Телеграм канал 'Huquqiy targ`ibot'

Huquqiy targ`ibot


8'202 подписчиков
2'974 просмотров на пост

Ichki ishlar organlariga oid yangi normativ-huquqiy hujjatlar, islohotlar va boshqa soha faoliyatiga doir yangiliklar hamda tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

Savol va maslahatlar - @Htargibot_bot
Instagram - instagram.com/iiv_huquqiy_targibot

Детальная рекламная статистика будет доступна после прохождения простой процедуры регистрации


Что это дает?
  • Детальная аналитика 5'632'861 каналов
  • Доступ к 1'533'798'153 рекламных постов
  • Поиск по 4'965'419'518 постам
  • Отдача с каждой купленной рекламы
  • Графики динамики изменения показателей канала
  • Где и как размещался канал
  • Детальная статистика по подпискам и отпискам
Telemetr.me

Telemetr.me Подписаться

Аналитика телеграм-каналов - обновления инструмента, новости рынка.

Найдено 1688 постов

Изображение

💡Ma’muriy jazoning turlari qanday?

👉 Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun quyidagi ma’muriy jazo choralari qo‘llanilishi mumkin:

1) jarima;

2) ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish;

3) ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni musodara qilish;

4) muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositasini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum etish;

4.1) haq to‘lanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etish;

5) ma’muriy qamoqqa olish.

6) chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish.

O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 23-modda.

"Давлат таълим стандартлари ва давлат таълим талабларини ишлаб чиқиш ҳамда жорий этиш тартибини такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Ҳукумат қарори (157-сон, 27.03.2024 й.) қабул қилинди

🔰 Қарор билан Давлат таълим стандартлари ва давлат таълим талабларини ишлаб чиқиш ҳамда жорий этиш тартиби тўғрисидаги низом тасдиқланди.

🗓 2024 йил 1 октябргача таълим соҳасидаги атамаларнинг халқаро даражада қабул қилинган атамаларга мувофиқлигини таъминлаган ҳолда "Узлуксиз таълим тизимининг изоҳли луғати" ишлаб чиқилади.
Xaridorlarga QR-kodli chek berilishi shart

Tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishi hamda mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shart. Bunday cheklar xarid to‘lov terminal orqali yoki naqd pulda amalga oshirilishidan qat'i nazar xaridorga beriladi.
👉 PF-5813-son 06.09.2019-yil

Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda elektron to‘lov tashkiloti va (yoki) elektron tijorat platformalari (marketpleys) orqali elektron fiskal chek taqdim qilinadi.
👉 VMQ-943 23.11.2019


Nazorat-kassa texnikasini qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xaridorga chek bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik soliq huquqbuzarligi sanaladi va belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.
👉Soliq kodeksi 221-modda

Sotuvchi va xaridor o‘rtasida tovar yoki xizmatlar uchun xarid cheki bermasdan P2P o‘tkazmalari (bir jismoniy shaxsning kartasidan boshqa jismoniy shaxsning kartasiga) orqali hisob-kitob qilish noqonuniy hisoblanadi❗️

Chek berilmaganligi uchun Soliq mobil ilovasining “Soliq hamkor” bo‘limi orqali shikoyat yo‘llash mumkin.

🔆 Asabimizga tegadigan narsalardan ko‘ra ongimizda mavjud qaxr-g‘azab o‘zimizga ko‘proq zarar yetkazadi.

Lebbok

👍 6

💡Fuqaroning ismi


Agar qonundan yoki milliy odatdan boshqacha tartib kelib chiqmasa, fuqaro o‘z familiyasi va nomidan, shuningdek otasining ismi bilan huquq va burchlarga ega bo‘ladi hamda ularni amalga oshiradi.

Qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda fuqaro taxallusdan (to‘qilgan ismdan) foydalanishi mumkin.

Fuqaro qonunda belgilangan tartibda o‘z ismini o‘zgartirishga haqli. Fuqaroning o‘z ismini o‘zgartirishi avvalgi ismi bilan olgan huquq va burchlarini bekor qilish yoki o‘zgartirish uchun asos bo‘lmaydi.

Fuqaro o‘z ismini o‘zgartirganligi haqida qarzdorlari va kreditorlariga xabar berish uchun zarur choralarni ko‘rishi shart va u mazkur shaxslarda fuqaroning ismi o‘zgarganligi haqida ma’lumot yo‘qligi tufayli kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlar xavfini o‘z zimmasiga oladi.

Ismini o‘zgartirgan fuqaro o‘zining avvalgi ismiga rasmiylashtirilgan hujjatlarga o‘z hisobidan tegishli o‘zgartirishlar kiritilishini talab qilishga haqli.

