт)
Рахматов Мизраб©

@muhimiuz
"Bog'lar qiyg'os gulda" she'rining qaysi misrasi orqali har bir xalqning o'z o'tmishi mavjudligi yoritiladi. (Zulfiya)

@muhimiuz
"Aylanay, mehmon, kimdan xafa bo'lib tushdingiz? Kim ozor berdi sizga? Ayting. Qovog'ingizni ochsangiz-chi! Yorug' dunyoga keldingiz! Shukr qiling. Sevining!" . Ushbu fikrlar kimga nisbatan aytilgan? (Kecha va kunduz)

@muhimiuz
#darslik

Muhammad Rizo OGAHIY

...Ogahiyning asosiy she’riy merosi ona tilida yozilgan bo‘lib, “Ta’viz ul-oshiqin” devonida to‘plangan.
...“Ta’viz ul-oshiqin” – “Oshiqlar tumori” degani.
...Devon ma’rifatparvar shoh va shoir Feruz – Muhammad Rahimxon Soniy (ikkinchi)ning taklifi va talabi bilan tuzilgan.
...“Ta’viz ul-oshiqin”da shoirning yigirmadan ortiq janrdagi salkam yigirma ming misrali lirik merosi jamlangan. Ularning bir ming
uch yuz misradan ortig‘i
fors tilida bitilgan bo‘lib, bu Ogahiyning zullisonaynlik an’anasini munosib davom ettirganligining yorqin dalilidir.
...Shoir ijodida tabiat tasviriga bag‘ishlangan bir qator g‘azallar bor. Qish va bahor tasviri chizilgan bu she’rlarda Ogahiyning peyzaj ustasi, o‘tkir nigoh egasi ekanligi namoyon bo‘ladi.
... “O‘yla yetkurdi jahong‘a ziynat-u oro bahor” g‘azalida o‘qiymiz: “Obi hayvondek suzuk suv har taraf aylab ravon, Qildi sahrog‘a tarovat o‘zgacha paydo bahor”.
...Suvni “obi hayvon” – tiriklik suviga o‘xshatish qadimdan bor. Lekin uni suzuk deb sifatlash adabiyotda yangilik edi.
...Tashxis san’atini mohirona qo‘llagan shoir tog‘lardan mayin oqib kelayotgan suvni noz bilan suzilib borayotgan go‘zalga o‘xshatadi. Bahor ana shu suzuk suvi bilan sahroga o‘zgacha tarovat bag‘ishlagan.
...Keyingi misralarda bahoriy yel rayhonlarga Masihdek “toza jon” ato qilgani, gul yuzi ochilib, qumri-yu bulbullarning unga vola-yu shaydo bo‘lganlari, lola soqiysi qo‘lidan ishrat ahliga qadah tutilgani kabi tasvirlar orqali bahor ko‘tarinki zavq, hayajonli shavq bilan vasf qilinadi.
...Bu go‘zalliklarni madh etgan shoir uni g‘animat bilib, qadrlashga chorlaydi: “Gulshan ichra bazm etib jomi tarab no‘sh aylali Kim, g‘animatdur necha kun, ey qadi ra’no, bahor”.
...Shuningdek, “Baland aylab quyoshg‘a poya navro‘z”, “Bahor ayyomi bo‘lmish o‘ylakim bog‘i Eram
sahro”
g‘azallarida ham bu ko‘rkam faslning beqiyos nazokatlari kuylanadi.

❗️Eslatma
G'azallarning kitoblardagi tahlilini yaxshilab o'rganib olish "Milliy sertifikat" olish imtihonlarida sizning adabiyot qismidan beriladigan lirika yo'nalishi bo'yicha savollarni ishlashingizgda ancha foyda keltiradi.

