Не попадитесь на накрученные каналы! Узнайте, не накручивает ли канал просмотры или подписчиков Проверить канал на накрутку
Прикрепить Телеграм-аккаунт Прикрепить Телеграм-аккаунт

Телеграм канал «🍃Тушда кечган умрлар🍃 ✨»

🍃Тушда кечган умрлар🍃 ✨
161.3K
12.4K
2.5K
50
36.7K
ДУНЁНИ ҚИЗҒАНМА

Дунёни қизғанма мендан, азизим,
Мен сенинг кўчангдан ўтмасман зинҳор.
Менинг бу оламда ўз айтар сўзим
Ва ўзим сиғинар мозорларим бор.
Каналнинг бош админи: @Haqnazarova0984
Maloxatinaa
Подписчики
Всего
431
Сегодня
0
Просмотров на пост
Всего
45
ER
Общий
10.42%
Суточный
9.74%
Динамика публикаций
Telemetr - сервис глубокой аналитики
телеграм-каналов
Получите подробную информацию о каждом канале
Отберите самые эффективные каналы для
рекламных размещений, по приросту подписчиков,
ER, количеству просмотров на пост и другим метрикам
Анализируйте рекламные посты
и креативы
Узнайте какие посты лучше сработали,
а какие хуже, даже если их давно удалили
Оценивайте эффективность тематики и контента
Узнайте, какую тематику лучше не рекламировать
на канале, а какая зайдет на ура
Попробовать бесплатно
Показано 7 из 161 348 постов
Смотреть все посты
Пост от 23.10.2026 20:04
8
0
0
✨🌙 Тун ухлатсин ойдек жамоли билан...
✨🌙Тонг уйготсин майин шамоли билан.
✨🌙Энди ухланг Аллох каломи билан...
✨🌙Барвакт уйгонинг Аллох саломи билан.

✨🌙 ХАЙРЛИ ТУН УМРИ АЗИЗЛАРИМ...!!!

✨🌙Яхши дам олинг...
Аллохга омонатсиз Яхшиларим...!!!🤲

🍃Tushda kechgan umrlar🍃 ✨
Пост от 23.10.2026 20:04
10
0
0
🌛ХАЙРЛИ ТУН

✨Сиздан йироқда юрсин ташвишу қайгу
✨Қалбингизда бўлсин бир ажиб туйгу.
✨Агар кипригингиз силаса уйқу
✨Сизга хайрли тун,
хайрли уйқу!

Аллоҳга омонатсизлар!🦋🦋

🍃Tushda kechgan umrlar🍃 ✨
Пост от 23.10.2026 20:02
9
0
0
Sog‘inchim bormasin uyingiz izlab,
Birgina maktubga etiling mahtal.
Tunda ko‘zingizga uchsin yulduzlar,
Kunduzlar Quyoshga to‘lansin badal.

Unutganman dengu, kuling majburan,
Yurakni eshitib ko‘rsin shifokor.
Bafurja gaplashing tabiblar bilan,
Barcha hapdorilar bo‘lganda bekor!

Yodimni bir chetga qo‘ying berkitib,
Ko‘zdan yiroq qiling suratlarimni!
Faqat og‘riyotgan yeringiz tutib,
Meni qarg‘ayapsiz nega har kuni?

Isbot talab qilmas bazi qonunlar,
Bazi holatlarni olib bo‘lmas tan!
Men sizni sog‘inib yashagan kunlar,
Endi umringizga qurarlar vatan!

Bilaman gunohim toshlari og‘ir,
Tan olmaslik bilan yo‘q bo‘lmas qayg‘u!
Sizni sog‘intirib qo‘ydimda axir,
Sog‘inmayman deya ayttirib mangu!

Malika_Salimova

🍃Tushda kechgan umrlar🍃 ✨
Пост от 23.10.2026 20:02
9
0
0
Zumda o‘tib ketsin shu kecha, shu tun,
Tongdek otib kelsin vasling, visoling.
Men yana dunyoda yashashim uchun,
Hushimdan ketmasa bo‘ldi hayoling.

