Не попадитесь на накрученные каналы! Узнайте, не накручивает ли канал просмотры или подписчиков Проверить канал на накрутку
Прикрепить Телеграм-аккаунт Прикрепить Телеграм-аккаунт

Телеграм канал «Huquqshunos yordami»

Huquqshunos yordami
3.9K
0
1.9K
504
82.9K
Реклама бериш учун👉 @Akbar_1504

Ҳуқуқшуносга саволлар юбориш учун 👇👇

@Online_maslaxatchii

@telefon_orqali_maslaxat
Подписчики
Всего
25 256
Сегодня
-14
Просмотров на пост
Всего
3 091
ER
Общий
12.23%
Суточный
7.48%
Динамика публикаций
Telemetr - сервис глубокой аналитики
телеграм-каналов
Получите подробную информацию о каждом канале
Отберите самые эффективные каналы для
рекламных размещений, по приросту подписчиков,
ER, количеству просмотров на пост и другим метрикам
Анализируйте рекламные посты
и креативы
Узнайте какие посты лучше сработали,
а какие хуже, даже если их давно удалили
Оценивайте эффективность тематики и контента
Узнайте, какую тематику лучше не рекламировать
на канале, а какая зайдет на ура
Попробовать бесплатно
Показано 7 из 3 927 постов
Смотреть все посты
Пост от 25.10.2026 14:15
226
0
2
SAVOL: Malaka oshirish davrida xodimga xizmat safari xarajatlari to’lab beriladimi?

JAVOB: Xizmat safari va malaka oshirish boshqa-boshqa tushunchalardir. ⚠️ MK 280-moddasiga e’tibor bering! Unga ko’ra ish beruvchi, xodim xizmat safarida bo‘lgan davr va xodim ishdan ajralgan holda o‘zi va ish beruvchi uchun majburiy bo‘lgan qayta tayyorlashdan yoki majburiy malaka oshirishdan o‘tgan davr hamda boshqa holatlarda kafolatli to‘lovlarni amalga oshirishi shart.

❗️Bundan tashqari, MK 286-moddasiga ko’ra, ish beruvchi quyidagi hollarda xodimga uning o‘z mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq xarajatlarni kompensatsiya qilishi shart: xizmat safarlarida bo‘lganda, ish beruvchining yo‘llanmasi bilan kasbiy tayyorgarlikdan, qayta tayyorlash, malaka oshirish va stajirovkadan o‘tganda.

⚠️ E’tibor bergan bo’lsangiz, MK 280, 286 va boshqa moddalarda malaka oshirish va xizmat safari alohida-alohida ko’rsatilyapti. Xizmat safari va malaka oshirish davrida xodimning o‘rtacha ish haqi saqlab qolinadi.

⚠️ Diqqat! MK 370-moddasiga ko'ra, agar qayta tayyorlash yoki malaka oshirish ixtiyoriy ravishda amalga oshirilsa, ish beruvchi qayta tayyorlash yoki malaka oshirish vaqtida xodimning ish joyini (lavozimini) saqlab turishi shart. Xodimning o‘rtacha ish haqini saqlab qolish masalasi jamoa shartnomasida, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda qabul qilinadigan ichki hujjatda yoxud mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga ko‘ra hal qilinadi.

👉 MK 287-moddasiga ko’ra, xizmat safari xodimning ish beruvchi farmoyishiga binoan doimiy ish joyidan tashqarida xizmat topshirig‘ini bajarish uchun boshqa joyga ma’lum muddatga qiladigan safaridir. Doimiy ishi ko‘chib yurish yoki sayyor xususiyatga ega bo‘lgan xodimlarning xizmat safarlariga chiqishi xizmat safarlari hisoblanmaydi. Ish beruvchi xodimga MK 287-moddasida nazarda tutilgan xizmat safarlari chog‘idagi kompensatsiya to‘lovlarini qoplab berishi berishi shart.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 424-son qaroriga ILOVA “O‘zbekiston Respublikasi hududida xizmat safarlari to‘g‘risida”gi Nizomga ko’ra, xizmat safari — tashkilot rahbarining buyrug‘iga (qarori, farmoyishiga) asosan xodimning o‘zining doimiy ish joyidan boshqa joyga xizmat topshirig‘ini bajarish uchun ma’lum bir muddatga yuborilishi https://lex.uz/uz/docs/-6139421

👉 MK 367-moddasi 3-qismiga ko’ra, malaka oshirish deganda esa xodimning undagi mavjud kasb va mutaxassislik bo‘yicha ishlarni bajarishga tayyorligini tavsiflovchi, xodimning kasbiy bilimlari, malakalari va ko‘nikmalari darajasini takomillashtirish tushuniladi.