Fuqaro tug‘ilgan vaqtida olgan ismini, shuningdek o‘zgartirilgan ismini fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish uchun belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak.

Boshqa shaxs ismidan foydalanib huquq va burchlarga ega bo‘lishga yo‘l qo‘yilmaydi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FUQAROLIK KODEKSI. 19-modda.
https://lex.uz/ru/docs/-111189

👍 7
Изображение

❗️ “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari miiliy ro‘yxatiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi. (25.03.2024 yil. 154-son). https://lex.uz/ru/pdfs/6847780



🔰 Ushbu qaaror bilan Madaniy meros agentligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda respublika hududida joylashgan binolar devorlarida ishlangan mozaika kompozitsiyalarini belgilangan tartibda davlat kadastriga kiritish choralarini ko‘radi.

🟥 Bunda:

✅ ro‘yxatga kiritilgan obyektlar mavjud bo‘lgan turar joy va noturar joylardagi, ularning muhofaza tegralari va tutash hududlarida rejalashtirilgan qurilish ishlari bilan bog‘lik; bo‘lgan xar qanday faoliyat turi Madaniy meros agentligining xulosasi olingandan so‘ng amalga oshiriladi;

✅ ro‘yxatga kiritilgan obyektlar mavjud bo‘lgan turar joy va noturar joylarning kadastr hujjatiga ushbu obyektlar madaniy qiymatga egaligi to‘g‘risida tegishli yozuv kiritiladi.

Shuningdek, mazkur qarorda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktyabrdagi 846-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga 206 ta obyekt bo‘yicha pozitsiyalar qo‘shimcha kiritildi.

❗️ “Yo‘l harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi. (25.03.2024 yil. 148-son). https://lex.uz/ru/pdfs/6847497


🔰 Ushbu qaaror bilan 2024 yil 1 iyuldan boshlab yo‘l bo‘yida joylashgan maktablar oldida, kamida turt tasmali yo‘llardagi piyodalar utish joylarida, yo‘l-transport hodisalari o‘choqlarida, temir yo‘l kesishmalarida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi tomonidan “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” respublika jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bosqichma-bosqich o‘rnatiladi.

🟥 Bunda:

✅ maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan belgilanadigan joylarga o‘rnatiladi;

✅ maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari o‘rnatiladigan joylar YHXX tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilishlari hamda yo‘l-transport hodisalarining tahlilidan kelib chiqib belgilanadi.

👍 1
👍 2
Изображение

💡Sudlanganlikning huquqiy ahamiyati nima?


Sudlanganlik shaxsning sodir etgan jinoyati uchun hukm etilganligidan kelib chiqadigan huquqiy holatdir.

Jazo tayinlangan ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab shaxs sudlangan deb hisoblanadi.

Sud tomonidan jazodan ozod qilingan shaxs sudlanmagan deb hisoblanadi.

Sudlanganlik jinoyat Kodeksda nazarda tutilgan hollarda va shaxs yangi jinoyat sodir etgandagina huquqiy ahamiyatga ega bo‘ladi.

Sudlanganlik muddatining o‘tib ketganligi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi munosabati bilan uning barcha huquqiy oqibatlari bekor bo‘ladi.

Jazoni o‘tagan, ammo qonunning o‘zgarishi bilan bunday qilmish jinoyat deb hisoblanmaydigan taqdirda, shuningdek sodir qilingan jinoyat uchun tayinlangan jazoni o‘tab bo‘linishi bilan sudlanganlik holatining tugallanishi belgilangan bo‘lsa, shaxs sudlanmagan deb hisoblanadi.

❗️ “Toshkent shahrida «Yangi avlod» maxsus sanoat zonasini tashkil etish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qarori qabul qilindi (20.03.2024 yil PQ-138-son). https://lex.uz/pdfs/6846306


🔰 “Yangi avlod" maxsus sanoat zonasining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari

✅ 1. Xalqaro brendlar bilan hamkorlikda yangi turdagi raqobatbardosh yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish.

✅ 2. Sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirish loyihalarini kengaytirish, jumladan klaster tizimini joriy etish.

✅ 3. Sanoat va xizmatlar sohasini rivojlantirish orqali ularning hajmini oshirish.

✅ 4. Xalqaro toifadagi savdo-logistika faoliyatini yo‘lga quyish.

✅ 5. "Yangi avlod" MSZ va uning atrofidagi aholi punktlari bilan o‘zaro bog‘langan tegishli bank, turizm, savdo va ijtimoiy infratuzilmani yaratish.