🚫
Кўчириб олиш мумкин эмас (постни ўз ҳолича улашсангиз бўлади. @muhimiz кўрсатилиши шарт)
Рахматов Мизраб©

@muhimiuz
#darslik

Muhammad Rizo OGAHIY

...Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog‘ida Erniyozbek mirob oilasida tavallud topdi.
...Yoshligida otasi vafot etib, adabiyotimizning yana bir yorqin siymosi bo‘lmish amakisi Munisning tarbiyasida bo‘ldi.
...1829- yilda Munis vafot etgach, hukmdor Olloqulixon uning o‘rniga Ogahiyni mirob (suv ishlari boshqaruvchisi) etib tayinlaydi.
...Saroy tarixchisi vazifasini ham olib borayotgan Ogahiy 1839- yilda Munis boshlab qo‘ygan “Firdavs ul-iqbol” (Iqbol bog‘i) asarini davom ettirib, Xiva xonligining 1825- yilgacha bo‘lgan tarixini yozib tugatdi.
...1844- yilda xonlik tarixini shu yil gacha bo‘lgan voqealarini o‘z ichiga olgan “Riyoz ud-davla” (Saodat bog‘lari) kitobini tamomladi.
...1845-yildan Ogahiy hayotidagi og‘ir va musibatli davr boshlanadi. Shu yili miroblik ishlari bilan safarda yurganda tasodif tufayli oyog‘i qattiq shikastlanadi va hali yigit yoshidayoq to‘shakka bog‘lanib qoladi. Shu dard azobini tortayotgan shoir umr yo‘ldoshidan ham ajraladi.
...1846- yilda “Zubdat ul-tavorix” (“Tarixlar qaymog‘i”), 1847–1855- yillarda esa “Jome ul-voqeoti sultoniy” (“Sultonlik voqealarining yig‘indisi”) tarixiy asarlarini yozdi.
...Tarjimalar bilan shug‘ullanib, Kaykovusning “Qobusnoma”, Nizomiy Ganjaviyning “Haft paykar”, Sa’diy Sheroziyning “Guliston”, Badriddin Hiloliyning “Shoh va gado”, Abdurahmon Jomiyning “Yusuf va Zulayho” va boshqa qator asarlarni o‘zbekchalashtirdi.
...XIX asrning oltmishinchi yillarida “Gulshani davlat” va “Shohidi iqbol” (“Baxt shohidi”) tarixiy asarlarini yozdi.

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас (постни ўз ҳолича улашсангиз бўлади. @muhimiz кўрсатилиши шарт)
Рахматов Мизраб©

@muhimiuz
Tog'ay Murodning qaysi asarining bosh qahramoni Dehqonqul hisoblanadi?

@muhimiuz
Movlono Fazlidinning Xonzoda begimga qurolmagan obidasini kim asrlar o'tib nihoyasiga yetkazdi go'yo? ("Yulduzli tunlar". O'qilishi kerak bo'lgan badiiy asarlar turkumidan)

@muhimiuz
#takrorlash

EZOPdan savol-javoblar
(repetitor-o'qituvchilar uchun)