MK 290-moddasiga ko’ra, agar ish beruvchining yo‘llanmasi bo‘yicha xodimning kasbiy tayyorgarlik, qayta tayyorlash, malaka oshirish va stajirovkadan o‘tishi boshqa joyga ko‘chishni talab qilsa, xodimga o‘qish joyiga borish va qaytib kelish, shuningdek uy-joyni ijaraga olish xarajatlarining o‘rni qoplanadi.

Jamoa shartnomasida yoki ish beruvchi tomonidan kasaba uyushma qo‘mitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan ichki hujjatda kasbiy tayyorgarlik, qayta tayyorlash, malaka oshirish va stajirovkaga yuborilgan xodimlarga yashash joyidan tashqarida yashaganlik uchun kompensatsiya (sutkalik) to‘lovi belgilanishi mumkin.

Bundan tashqari, MK 370-moddasida ish beruvchining xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir huquq va majburiyatlari, 371-moddada esa kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish chog‘ida xodimlarning huquq va majburiyatlari belgilab qo’yilgan.

⚠️Demak, MK 290-moddasiga ko'ra, malaka oshirish boshqa joyga ko‘chishni talab qilsa, xodimga o‘qish joyiga borish va qaytib kelish, shuningdek uy-joyni ijaraga olish xarajatlarining o‘rni qoplanadi.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun 👇👇

@Online_maslaxatchii
🔥 2
❤ 1
👏 1
🕊 1
🐳 1
🦄 1
Пост от 24.10.2026 14:38
254
0
0
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

Bolani parvarishlash taʼtilida ish joyi saqlanadimi?

☑️Homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugaganidan keyin, ayol xodimning xohishiga ko‘ra, bolasi 2 yoshga to‘lguniga qadar bolani parvarishlash ta’tili berilib, ushbu davr uchun belgilanadigan tartibda nafaqa to‘lanadi.

☑️Ayolning xohishiga ko‘ra, bolasi 3 yoshga to‘lguniga qadar uni parvarishlash uchun ish haqi saqlanmagan holda qo‘shimcha ta’til ham beriladi.

☑️Bolani parvarishlash ta’tillari davrida xodimning ish joyi (lavozimi) saqlanadi. Bu ta’tillarning ko‘pi bilan 6 yili mehnat stajiga qo‘shiladi, shu jumladan, mutaxassisligi bo‘yicha ish stajiga ham qo‘shib hisoblanadi.

➡️ Batafsil

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun 👇👇

@Online_maslaxatchii
🥰 3
👏 1
🕊 1
🐳 1
🦄 1
Пост от 23.10.2026 16:53
417
0
7
SAVOL: Rotatsiya uchun xodimning roziligi olinishi yoki xodim oldindan xabardor qilinishi shartmi?

JAVOB: Mehnat kodeksida “rotatsiya” tushunchasi mavjud emas. Mehnat kodeksida “xodimni boshqa ishga o‘tkazish” tushunchasi ishlatiladi. MK 138-moddasiga ko’ra, xodim aynan o‘sha ish beruvchida ishni davom ettirganda uning mehnat vazifalarini o‘zgartirish xodimni boshqa ishga o‘tkazish hisoblanadi.

MK 139-moddasiga ko’ra, xodimni boshqa ishga o‘tkazish qaysi muddatga amalga oshirilayotganligiga qarab boshqa ishga o‘tkazish turlari doimiy va vaqtinchaga ajratiladi.

MK 140-moddasiga ko’ra, xodimni boshqa ishga doimiy o‘tkazishga faqat uning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Xodimni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish uning roziligi bilan amalga oshiriladi, bundan ushbu Kodeksning 145-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish zaruriyati yoki bekor turib qolinishi hollari mustasno.

