Каталог каналов Мои подборки Мои каналы Поиск постов Тарифы
Инструменты
Каталог TGAds Мониторинг Детальная статистика Анализ аудитории Бот аналитики
Полезная информация
Инструкция Telemetr Документация к API Чат Telemetr
Полезные сервисы

Не попадитесь на накрученные каналы! Узнайте, не накручивает ли канал просмотры или подписчиков Проверить канал на накрутку
Прикрепить Телеграм-аккаунт Прикрепить Телеграм-аккаунт

Телеграм канал «XORIJDA ISH»

XORIJDA ISH
9.5K
0
20.4K
10.4K
78.2K
Подписчики
Всего
259 219
Сегодня
0
Просмотров на пост
Всего
117 415
ER
Общий
45.35%
Суточный
29.03%
Динамика публикаций
Telemetr - сервис глубокой аналитики
телеграм-каналов
Получите подробную информацию о каждом канале
Отберите самые эффективные каналы для
рекламных размещений, по приросту подписчиков,
ER, количеству просмотров на пост и другим метрикам
Анализируйте рекламные посты
и креативы
Узнайте какие посты лучше сработали,
а какие хуже, даже если их давно удалили
Оценивайте эффективность тематики и контента
Узнайте, какую тематику лучше не рекламировать
на канале, а какая зайдет на ура
Попробовать бесплатно
Показано 7 из 9 453 постов
Смотреть все посты
Пост от 14.09.2026 11:42
17 384
0
406
🇩🇪 GERMANIYADA ISHLASH UCHUN TO‘LIQ BEPUL DASTUR!

Migratsiya agentligi va “RRG AG” tashkiloti qurilish sohasi mutaxassislarini Germaniyada ishlashga taklif qiladi!

💼 Vakansiyalar:

Ish o‘rinlari: 200 ta
Ish vaqti: haftasiga 5 kun, 40 soat
Sinov muddati: 6 oy

💶 Oylik ish haqi: 2 500 yevro (qo‘lga tegadigan)

🔣 Nomzod hisobidan qoplanadigan xarajatlar:

• Germaniyada turar joy — oyiga 300 yevro;
• oziq-ovqat xarajatlari.

👤 Kimlar ishtirok etishi mumkin?

• 18–39 yoshdagi, oliy yoki kasb-hunar ta’limi to‘g‘risidagi diplomga ega nomzodlar.

Talablar:

• tegishli yo‘nalish bo‘yicha kamida 2 yillik texnikum yoki kollej diplomi;
• so‘nggi 5 yil ichida tegishli sohada kamida 2 yillik ish tajribasi.

🧮 Imtiyozlar:

📖 Talabgorlar Toshkent shahridagi “Berlitz” o‘quv markazida 8 oy davomida A1 darajadan B1 darajagacha bepul nemis tili kursida o‘qitiladi. Xarajatlar Migratsiya agentligi va ish beruvchi tomonidan qoplanadi.

🧮 Til sertifikati imtihoni, viza va aviachipta xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplanadi.

Mehnat sharoitlari — ish haqi, ustamalar, sug‘urta, ta’til va boshqa imtiyozlar — Germaniyadagi xodimlar bilan teng darajada belgilanadi.

Nomzodlar bilan 6 oylik sinov muddatini o‘z ichiga olgan muddatsiz mehnat shartnomasi tuziladi.

📌 Germaniyaga joylashganingizdan so‘ng oila a’zolaringizni doimiy yashash uchun olib kelish hamda bolalar uchun nafaqa olish imkoniyati mavjud.

📌 Ro‘yxatdan o‘tish uchun kerakli yo‘nalish ustiga bosing:

• G'isht teruvchi
• Qurilish duradgor
• Qurilish chilangar
• Sanoat mexanigi
• Qurilish kran operatori
• Qurilish payvandchi
• Qurilish beton quyuvchi

🗓 Muddatlar:

Arizalar joriy yilning 30-sentyabriga qadar qabul qilinadi.
Ish beruvchilar bilan onlayn suhbatlar joriy yilning oktyabr oyidan boshlab har hafta o‘tkaziladi. Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar guruhlar shakllanishiga qarab o‘qishga jalb etiladi.

📞 Murojaat uchun: 1282

📢 Yaqinlaringizga ulashing!

👉 So‘nggi yangiliklardan “Xorijda ish” kanali orqali xabardor bo‘lib boring!
69
👍 35
8
🔥 5
😴 5
👌 1
Пост от 12.09.2026 06:51
88 009
0
745
🇷🇸 SERBIYADA RASMIY ISH O‘RINLARI!

«EXPO 2027» xalqaro loyihasi doirasida ishlash imkoniyati

Serbiyada o‘tkaziladigan «EXPO 2027» xalqaro ko‘rgazmasi doirasidagi qurilish obyektlari hamda ishlab chiqarish sohalarida ishlash uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari taklif etilmoqda.

