O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.12.2025-yildagi PF-257-son Farmoniga va 20.05.2026-yildagi PQ-194-son Qaroriga muvofiq, Qurbon hayiti munosabati bilan dam olish kunlari quyidagicha belgilangan:
✅ 27-may, chorshanba – Qurbon hayiti;
✅ 28-may, payshanba – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
✅ 29-may, juma – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
✅ 30-may, shanba – haftada 6 kun ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
✅ 31-may, yakshanba – barcha uchun odatiy dam olish kuni.
👍 UNICON-FOST jamoasi Siz, aziz xalqimizni Qurbon hayiti bayrami bilan chin dildan tabriklaydi!
Bu ulug‘ ayyom barchamizga mehr-oqibat, saxovat va bag‘rikenglik fazilatlarini yanada mustahkamlash, oila davrasida iliqlik va tinchlikda yashash uchun zamin bo‘lsin. Yurtimizda osoyishtalik, texnologik taraqqiyot va raqamli yutuqlar bardavom bo‘lib, har bir xonadonda fayz-u baraka hukm sursin!
🌙 Bayram barchangizga tinchlik, salomatlik va quvonch olib kelsin!
18-may kuni Yoshlar ijod saroyida “Tashabbusdan taraqqiyotga: “Mahallam – loyiham” tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Tanlov doirasida 1390 ta loyiha roʻyxatga olindi. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasiga koʻra, mazkur tashabbuslar uchun 10 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan boʻlib, eng ko‘p ovoz to‘plagan 33 ta loyiha tanlov g‘olibi deb topildi. Ovoz berish jarayonida qariyb 45 ming kishi faol qatnashdi.
G‘olib tashabbuslar orasida sport va bolalar maydonchalari qurish, quyosh batareyali ko‘cha chiroqlarini o‘rnatish, kutubxonalar va mini parklar tashkil etish kabi xalq farovonligiga xizmat qiladigan loyihalar alohida e’tirof etildi.
Ta’kidlash kerakki, tanlov toʻliq “Raqamli mahalla” platformasi orqali amalga oshirildi. Arizalarni qabul qilishdan tortib gʻoliblarni aniqlashgacha boʻlgan barcha jarayonlar raqamlashtirilgani bois tanlovda ochiqlik va shaffoflik ta’minlandi.
Tanlovga taqdim etilgan loyihalarga “Raqamli mahalla – Fuqaro” mobil ilovasi orqali ovoz berildi. Bu esa fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bilan birga, jarayonlarning adolatli va ishonchli o‘tishiga xizmat qildi.