“Rotatsiya” tushunchasi “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunda belgilangan https://lex.uz/uz/docs/-6145972

Qonunning 39-moddasiga (Davlat fuqarolik xizmatchisining rotatsiyasi) ko’ra, davlat fuqarolik xizmatchisining rotatsiyasi uning shaxsiy va kasbga oid sifatlarini rivojlantirish, faoliyatining samaradorligini oshirish, rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish maqsadida amalga oshiriladi.

Davlat fuqarolik xizmatchisining rotatsiyasi uni egallab turgan davlat fuqarolik xizmati lavozimiga teng bo‘lgan boshqa lavozimga o‘z roziligi bilan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.

Davlat fuqarolik xizmatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida majburiy ravishda rotatsiya qilinishi lozim bo‘lgan davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining ro‘yxati belgilanadi. Ushbu lavozimlarni egallab turgan davlat fuqarolik xizmatchilarining rotatsiyasi ularning roziligisiz amalga oshiriladi.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun 👇👇

@Online_maslaxatchii
❤‍🔥 2
⚡ 1
🕊 1
🐳 1
🦄 1
Пост от 22.10.2026 15:55
604
0
18
❗️ Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat bo‘ladi
O‘zbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish kiritish haqida”gi Qonuni (O‘RQ–1184-son, 21.10.2026-y.) qabul qilindi.

Qonunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida lotin yozuviga asoslangan, 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat o‘zbek alifbosi joriy etiladi.

🔎 Mazkur o‘zgartirishga muvofiq, alifbo 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasi o‘rniga 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan tashkil topadi.

Alifbo tarkibi:

A a, B b, D d, E e, F f, G g, Ğ ğ, H h, I i, J j, K k, L l, M m, N n, O o, Ö ö, P p, Q q, R r, S s, Ş ş, Ç ç, T t, U u, V v, X x, Y y, Z z va ’ (tutuq belgisi).

Shuningdek, Qonunda quyidagilar belgilandi:

🔹 Qonun kuchga kirguniga qadar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida rasmiylashtirilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qog‘ozlarda takomillashtirilgan harflarning avvalgi shakli mavjud bo‘lishi ularning amal qilishiga va muomalada bo‘lishiga monelik qilmaydi.

🔹 Davlat organlari va tashkilotlarining takomillashtirilgan harflarning avvalgi shakli mavjud bo‘lgan ramziy belgilari va boshqa atributlaridan, ularning binolarida aks ettirilgan davlat gerbining bo‘rtma tasviridan, geografik obyektlarning nomlari tushirilgan peshlavha va ko‘rsatkichlardan hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan boshqa ashyolar va manbalardan ular yaroqsiz holatga kelib qolguniga yoxud Qonun ijrosiga doir chora-tadbirlar dasturida belgilangan muddatga qadar foydalaniladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy o‘tgach kuchga kiradi.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun 👇👇

@Online_maslaxatchii
👍 2
🔥 1
🕊 1
🐳 1
🦄 1
Пост от 21.10.2026 15:48
854
0
7
SAVOL: Masofaviy taʼlimda oʻqiyotgan talaba 1 stavkadan ortiq ishlashi mumkinmi?
 
Javob: Amaldagi mehnat qonunchiligida masofaviy ta’limda tahsil olayotgan talabaning 1 stavka yoki undan ortiq stavkada ishlashini taqiqlovchi norma mavjud emas.

Biroq Mehnat kodeksining 181-moddasiga ko‘ra, xodim mehnat majburiyatlarini bajarishi lozim bo‘lgan vaqt ish vaqti hisoblanadi. Shu sababli ish vaqti bilan o‘quv mashg‘ulotlari bir vaqtga to‘g‘ri kelmasligi lozim.

Masalan, masofaviy dars mashg‘ulotlari ish vaqtidan tashqari vaqtda o‘tkazilsa, talabaning to‘liq stavkada ishlashiga to‘sqinlik qiluvchi holat mavjud emas.

Agar ish vaqti va o‘quv mashg‘ulotlari ustma-ust keladigan bo‘lsa, Mehnat kodeksining 186-moddasiga muvofiq to‘liqsiz ish vaqti belgilash masalasi yuzaga keladi.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun 👇👇

@Online_maslaxatchii
👏 3
🔥 1
🕊 1
🐳 1
🦄 1
Пост от 20.10.2026 12:45
346
0
2
❓ MALAKA TOIFASI UMRBOD SAQLANADIGAN O‘QITUVCHI ATTESTATSIYADAN O‘TA OLMASA, TOIFASI PASAYADIMI?