✅ 6. "Yangi avlod" MSZda sohalar va tarmoqlar kesimida, shu jumladan klaster tizimi asosida Toshkent shahrida kelgusida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari uchun yer uchastkalarini belgilangan tartibda ijara huquqi asosida "Yangi avlod" MSZ hududidan tadbirkorlik subyektlariga ajratish, shuningdek, Toshkent shahri hududida joylashgan sanoat korxonalarini yagona dislokatsiya asosida "Yangi avlod" MSZ hududida joylashtirish.

👍 3

🏳️ 🤝 📰 🌍 MDH davlatlari jurnalistlar huquqlarini yanada ko'proq ta'minlash choralarini ko'rishmoqchi

Minskda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi hududida jurnalistlar huquqlarini taʼminlashga oid hujjat loyihasini kelishish boʻyicha ekspert guruhining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda #Ozarbayjon, #Armaniston, #Belarus, #Qozogʻiston, #Qirgʻiziston, #Rossiya, #Tojikiston, #Oʻzbekiston va MDH Ijroiya qoʻmitasi vakillari ishtirok etdi. Hujjatni tayyorlash Rossiya tashabbusi bilan boshlangan. Loyiha matni ustida ishlash davom etmoqda.

⚡ 2
❤ 1
Изображение

🇺🇿 🚩 📈 💰 🔩 2024-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi 9,9 milliard dollarga yetdi.

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10,5 foizga ko‘pdir, deya xabar beradi Statistika agentligi.

Shu bilan birga, Toshkent O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida eng yuqori ulushga ega – 40,1 foiz.

Ikki oy ichida poytaxt ko'rsatkichi deyarli 4 milliard dollarga yetdi.

⚡ 3

💡Жазо тизими қандай?

Жиноят содир этишда айбли деб топилган шахсларга нисбатан қуйидаги асосий жазолар қўлланилиши мумкин:


а) жарима;

б) муайян ҳуқуқдан маҳрум қилиш;

б-1) мажбурий жамоат ишлари;

в) ахлоқ тузатиш ишлари;

г) хизмат бўйича чеклаш;

д-1) озодликни чеклаш;

е) интизомий қисмга жўнатиш;

ж) озодликдан маҳрум қилиш;

з) умрбод озодликдан маҳрум қилиш.

Маҳкумларга асосий жазолардан ташқари ҳарбий ёки махсус унвондан маҳрум қилиш тарзидаги қўшимча жазо ҳам қўлланилиши мумкин.

Хизмат бўйича чеклаш ёки интизомий қисмга жўнатиш тариқасидаги жазолар фақат ҳарбий хизматчиларга нисбатан қўлланилади.

Муайян ҳуқуқдан маҳрум қилиш фақат асосий жазо сифатидагина эмас, балки қўшимча жазо тариқасида ҳам қўлланилиши мумкин.

👍 4

🌐 Yuridik lugʻat

💡TABIIY HUQUQ

– insonning tabiatidan kelib chiqadigan va shu tufayli muayyan davlatda ularning qonuniy tan olinishi yoki olinmasligiga bog‘liq bo‘lmaydigan prinsiplar, qoidalar, huquq va qadriyatlar yig‘indisi. Tabiiy huquq huquqiy normalar manbaini qonun chiqaruvchining irodasida (yuridik pozitivizm vakillari kabi) emas, balki tabiatning o‘zida ko‘radigan eng qadimgi va eng keng tarqalgan huquqiy doktrinalardan biridir, shu sababli huquq va qonun nafaqat mos kelmasligi, balki bir–biriga zid bo‘lishi ham mumkin.

👍 4
👍 13
🏆 3
👏 2
Изображение

🌐 Yuridik lugʻat

💡GABITOLOGIYA

(grekcha so‘zdan olingan bo‘lib “gomo” – inson, “logos” taʼlimot degani). Insonning tashqi qiyofa belgilarining xususiyatlarini o‘rganuvchi, kriminalistik texnikaning biri sohasi hisoblanadi.

👍 6

❗️ Mayning-pul faoliyatini amalga oshirish qoidalari tasdiqlandi. (20.03.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3507). https://lex.uz/pdfs/6845472



🔰 Ushbu qoidalarda “mayning pul”; “mayning faoliyati”; “milliy mayner”; “xorijiy mayner”; “mayning pulining elektron platformaga ulanish”; “mayning pul ishtirokchisi”; “listing; “delisting”; “mayning-pulning elektron platformasi” kabi tushunchalariga ta’rif berildi.

🟥 Shu bilan birga mazkur hujjatda:

✅ xorijiy va milliy maynerlar bilan munosabatlarni tashkil etish;

✅ mayning-pul ishtirokchilarining daromadlarini taqsimlash;

✅ mayning-pul ishtirokchilarining reyestrini yuritish qoidalari belgilandi.

👍 2

Найдено 1688 постов