💼 Mehnat sharoitlari va afzalliklari:

💰Ish haqi: bajariladigan ish turi, mutaxassislik va nomzod malakasiga qarab 700-1500 yevro
🏠 🍽Turar joy va oziq-ovqat: ish beruvchi tomonidan bepul ta’minlanadi;
🪪 Ishga joylashish: rasmiy mehnat shartnomasi va tegishli mehnat vizasi asosida.

✅ Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

▪️Yoshi: 18–45 yosh;
▪️Til bilishi: rus yoki ingliz tilini boshlang‘ich yoki muloqot darajasida bilish;
▪️Sog‘lig‘i: mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun sog‘lom bo‘lish;

Ma'lumot uchun: Oliy ma’lumotli va tegishli sohada ish tajribasiga ega Qurilish va elektr muhandislari uchun alohida ish o‘rinlari mavjud.
💶 Ish haqi: 1 500 yevrodan boshlab.

📌 Ishga qabul qilish jarayoni nomzodning malakasi, ish tajribasi va ish beruvchi talablaridan kelib chiqib amalga oshiriladi.

Muhim: Nomzodlar o'z ish faoliyatidan 30 sekundlik videorolikni telegram orqali EXPO SERBIA botga yuborishilari kerak.

Elektriklar ARIZA QOLDIRISH
Betonchilar ARIZA QOLDIRISH

📲 Yaqinlaringizga ulashing!

📢 So‘nggi yangiliklar va xorijda ishlash imkoniyatlaridan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing.
126
👍 56
🤔 24
😴 13
😐 6
🤝 5
🤗 4
🔥 2
🥰 1
🤩 1
Пост от 11.09.2026 15:37
43 752
0
81
🇺🇿🇰🇷 JANUBIY KOREYADA MEHNAT QILAYOTGAN YURTDOSHLARIMIZ UCHUN OCHIQ MULOQOT

📌 Migratsiya agentligi rahbari Muxsinxo‘ja Abdurahmonov Janubiy Koreyada mehnat faoliyatini olib borayotgan yurtdoshlarimiz bilan ochiq muloqot o‘tkazadi.

Uchrashuv davomida yurtdoshlarimiz o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan Migratsiya agentligi rahbariga bevosita murojaat qilishlari mumkin.

📌 Asosiy mavzular:

— mehnat faoliyati va ish vizalari;
— ish qidirish va qonuniy bandlik;
— ish beruvchi bilan bog‘liq masalalar;
— mehnat huquqlarini himoya qilish;
— O‘zbekistonga qaytish va qayta ishga joylashish;
— davlat tomonidan ko‘rsatiladigan moliyaviy yordam;
— migratsiyaga oid boshqa masalalar.

📆 Sana: 13-sentabr, 2026-yil
🕙 Vaqt: 10:00–14:00
📍 Manzil: Seul shahri HANPASS kompaniyasi binosi

B2, S Tower, 92 Achasan-ro, Seongdong-gu, Seoul
서울특별시 성동구 아차산로 92, 에스타워 B2층

📍Lokatsiya

Barcha yurtdoshlarimizni ochiq muloqotda faol ishtirok etishga taklif qilamiz.

🇬🇧 EN
🇷🇺 RU

📢 Yaqinlaringizga ham ulashing!

So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
51
👍 27
🤔 6
🔥 4
😴 4
👀 3
2
Пост от 11.09.2026 13:39
24 833
0
139
🚌 NOYABR OYIDA YAPONIYADA ISHLASH TAKLIFINI QO‘LGA KIRITING! 🇯🇵

Migratsiya agentligi, “Vatanparvar” tashkiloti, “Onodera User Run” va Yaponiya kompaniyalari hamkorligida haydovchilarni Yaponiyada ishga joylashtirishga qaratilgan grant dasturiga taklif etadi!

🇯🇵 Noyabr oyida Yaponiyadan haydovchilik sohasida faoliyat yurituvchi 20 ga yaqin haydovchilik sohasi kompaniya vakillari O‘zbekistonga kelib, nomzodlar bilan suhbat o‘tkazadi.

📚 Yo‘nalishlar:

🔹 JLPT N3 sertifikatiga ega bo‘lganlar — noyabr oyida to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbatda qatnashib, ish taklifini olishlari mumkin;
🔹 JFT A2 / JLPT N4 sertifikatiga ega bo‘lganlar — iyun oyida boshlangan guruhga qo‘shilib, suhbatga tayyorgarlik ko‘rishlari mumkin;
🔹 Yapon tilini bilmaydiganlar — oktabr oyida tashkil etiladigan yangi guruhda tilni noldan o‘rganishlari mumkin.

🚘 Haydovchilik guvohnomasi: BC — kamida 1 yillik tajriba; CE va D — muddat talabi yo‘q.

📚 O‘qish: yapon tili va kasbiy tayyorgarlik — bepul.

🏠 Yotoqxona: Migratsiya agentligi tomonidan bepul taqdim etiladi.
📍 Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Parkent ko‘chasi, 331-uy, Xalqaro til va ko‘nikmalar maktabi.