📝 Savol: Malaka toifasini umrbod saqlab qolish huquqiga ega o‘qituvchi yuqoriroq toifa yoki 70 foizlik ustama olish maqsadida navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashib, yetarli ball to‘play olmasa, uning toifasi pasaytiriladimi?

✅ Javob: yo‘q, amaldagi malaka toifasi saqlanib qoladi.

Bu tartib Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomda belgilangan.

1️⃣ Navbatdagi majburiy attestatsiyadan ozod etiladi

Nizomning 7-bandiga ko‘ra, malaka toifasini umrbod saqlab qolish huquqiga ega pedagoglar navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi.

2️⃣ Navbatdan tashqari attestatsiyada ixtiyoriy qatnashadi

Ushbu pedagoglar yuqoriroq malaka toifasi yoki ustama olish uchun o‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etishi mumkin.

3️⃣ Yetarli ball to‘play olmasa ham, amaldagi toifasi saqlanadi

Nizomning 44-bandiga asosan, navbatdan tashqari attestatsiyada yetarli ball to‘play olmagan pedagoglarning malaka toifasi pasaytirilmaydi. Ularning amaldagi malaka toifasi va shu toifa bo‘yicha ish haqi saqlanib qoladi.

📌 Xulosa: malaka toifasini umrbod saqlab qolish huquqiga ega o‘qituvchi navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘ta olmasa, amaldagi toifasini yo‘qotmaydi.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun 👇👇

@Online_maslaxatchii
❤ 2
🔥 1
🥰 1
🕊 1
🐳 1
🦄 1
Пост от 19.10.2026 16:20
357
0
3
Intizomiy jazosi bor xodimga KPI bo’yicha nadbavka, ustama bersa bo’ladimi?

JAVOB: MK 299-moddasi 5-qismiga e’tibor bering! Unga ko’ra, intizomiy jazoning amal qilish muddati ichida xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari, shu jumladan mehnatga haq to‘lash tizimiga kirmaydigan va mehnat natijalariga asoslanmagan mukofotlar ham (bayramlar, shu jumladan kasb bayramlari, yubileylar munosabati bilan va hokazolar) qo‘llanilmaydi.

Mehnatga haq to‘lash tizimiga kirmaydigan va mehnat natijalariga asoslanmagan mukofotlar hamda mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilgan mukofotlarni chalkashtirmanglar!

Endi MK 299-moddasi 4-qismiga e’tibor bering! Unga ko’ra, ish haqi, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar va mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar rag‘batlantirish turlari jumlasiga kirmaydi. Intizomiy jazoning amal qilish muddati ichida intizomiy javobgarlikka tortilgan xodimlarga mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilgan mukofotlarni to‘lash to‘g‘risidagi masala mukofotlash haqidagi tegishli nizomlarda hal qilinadi.

Siz savolda so’ragan KPI bo’yicha nadbavka, ustama rag‘batlantirish turlari jumlasiga kirmaydi hamda intizomiy jazosi bor xodimlarga ham taqdim qilinadi. Lekin tashkilotning mukofotlash haqidagi tegishli nizomlarida intizomiy jazoning amal qilish muddati ichida intizomiy javobgarlikka tortilgan xodimlarga mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilgan mukofotlarni to’lamaslikni nazarda tutilishi mumkin.

Demak, bundan xulosa qilamizki, agar tashkilotning mukofotlash haqidagi tegishli nizomlarida alohida qoida belgilanmagan bo’lsa, intizomiy javobgarlikka tortilgan xodimlarga mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilgan mukofotlar to’lanadi.

Diqqat! "Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida"gi Qonun 47-moddasiga ko'ra, davlat fuqarolik xizmatchisining intizomiy javobgarlikka tortilishi unga nisbatan rag‘batlantirish choralari qo‘llanilishini bekor qilmaydi.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun 👇👇

@Online_maslaxatchii
🔥 2
❤ 1
👏 1
🕊 1
🐳 1
🦄 1
Смотреть все посты