Zumda o‘tib ketsin mening hayotim,
Sen yo‘q yuragimga urish ne darkor.
Yana bir lahzaga yetar sabotim,
Bir umrga yetar azoblarim bor!

Zumda o‘tib ketsin, qaxring, ziyoning,
Qattiq quvonib ol, qonib ol qiynab.
Sening zulmkor deb olgan maqoming,
Yarashib turibdi ko‘ksingni siylab!

Zumda o‘chib ketsin ovozlar, saslar,
Jodusin yo‘qotsin sirli so‘zlaring!
Ummon degan edim, aslida bilsam,
O‘pqondek domiga tortar ko‘zlaring!

Zumda o‘tib ketsin bu zim-ziyo tun,
Izlari ivitib tursin qonimni.
Qanday hislarimga yasaysan yakun,
Xudo olib tursa mening yonimni!

Malika_Salimova

🍃Tushda kechgan umrlar🍃 ✨
Пост от 23.10.2026 20:02
7
0
0
Xolimiz so‘rabsiz... -Yaxshimiz...

Yuzimiz egallab turibdi,
Kulgudan chizilgan naqshimiz...
Qalbimiz kim ochib ko‘ribdi,
Xolimiz so‘rabsiz... -Yaxshimiz...

Yuribmiz kun kabi yorishib,
Gohida tashvishga qorishib,
Ba’zida g‘am bilan olishib,
Xolimiz so‘rabsiz... -Yaxshimiz...

Peshona ekanda nachora,
Kulamiz dilimiz sadpora,
Qilmaymiz dardimiz oshkora,
Xolimiz so‘rabsiz... -Yaxshimiz...

Kun o‘tar bir tekis bir xilda,
Ozor bor goh tanda goh dilda,
Yurakda boshqamiz lek tilda,
Xolimiz so‘rabsiz... -Yaxshimiz...

Kam emas biz kabi xokisor,
Kim mehr yana kim baxtga zor,
Hammaning aytilmas dardi bor,
Xolimiz so‘rabsiz... -Yaxshimiz...

Yosh emas changlardan ko‘zda nam,
Odamzod boshida turfa g‘am,
Jimdirmiz ming ozor ko‘rsak ham,
Xolimiz so‘rabsiz... -Yaxshimiz...

Bizlarga hammasi yarashar,
Bilmaslar havasla qarashar,
Qachondir chindan xol so‘rashar,
Xolimiz so‘rabsiz... -Yaxshimiz...

Yuzimiz egallab turibdi,
Kulgudan chizilgan naqshimiz...
Qalbimiz kim ochib ko‘ribdi,
Xolimiz so‘rabsiz... -Yaxshimiz...

📝Muallif: Zohid Ziyo...

🍃Tushda kechgan umrlar🍃 ✨
Пост от 23.10.2026 20:02
6
0
0
Sevgilim,
Ozgina telbamiz bizlar,
Doim adashamiz ishqda,
Turmushda,
Qaynab toshganida koʻngildan hislar,
Sira boʻshamaymiz
Xayol surishdan.
Sevgilim,
Hamisha izlayman halovat
Oppoq qogʻozlarga umrimni toʻkib.

Sen-chi, sen jimgina
Yigʻlaysan faqat,
Kechalar qandaydir
Kitobni oʻqib...

©️Shavkat Rahmon

🍃Tushda kechgan umrlar🍃 ✨
Пост от 23.10.2026 20:02
9
0
0
"Не держите обид, ваши обиды, кроме Вас никому не мешают."

— Омар Хайям
🍃🍂
"Кинa сақламанг, чунки унинг оғирлиги сиздан бошқа ҳеч кимга зарар бермайди."

— Умар Хайём
🍃🍂
Хафалик ва тажовуз – юракни оғир қилиб, қалбга тинчлик бермайди. Ундан фойда йўқ, балки фақат сизгагина озор етказади. Кечирган инсон энг енгил, энг эркин инсондир.

Кечириш – заифлик эмас, кучнинг энг олий даражаси. Чунки нафсга қарши ғалаба қозонган киши ҳақиқий ғолибдир.

🍃Tushda kechgan umrlar🍃 ✨
Смотреть все посты