1. "Ezopona til" va "Ezop tilida so'zlash" deganda nima nazarda tutilmoqda?
2. Nihоyatdа аqlli, аmmо o‘tа bаdbаshаrа, хunuk bir dоnishmаnd kim? (Yoki Ezopni qanday tariflashgan?)
3. Ezop garchi Frigiya mamlakatidan bo'lsa-da, nima sabab bo'lib, Yunonistonga kelib qolgan edi?
4. Kim shаhаrlаrni bоsqinlаrdаn аsrаb, pоdshоhlаrni qirg‘inbаrоt urushlаrdаn to‘хtаtib qоlgаn?
5. Ezop kimning saroyida xizmat qilgan?
6. Ezop xazinabon darajasiga ko'tarilgan Vavilon shohining ismi kim?
7. Ezopni hasadgo'y dushmanlari qanday o'limga hukm etishgan?
8. Ezopning "Ezop masallari" nomi ostidagi kitobiga qancha hikoya jamlangan edi?
9. Mаjоziy хаrаktеrdаgi qisqа hikоyachа bo‘lib, nаsriy yoki shе’riy shаkldа yozilаdigan asarlar - bu?
10. "Kalila va Dimna" asari qaysi davlatga tegishli?
11. Mаjоziy shаkldаgi ibrаtli hi­kоyatlаrning sаrа nаmunаlаri Alishеr Nаvоiyning qanday asarlarida uchraydi?
12. Gulxaniy qalamiga mansub asarning nomi?
13. Hikoyatlarning birida Ezоpning хo‘jаyini sаfаrgа оtlаnаr ekаn, o‘z qullаrigа yuklаrni bo‘lib оlib, ko‘tаrib kеtishlаrini buyurаdi. Ezоp ulаrning оldigа kеlib, o‘zigа yеngilrоq yuk bеrishlаrini iltimоs qilgаnidа, qullаr uning o‘zi tаnlаb оlishigа ruхsаt bеrаdilаr. Shunda Ezop nimani tanlaydi?
14. Ezopning xo'jayini Samos oroliga yetib kelishgach, uni kimga sotadi?
15. Ezop Samos orolidagi yangi xo'jayining qanday mushkulini oson bitkazib beradi?

Ushbu savollarning javoblarini quyidagi havolalar orqali o'tib bilishlaringiz mumkin:
🔗https://t.me/muhimiuz/23
🔗https://t.me/muhimiuz/24
🔗https://t.me/muhimiuz/25

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас (постни ўз ҳолича улашсангиз бўлади. @muhimiz кўрсатилиши шарт)
Рахматов Мизраб©

@muhimiuz
#aforizm

"Bajaraman", deb vaqtni o'tkazma", "bajardim" degin
Aflotun Hakim

@muhimiuz
Изображение
#darslik

HIKOYAT

Ayturlarkim, bir jamoat xaloyiq bir kishtiga* minib daryoga kirib erdilar. Nogoh bir muxolif yel turub, ul kishtini daryoga g‘arq qildi. Ul jamoatdin bir kishi taxtaga yobushub qirg‘oqqa chiqti va g‘arq bo‘lmoqdin xalos bo‘ldi. Ondin so‘ng o‘zini bir obodonlikka yetkuroy deb borur erdi. Nogoh ko‘rdikim, yiroqdin bir shaharning qarosi ko‘rundi. Ul tarafga jahd qilib borg‘ondin so‘ng ko‘rdikim, ul shaharning jami odamlari chiqibdurlar va uni ko‘rgandin so‘ng uning tarafiga kela boshladilar. Alqissa, bu kishini eltib hammomga kiyurib, podshohona liboslar kiydurub, otga mindurub, o‘ng-so‘lindin beklar va arkoni davlat ko‘runush
