Klubni men ya'ni Mia va Iroda ( @gullayotganyurak ) birgalikda nazorat qilamiz. Kuchli intizom talab qilamiz.
Ikkalamiz ham zahargina qizlarmiz. Vazifani bajarmagan bo'lsangiz, gap eshitib olasiz.
3marta ogohlantirishdan keyin guruhdan chetlashtirib yuboramiz.
Dars qilishingiz, uxlash vaqtingiz, yeyotgan ovqatingizni ikir-chikirigacha nazorat qilamiz. Ovqat ratsionidan zararli mahsulotlarni chiqarib tashlashga majbur bo'lasiz.
Iroda ham, men ham shu kungacha yetarlicha muvaffaqiyatlarga erishgan qizlarmiz. Ikkalamiz ham 3ta tilni bilamiz. Til sertifikatlarimiz bor. Irodaning o'zi umri davomida 700ga yaqin badiiy asarlar o'qigan. Men ham kitobxonman. Oliy ma'lumotli insonman. (Qobiliyatlarim va bilimim tufayli direktordan ko'p oylik olaman, masalan😁)
Xullas, hayotini yo'lga qo'yib olgan, mustahkam karyera qurayotgan qizlarmiz. O'zimizga ishonmasak, qo'limizdan kelmasa, bu klubni ochmagan bo'lardik)
Xullas, tanlov o'zingizdan. Maqsadi aniq, ilmga chanqoq qizlar orasida bo'lishni istasangiz, sizni "Devushkaxon" klubida kutamiz)