Rasmlarni qarab o’tirib, hayotimning eng go’zal, eng sakinatli va eng nurli davrlarini esladim. 🥹
Ustozlarim — hayoti ilm va hikmatdan iborat. Talabalari esa eng axloqli va kamtar yigitlar edi.
Har safar nima yaxshiligim bo’lgan ekanki, shunday insonlar davrasida bo’lish nasib qildi deb o’ylab qolaman. Oxiri — bu O’zining fazlidan boshqasi emas deyman.
Lekin biznesni sevish qon-qonimga singib ketganidan o’sha paytda ham istalgan joyda biznes tizimlarini ko’rardim, ichki jarayoniga qiziqaverardim.
Esimda, madrasa vaqti ehtiyojim bo’lmasa-da, tuxum pishirib talabalarga sotib ko’rganman, yaxshi «biznescha» bo’lgandi. )
Keyin tushundimki, men ta’lim va biznesni birlashtirishim kerak. Nima qo’limdan kelsa, shu sohada amalga oshirishim shart.
Ko’p og’riqli vaziyatlarga qaramay yana davom etishim shundandir balki…
Nasib, hali katta loyihalar, manfaatli ishlar oldinda.
📌 @Iysoxon
Изображение
Изображение
Изображение
Изображение
Изображение
Изображение