qilib, eltib, ta’zim va takrim birla taxt ustida o‘lturgizdilar. Taqi podshohona osh kelturub, shulonlar tortdilar. Ondin so‘ng arkoni davlat va beklar haram sari ishorat qildilar. Ul kishi taxtdin tushub, haramga mutavajjih bo‘ldi*… (Shu tariqa to‘rt kun o‘tdi) Hosilkim, to‘rtinchi haramga ishorat qilg‘onda borib ko‘rdi, bir huriliqoyi yori sohibjamol, farxundafol, noz masnadida sarafroz va husn taxtida sarvnozdek bo‘lub o‘lturubdur. Aning birla suhbati bisyor xush keldi. Andin so‘rdikim: ey yori aziz, dilpazir1 va ey dilraboyi noguzir*, man faqir kishi erdim, o‘z hojatim uchun bir jamoa xaloyiq birlan bir kishtiga minib, safar ixtiyor qilib erdim. Nogoh muxolif yel kishtini g‘arq qilib erdi.
Ul jamoa barcha halok bo‘ldilar va man salomat qutulib, bu diyorga tushtum ersa, bu turluk davlat manga muyassar bo‘ldi. Hech bilmasmankim, bu ne holdur. Bu mushkulni mang‘a hal qilg‘il. Ul pari chehra aydi: bu xaloyiqning dasturi* budurkim, har yilda saningdek bir g‘arib kishini podsho qilurlar va tarixini yozib saqlarlar. Yilkim tamom bo‘ldi ersa, ul kishini kishtiga solib, bir jaziraye bordur, eltib, ul jazirada qo‘yarlar. Taqi kelib, borcha xalq chiqarlar shahardin, dag‘i istarlar: har qayda bir saningdek g‘aribni toptilar ersa keltirurlar. Dag‘i oni yana bir yilg‘acha podshoh qilurlar. Har yilda bularning dasturi buturur.
...Filhol hukm qildikim, me’morlar va ustolar borib ul jazirada bir shahri-maqbul bino qildilar. Andog‘ ehtimom* qildilarkim, olti oyda ul shaharning qal’a va bozor va evlari tamom mukammal bo‘ldi. Andin so‘ng muxtari’ot* birla xazoyin va dafoyin* va haramlarni daf’a-daf’a* ul shaharga yibordi. Uch oyda har matoki bor erdi, bu shahardin ul shaharga yibordi... Barcha xaloyiq o‘tru kelib, yuz shavq-zavq birlan ani eltib, masnadi aysh farog‘ ustida o‘lturg‘uzdilar va to tirik erdi, ul gulruh parichehralar birlan umr o‘tkardi.

