Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi 17 Bunyodobod saylov okrugi deputati Nodir Yunusov saylovchilar oldida axborot berdi
Unda poytaxtimizning Sergeli tumanidagi "Bunyodobod" hamda "Yangi Bunyodobod" mahalla fuqarolar yig'ini raislari, mahalla yetiiligi va nuroniylar ishtirok etishdi.
Deputati N.Yunusov o'tgan davr mobaynida aholini qiynab kelayotgan dolzarb masalalar boyicha mas'ul tashkilotlarga o'rganish va bartaraf
etish choralarini ko'rish yuzasidan so'rovnomalar yubordi.
Jumladan, mahallada kommunal soha, ichki yo'llarni asfaltlash, bolalar maydonchasini ta'mirlash, daraxtlarni butalash, liftlarni yangilash, kadastr va kanalizatsiya kabi masalalar yuzasidan murojaatlar bartaraf etilgan.
Mahallardagi ijtimoiy soxa obyektlari, umumta’lim maktablari, MTTlar, mahalla idoralari bilan ijro tizimidagi tashkilotlar tomonidan 2025 yil okrugda amalga oshiradigan ishlar o'z vaqtida va samarali bajarilishi yuzasidan jamoatchilik nazorati uolib orilayotganligi ta'kidlandi.
Deputat axbortidan so'ng saylovchilar bilan o'zlarini qiynab kelayotgan masalalar bo'yicha savol-javoblar bo'lib o'tdi. Kelgusida qilinishi kerak bo'lgan masalalar, mahalla yettiligi va mas'ul tashkilotlar faoliyati yuzasidan ta'sirchan deputat nazorati olib borilishi aytib o'tildi.
Ekopartiya Toshkent shahar Kengashi
𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤
Изображение
Изображение
Изображение