🥋 FAXRLI G‘ALABA! 🏆
Shayxontohur tumani 192-maktabning 1-“E” sinf o‘quvchisi Shavkatov Muhammadyusuf “Imperator Karate Club” turnirida ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni egalladi! 🥇
Ushbu yutuq yosh sportchimizning tirishqoqligi, mehnatsevarligi va sportga bo‘lgan ishtiyoqining yorqin namunasidir.
G‘olibimizni ushbu ajoyib natija bilan samimiy muborakbod etamiz! Kelgusida ham ulkan zafarlar, yangi marralar va muvaffaqiyatlar tilaymiz!
192-maktab jamoasi sen bilan faxrlanadi, Muhammadyusuf! 👏🇺🇿
#Shayxontohur192maktab #YoshSportchilar #Faxrli1Orin #Karate #ImperatorKarateClub
🎉 Shayxontohur tumani 192-umumta’lim maktabi o‘quvchilarining matematika fanidan Xalqaro fan olimpiadasida faxrli 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagani barchamizni cheksiz quvontirdi!
🌍 Quvonarlisi, 2 nafar o‘quvchimiz Yevropaga 100% vaucher, yana 1 nafar o‘quvchimiz esa 5–6-noyabr kunlari Turkiyada bo‘lib o‘tadigan xalqaro olimpiadada ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi!
👏 Bu yutuqlar o‘quvchilarimizning tinimsiz mehnati, bilimga bo‘lgan intilishi hamda ustozlarimizning fidokorona mehnati samarasidir.
💐 G‘olib o‘quvchilarimizni, ularning ota-onalarini va ustozlarini chin qalbimizdan tabriklaymiz! Kelgusida ham yuksak marralarni zabt etib, maktabimiz va yurtimiz sharafini munosib himoya qilishlariga tilakdoshmiz!
🇺🇿 192-maktab — bilim, iste’dod va yuksak marralar maskani! 🥇🥈🥉
🌿 Texnologiya darsimiz ochiq havoda, tabiat qo‘ynida yanada qiziqarli va mazmunli o‘tdi!
🍁 O‘quvchilarimiz maktab hovlisiga chiqib, kuzgi rang-barang barglarni terishdi. So‘ngra o‘z tasavvurlari va ijodkorliklarini ishga solib, oddiy barglardan ajoyib baliqchalar yasashdi. 🐠✨
🎨 Ushbu ijodiy mashg‘ulot orqali bolalar tabiat ne’matlaridan unumli foydalanish, qo‘l mehnati, tasavvur, ijodiy fikrlash va estetik didni rivojlantirish imkoniga ega bo‘ldilar.
💛 Har bir bargda — ijod, har bir baliqchada — bolajonlarning cheksiz tasavvuri mujassam!
🌟 Tabiatni kuzatamiz, undan ilhom olamiz va o‘z qo‘llarimiz bilan go‘zallik yaratamiz!
Hurmatli içki işlar organlari xodimlari!
Qadrli soha faxriylari!
Sizlarni Özbekiston «Adolat» SDP Siyosiy Kengashi va barcha partiyadoshlarimiz nomidan 25 oktabr — İçki işlar organlari xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!
Yurtimizda tinçlik va osoyishtalikni saqlaş, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi fidokorona xizmatingiz yuksak hurmatga loyiq. Mahallalarimizdagi xotirjamlik, oilalarimiz osoyishtaligi va farzandlarimiz xavfsizligini ta’minlaşga qoşayotgan hissangizni behad qadrlaymiz.
İçki işlar organlarida xizmat qilish çuqur bilim va kasbiy mahorat bilan birga, mustahkam iroda, jasorat, halollik hamda inson taqdiriga daxldorlik hissini talab etadi. Murojaati e’tibor bilan tinglangan, huquqi tiklangan, og‘ir vaziyatda ko‘mak topgan insonning roziligi — ana shu mashaqqatli mehnatning eng munosib e’tirofidir.
Har bir insonning öz huquqlari işonçli himoyalanganini his etib yaşaşi, jamiyatda qonun va adolat ustuvor bo‘lişi partiyamiz intilayotgan ezgu maqsadlardir. Aholining huquqiy madaniyatini yuksaltiriş, huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlarni qonunga hurmat va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalaş borasidagi vazifalarimiz ham o‘zaro hamohang. Şu maqsadlar yo‘lidagi samarali hamkorligimiz barqaror bo‘lsin.
Hurmatli osoyiştalik posbonlari!
Barçangizga mustahkam sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayz-baraka tilaymiz. Yurt tinçligi, qonun ustuvorligi va inson manfaatlari yo‘lidagi şarafli xizmatingizda kuç-ğayrat va muvaffaqiyatlar hamisha yor bo‘lsin!
Şayxontohür tümani 192-maktabda “Kelajakka yöl — xorijiy tillar bilan”taşabbusi doirasida Xorijiy til üstozining dars jarayonlaridan lavha.
🔹Taşabbus yoşlarning xorijiy tillarni puxta egallaşi, amaliy könikmalarini rivojlantirişi va kelajakdagi taʼlim hamda kasbiy imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan.
“Farzand tarbiyasi — oiladan, ta’lim va tarbiya esa oila hamda maktab hamkorligidan boshlanadi.”
Bugun 192-maktabda farzandlarimizning ta’lim-tarbiyasida otalarning mas’uliyati va faolligini oshirish, oila va maktab o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida “Otalar majlisi” tashkil etildi.
Tadbir davomida farzand tarbiyasida otaning o‘rni, o‘quvchilarning ta’limdagi faolligi, odob-axloqi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularni kelajak hayotga tayyorlash masalalari haqida samimiy fikr almashildi.
🤝 Ayniqsa, ota-onaning farzand ta’limiga e’tibori — uning kelajagiga qo‘yilgan eng katta sarmoya ekanligi alohida ta’kidlandi.
Biz, maktab jamoasi, har bir farzandning:
📚 bilimli,
🌱 tarbiyali,
💡 mustaqil fikrlaydigan,
🎯 o‘z maqsadiga ega
va Vatanga munosib inson bo‘lib voyaga yetishini istaymiz.
Buning uchun esa maktab va oila hamjihatligi nihoyatda muhim.
Bugungi uchrashuvda faol ishtirok etgan, farzandlari kelajagiga befarq bo‘lmagan barcha otalarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
💙 Aziz otalar! Farzandingiz uchun ajratgan har bir daqiqangiz — uning kelajagiga berilgan bebaho e’tibordir.