@Neokimyo telegram kanali va guruhi uchun maxsus masalalarga yechimlar.
Savol yo’llagan: M_ifora
Ekvimolyar nisbatda olingan butanon va metilmagniy bromid reaksiyasidan olingan mahsulot gidrolizlanishidan qanday organik birikma hosil bo’ladi?
A) 2–metilbutanol–1;
✅B) 2–metilbutanol–2;
C) 2–metilbutanal;
D) 2–metilbutan kislota
Savol yo’llagan: M_ifora
Sirka kislota, etanal va metanoldan iborat 80 g aralashma teng ikki qismga ajratildi. Bir qismi natriy karbonat eritmasida eritilishi natijasida 2,8 litr (n.sh. da) gaz ajraldi. Agar, qolgan qismi kumush oksidning ammiakdagi eritmasida oksidlanishi natijasida 108 g cho’kma ajralishi ma’lum bo’lsa, dastlabki aralashmadagi metanol massasi (g) ni aniqlang?
A) 3,0 B) 3,2 C) 6,0✅ D) 6,4
Yechim (lar) muallifi, kimyo fani repetitori Fazliddinov Kamoliddin Fazliddinovich.