________________________________________

*Kishti – kema; *Takrim – ikrom; *Mutavajjih bo‘lmoq – yuzlanmoq; *Farxundafol – baxtiyor; *Dilpazir – yoqimli, go‘zal; *Dilraboyi noguzir – oldidan ketib bo‘lmaydigan go‘zal; *Dastur – odati; *Jazira – orol; *Ehtimom – diqqat qilish; *Muxtari’ot – topish, kashf (ixtiro) qilish; *Xazoyin va dafoyin – xazina va ko‘milgan boyliklar; *Daf’a-daf’a – birin-ketin, qayta-qayta.

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас (постни ўз ҳолича улашсангиз бўлади. @muhimiz кўрсатилиши шарт)
Рахматов Мизраб©

@muhimiuz
"Ufq" ning "Hijron kunlari" qismida kim o'z o'g'lidan kelgan qoraxatni xotiniga ko'rsatmay, o'g'lining o'lganini bildirmay yuribdi?

@muhimiuz
Xondan Anvarning gunohidan o'tishini kim o'rtaga tushib so'raydi? ("Mehrobdan chayon")

@muhimiuz
#darslik

HIKOYAT
Kunlardan bir kun Iskandar Zulqarnayn Hamadon shahriga kelib xiroj talab qildi. Hamadon begi bahodir erdi, xiroj bermadi, urushti. Taqi bekning odi Doro erdi. Nechakim urushtilar, Doroni yenga bilmadilar. Iskandar aydi: ne hiyla qilib Doroni tutg‘aymiz? Vazirlar aydi: Doroning bir inoq quli (hukmdor qattiq ishongan saroy mulozimi ma’nosida) bor, alarga elchilar yiboring, taqi aytsunlar: sizlar Doroni o‘ldursangizlar, harna (har qanday)murodlaringiz bo‘lsa oni qilurmiz. Iskandar elchi yibordi. Shul so‘zni aytib elchi borgandan so‘ng shul xabarni aytibdur. Ondin so‘ng ul inoq ikki qul bir kecha Iskandarning
yoniga kelib va’dani bir yerda qo‘yub, o‘ldurmaqchi bo‘ldular. Ondin so‘ng Iskandarning bir oti Zulqarnayn erdi. Yana Iskandar aydi: siz ikkingiz Doroni o‘ldursangizlar, lashkarda barchadin yuqori o‘run beroyin, deb va’da qildi ersa, bu qullar bosh urdilar (bosh egdilar). Tonglosi (ertasi) ikki lashkar bir-birisiga saf tortib ro‘baro‘ bo‘ldilar. Ondin so‘ng ul ikki inoq qul Doroni o‘ldurub, boshini olib keldilar ersa, Iskandar Doroni buyurdikim, yaxshi qilib e’zoz qilib ko‘munglar, ondin so‘ng Doroni ko‘mg‘on yerda ikki dor qiling, bu ikki inoq qulni o‘ldurung, dorg‘a osing, deb amr qildi. Ul qullar aydilar: ey Iskandar, bizga ne va’da qilib erding? Odilturursan, nechun zolim sultonlartek va’dani buzarsan? Iskandar aydi: man va’dani buzmasman. Doro sizlarni muncha tarbiyat qilib, sizlarg‘a o‘run berdi, shartimga butunman, vale sizlar xointurursizlar, muncha vaqtdan beri Doro sizlarni tarbiyat qilib asradi, sizlarga o‘run berdi, aning haqini bilmadingiz, anga yamonlik qildingiz, o‘lturdingiz. Emdi maning haqimni taqi bilmassizlar. Emdi bu lashkarda sizlarga yuqori o‘run berurman – dorturur, man shartimda tururman. Sizlarning joyingiz bu turur.


HIKOYAT
Ayturlarkim, Sulaymon alayhissalomg‘a pashsha* kelib yeldin shikoyat qildi, aydi: yel jihatidin bir lahza bu olamda farog‘at
bila ucholmon, rizqimiz uchun bisyor tashvishga qolibmiz. Yel saning farmoningda turur, hukm qilg‘ilkim, bizg‘a mazohim* bo‘lmasun. Sulaymon alayhissalom aydilar: san so‘zingni arz qilding, emdi yeldin so‘rag‘aylukkim, ul ne so‘z der. Yelni chaqirdilar. Yel kelgach, pashsha qochib ketti, har necha qaradilar, mavjud bo‘lmadi. Sulaymon alayhissalom aydilar: adolat qoidasi butururkim, dodxoh* muddai-yu muddao alayh* ikkisini barobar turg‘uzub so‘romoq kerakdur, har so‘zlari bo‘lsa bir-bir aytg‘oylar, to hokim alarning so‘zin bilib hukm qilg‘oy.
G‘AZAL
Bo‘l adolat masnadi* uzra Sulaymoni zamon,
Toki sandin
mustafid* o‘lg‘ay bari ahli jahon.

Gar Sulaymondek bo‘lub xalq ichida qilsang maosh,
Bilki, farmoningda bo‘lur olam ichra ins-u jon
.

Gar rafiq o‘lsa bu tavfiq-u* muyassar bo‘lsa adl,
Shaksiz, o‘lur ul kishining manzili bog‘i
jinon*.

Yaxshi
avsof* ila qil ushbu jahon ichra suluk*,
To saning avsofing o‘lg‘ay olam ichra doston

________________________________________
*Pashsha – bu yerda chivin ma’nosida; *Mazohim – zahmat yetkazuvchi; *Dodxoh – arz tinglaguvchi; *Muddai-yu muddao alayh – da’vo qiluvchi va da’vo qilinuvchi (aybdor); *Masnad – taxt; *Mustafid – bahramand; *Tavfiq – ko‘mak, yordam, bahramandlik; *Bog‘i jinon – jannat bog‘i; *Avsof – vasfar, ta’rifar; *Suluk – yo‘l.