💴Oylik daromad ish joyi, ish vaqti, bonuslar va qo‘shimcha to‘lovlarga qarab kompaniyalar kesimida farq qiladi.

✍️ Joyingizni band qilish uchun hoziroq anketani to‘ldiring! 👇👇

➡️ ANKETA TO‘LDIRISH ⬅️

📱 Batafsil ma’lumot uchun @Our_Xurshid Telegram profiliga murojaat qiling.

📞 +998 77 971 53 00
📞 +998 70 308 61 69
📞 +998 70 308 61 67

Batafsil malumot olish uchun bugun 20:30 da Online Seminar o'tkaziladi qatnashing👇

SEMINARGA KIRISH

📢 Yaqinlaringizga ham ulashing!

So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
42
👍 11
😴 7
🔥 4
🤝 2
Пост от 11.09.2026 09:03
15 522
0
231
🇩🇪 Toshkentda “BerufsEXPO — 2026” ko‘rgazmasi!

🔰 Nemis tilini kamida A2 darajasida bilasiz va Germaniyada ta’lim olish, ish topish yoki nemis kompaniyalari bilan bevosita tanishishni istaysizmi? Unda aynan siz uchun ajoyib imkoniyat bor!

🌐 “BerufsEXPO — 2026” — kasbiy yo‘nalish, dual ta’lim (Ausbildung) va ish imkoniyatlariga bag‘ishlangan yirik ko‘rgazma o‘tkaziladi!

👉BATAFSIL TANISHISH👈

Ko‘rgazmada siz:

✅ Germaniyadagi kasb-hunar ta’limi tizimi bilan tanishasiz;
✅ nemis va o‘zbek tashkilotlari vakillari bilan bevosita suhbatlashasiz;
✅ o‘zingizga mos ta’lim yoki ish yo‘nalishini topishingiz mumkin.

❗️Tadbirda ishtirok etish mutlaqo bepul, biroq oldindan ro‘yxatdan o‘tish majburiy!

👉RO'YXATDAN O'TISH 👈

O‘zbekiston va Germaniya hamkorligida tashkil etilgan ushbu yarmarka yoshlarga kasbiy yo‘nalish tanlashda yordam beradi.

Asosiy tashkilotchilar: GP Günter Papenburg, Germaniya elchixonasi, Goethe-Institut, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), Germaniya Savdo-sanoat palatasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi.

📆 2026-yil 30-sentyabr — 1-oktyabr
⏰ Boshlanish vaqti: 10:00

📍 Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Haydar Aliyev ko‘chasi, 89-uy (Toshkent transport texnikumi)

📍 Lokatsiya

📢 Yaqinlaringizga tarqating!

So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
29
👍 13
🔥 2
1
🤔 1
Пост от 10.09.2026 16:42
13 811
0
51
❓ 60 МЛН СЎМЛИК ГРАНТ КИМЛАРГА БЕРИЛАДИ?

💰 Грант маблағи қўлга бериладими?
🌍 Қайси давлатдан қайтганлар иштирок эта олади?
📊 Ғолиблар қандай танланади?
💼 Ўз маблағингизни киритиш шартми?

Хорижда ишлаб қайтган фуқаролар учун эълон қилинган грант танлови бўйича энг кўп берилаётган саволларга ушбу видеода жавоб берамиз.

▶️ Видеони кўринг ва танлов шартлари билан батафсил танишинг.

📢 Хабарни тарқатинг!
👉 @uzmigration
14
😴 9
🤔 4
🔥 1
🕊 1
💯 1
👀 1
Пост от 10.09.2026 13:45
12 060
0
31
🇺🇿🇯🇵 TIL VA KASBIY TAYYORGARLIKDAN — YAPONIYADAGI ISH O‘RINLARIGA

Migratsiya agentligi tomonidan yana bir guruh yurtdoshlarimiz Yaponiyaga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun jo‘nab ketdi.

Ular 5 oy ichida yapon tilidan N4 darajasini egalladi.

Yurtdoshlarimiz Yaponiyada havoza o‘rnatuvchi va qolipchi yo‘nalishlarida faoliyat olib boradi.

💴 Oylik sof daromad — o‘rtacha 150–160 ming iyena

Egallangan til va kasbiy ko‘nikmalar — xalqaro mehnat bozorida munosib ish o‘rniga erishishning muhim omilidir.

Sizga ham ushbu yo‘nalish qiziq bo‘lsa o‘zingizga to‘g‘ri keladigan kasbni tanlab, havola orqali ariza qoldirnig👇

1. Armaturachi

2. Opalubkachi

3. Umumiy qurilish

🇬🇧 EN
🇷🇺 RU

Murojaat uchun:
☎️ +99871 202-33-55 (545)

Yaqinlaringizga tarqating!
So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
👍 16
12
🤔 8
😴 3
Смотреть все посты