“Kelajak soati” darsining 1-4-sinflar uchun mashg‘ulot ssenariysi
34-mavzu: Mening oilam
Biz muloqotni, kattalarni hurmat qilishni, odamlarga yaxshilik qilishni aynan oilada o‘rganamiz. Shuningdek, bizning iste’dodimiz yuzaga chiqishida ham oilaning roli katta.
Yuridik fanlari doktori, professor, detektiv asarlar muallifi va taniqli shaxmat yulduzi Javohir Sindorovning bobosi Komiljon Sindorov nabiralar tarbiyasi bilan bog‘liq xotiralari hamda muhim tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.