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас (постни ўз ҳолича улашсангиз бўлади. @muhimiz кўрсатилиши шарт)
Рахматов Мизраб©

@muhimiuz
#darslik

XOJANING ADABIY MEROSI

...Ikkinchi baytning birinchi ma’nosi: ey pari, anbar hidli qop-qora sochlaring xayolida yil, oy, soat, kunning bari ko‘zim oldida bir xil (yakson), ya’ni qop-qora kecha (tun)dir. Ikkinchi ma’nosi: ey pari, anbar hidli qop-qora sochlaring xayolida yil, oy, soat, kunning hammasi ko‘zimga bir xil (yakson), ya’ni vayrona kabi kechadir (o‘tadi). Shu baytning uchinchi ma’nosi: “yakson” (bir xil) so‘ziga “yil, oy, kun, soat birdek o‘tadi”, degan ma’no ham berish mumkin.
Shunda birinchi aniqlovchi so‘z “yil” bo‘lganligi uchun hammasi birdek, ya’ni yildek o‘tadi degan mazmun kelib chiqadi. Shu tariqa g‘azalning har bir baytidan ko‘pdan ko‘p ma’nolarni uqish mumkin.
...Xojaning “Maqsad ul-atvor” nomli bir dostoni ham yetib kelgan. Doston 1514–1520- yillarda Jonibek Sulton nomiga bitilgan bo‘lib, Nizomiy Ganjaviy “Xamsa”sining birinchi dostoni “Maxzan ul-asror”ga nazira shaklida (ergashib) yozilgan. Xoja adabiyot tarixida ko‘proq hikoyalar muallifi sifatida qoldi.
Uning bizgacha ikki hikoyalar to‘plami – Temur Sultonga bag‘ishlangan “Miftoh ul-adl” (“Adolat kaliti”), Kistan Qaro Odilga bag‘ishlangan “Gulzor” asarlari yetib kelgan. “Miftoh ul-adl” 1508–1510- yillarda, “Gulzor” 1538- yilda yozilgan. Har ikkisining birgalikda muqovalangan bir necha nusxasi saqlanib qolgan bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti Qo‘lyozmalar fondida saqlanadi. 1962- yilda ulardan ayrim namunalar chop etilgan.

HIKOYAT

Bir podshoh bor edi. Bisyor odil erdi.
Bir kun vazirina aydi:
– Haj tavof qilmoqg‘a borurman, san borurmusan?
Vazir aydi:
– Ey podshohim, taxtni bo‘sh qo‘yub, Ka’bag‘a borsangiz, el-xaloyiq boshtoq bo‘lmasmu?! – tedi.
Podshoh aydi:
– Boshtoq bo‘lmas, yo‘q ersa, manga haj qilg‘on hojining savobin sotg‘un olib bering, qiyomatda hojilar birla turgayman.
Vazir: “Podshoh uchun haj sotg‘un olmoq kerak” — deb istab yurur erdi, bir kimarsag‘a yo‘luqti. Ul kishi aydi:
– Falon yerda bir zohid borturur. Yigirma qatla Ka’bag‘a yayog‘ boribturur va taqi haj qilibturur va hech kishining oshin yemas, anga boring. Ul bir haj sotsa, podshoh uchun oling.
Borib ul zohidni podshohg‘a olib keldilar. Podshoh aydi:
– Ey zohid, bir yo‘li qilg‘on hajingning savobin bizga soturmisan?
Zohid aydi: – Nega olursiz?
Sulton aydi: – Ming qizil tanga berayin.
Zohid aydi: – Ming qizil tanga oz turur.
Sulton aydi: – Ey zohid, oz bo‘lsa, o‘n ming qizil tanga berayin.
Zohid aydi: – Oz turur.
Sulton aydi: – O‘zing na tilasang tilagil.
Zohid aydi: – Ey podshohim, bir haj na bo‘lg‘ay, yigirma hajimning savobini sizga berayin, siz bir soat adl qilg‘oningning savobini manga bering.
Sulton aydi: – Ey zohid, bir soat adl qilg‘onning savobi na bo‘lur?
Zohid aydi: – Bir soat adl qilg‘onning savobi odamlarning va farishtalarning va hurlarning ibodatidin ortuq turur.

