واتفق العلماء على أن جميع الأعمال منها مقبول ومردود إلا الصلاة عليه صلى الله عليه السلام فإنها مقطوع بقبولها إكراماً له عليه الصلاة والسلام، وورد أن كل دعاء مفتتح ومختتم بها لا يرد.
الشيخ العارف بالله عبد الرحمان الأخضري
————————————
Ulamolar ittifoq qilganlarki, barcha amallarning ichida qabul qilinadigani ham, rad qilinadigani ham bor. Faqat (Pagʻambarimizga) salovot aytish bundan mustasno. Chunki bu amal u zotga ikrom bo‘lgani sababli, albatta qabul qilinishi qat’iydir.
Yana rivoyat qilinadi, boshi ham, oxiri ham salovot bilan ochilib-yopilgan hech bir duo rad etilmaydi.”
Sayyid Ahmad al-Kabir ar-Rifoiy roziyallohu anhu aytadilar:
Din farzlarini bilib olgandan keyin sizlarga eng katta vasiyatim oriflar bilan suhbatda bo‘lishdir. Chunki bu tajribadan o‘tgan har dardga shifodir.
Ularning huzurida barcha ishlarning asosi bor: ularda sidq, safo, zavq, vafo, dunyodan uzilish, oxiratdan ham uzilish, va faqat Allohga yuzlanish bor.
Bu sifatlar o‘qish, dars qilish yoki majlislarda o‘tirish bilangina hosil bo‘lmaydi.
Ular faqatgina orif zot bilan suhbatda bo‘lish orqali hosil bo‘ladi.
U shunday zotki, hol va maqolni jam qilgan bo‘ladi: so‘zi bilan yo‘l ko‘rsatadi, holi bilan esa seni tarbiyalaydi.”
“Ana o‘shalar Alloh hidoyat qilgan zotlardir bas, ularning hidoyatiga ergashing.”
Muhammad ibn Sammar dedi:
“Sen zikr qilishingdan oldin seni zikr qilgan Zotni esla.
Sen sevishingdan oldin seni sevgan Zotni esla.
Sen Uni faqat U seni zikr qilgani uchun zikr qilding,
va Uni faqat U seni sevganligi sababli sevding.”
Abu Bakr Vasitiy dedi:
“Kim Alloh taoloni zikr qilishni unutsa, u asta-sekin halokatga yetaklanayotgan (istidrojga tushgan) bo‘ladi.”
Bilginki, orifning eng past darajasi shuki: qalbi Alloh bilan bo‘ladi, hech qanday dunyoviy aloqalarsiz.
Bu esa Allohning uni zikr qilishi natijasidir.
Bu ma’no Alloh taoloning ushbu so‘zida ochiq ko‘rinadi:
“Albatta, Allohning zikri (hamma narsadan) ulug‘roqdir.”
Yana boshqa oyatta:
“Bandalarim ichida shukr qiluvchilar ozdir.”
Ya’ni:
“Shukr qilayotgan paytida Allohning unga bergan ne’matini ko‘ra oladiganlar juda ozdir.”
« وقال محمد بن السمّاك : اذكُر مَن كان ذكره لك قبل ذكرك، وحبه قبل حبك، وما ذكرته إلا بذكره لك، وما أحببته إلا بحبه لك.
وقال أبو بكر الواسطي: من نسي ذكر اللّٰه تعالى كان مستدرجاً.
واعلم أن أدنى أوصاف العارف، عيش القلب مع اللّٰه بلا علاقة، وذلك من ذكر اللّٰه إياه، وذلك بيِّنٌ في قول اللّٰه تعالى (وَلَذِكْرُ اللهِ أَكَبَرُ).
وقيل في قوله تعالى: ( وَقَلِيلٌ مِنْ عِبَادِيَ الشَّكُورُ) ، أي قليل من يرى مِنَّتي عليه عند شكره لي.»