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас (постни ўз ҳолича улашсангиз бўлади. @muhimiz кўрсатилиши шарт)
Рахматов Мизраб©

@muhimiuz
"Oq kema" asarida bag'rini yerga berib yotgan sarg'ish bukri tosh qanday nomlanadi?

@muhimiuz
Quyun, o'rama so'zlari "girvat" shaklida kimning asarida uchraydi?

@muhimiuz
#takrorlash

Hikmat durdonalaridan savol-javoblar📌
(repetitor-o'qituvchilar uchun)

1. Qanday insonlar nutqini shirali deymiz?
2. "Zarbulmasal" asarining muallifi kim?
3. Asarda qaysi jonivorlarning quda-ancdachilik mojarolari tasrvirlangan?
4. "Zarbulmasal" asarida jami bo'lib qancha maqol keltirilgan?
5. "Ochun", "bitik", "al" so'zlarining bugungi kunimizdagi tarjimasini ayting.
6. Otа-bоbоlаrimizning uzоq yillаr dаvоmidа ko‘rgаn-kеchirgаnlаri, tаjribаlаri аsоsidа yuzaga kеlgаn хulоsаlаri - bu...
7. «O‘zgаlаr yurtidа sultоn bo‘lgunchа, o‘z еlingdа cho‘pоn bo‘l» maqoli beixtiyor bizga kimni eslatib yuboradi...
8. Bobur Mirzoga yurtdoshlari nima olib borishganida yig'lagan edi...
9. Ko'plab maqollar qaysi jihati bilan topishmoqlarga o'xshab ketadi?
10. Qaysi birida mаzmun аniq, хulоsа tugаl, ifоdа rаvоn bo‘lib, undа ibrаtli fikr аytilаdi? Maqolda yoki topishmoqda?

Ushbu savollarning javoblarini quyidagi havola orqali o'tib bilishlaringiz mumkin:
🔗https://t.me/muhimiuz/20

1. Maqol so'zi arab tilidan olingan bo'lib, qanday ma'noni bildiradi?
2. Oltоvlоn оlа bo‘lsа,
Og‘zidаgini оldirаr.
To‘rtоvlоn tugаl bo‘lsа,
Tеpаdаgini endirаr
. Bu maqol nima haqida?
3. Yuqoridagi maqoldagi «tеpаdаgini endirmоq» jumlasi qanday ma'noni anglatmoqda?
4. So'zlar asl ma'nosida kelmaydigan maqollardan uchta misol keltiring (kitobdan tashqari)
5. Topishmoqlarni ba'zan qanday nomlar bilan atashgan?
6. Mumtoz adabiyotimizda topishmoq nima deyiladi?
7. Hammabop ommaviy janr - bu?...
8. Tоpishmоqdа yashirin mа’nо ko‘pinchа qanday shаkldа kеltirilаdi?
9. ...nаsriy vа shе’riy shаkldа iхchаm, sоddа vа rаvоn, qоfiyali uslubdа yaratilаdi. Qaysi janr haqida gap ketmoqda?
10. Topishmoqlar qaysi holatlarda ikki, uch, to'rt va undan ko'p misralarda ifodalanadi?
11. Topishmoqlar tuzilishiga ko'ra necha xil bo'ladi? Misollar keltiring.
12. Topishmoqlar qanday sababga ko'ra аn’аnаviy tоpishmоqlаr vа yangi, zаmоnаviy tоpishmоqlаr sifаtidа bir-biridаn fаrqlаnаdi?
13. Tоpishmоqlаr хаlq оg‘zаki ijоdining bоshqа jаnrlаri ichida ham uchrar ekan. Ular qaysilar?

Ushbu savollarning javoblarini quyidagi havola orqali o'tib bilishlaringiz mumkin:
https://t.me/muhimiuz/18

Oldingi savol-javoblar bu yerda:
🔗https://t.me/muhimiuz/1114

🚫Кўчириб олиш мумкин эмас
Рахматов Мизраб©

@muhimiuz

Найдено 280 постов