⚡️⚡️⚡️ Diversity Visa (Green Card) lotereyasi endi bepul emas!
Ro‘yxatdan o‘tish to‘lovi
Tramp ilgari surgan “One Big Beautiful Bill Act” (yoki “Go‘zal Katta Qonun”) DV lotereyasida qatnashish uchun kamida $250 miqdorida to‘lov joriy qiladi. Bu, faqat lotereyada ishtirok etish uchun talab qilinadi.
Ariza topshirish to‘lovi
Agar siz g‘oliblar ro‘yxatiga tushsangiz, vizaga ariza topshirish uchun kamida $400 miqdorida qo‘shimcha to‘lov to‘laysiz.
Umumiy xarajat
Demak, qatnashish va keyingi bosqichga o‘tish uchun kamida $650 kerak bo‘ladi. Bu summaga boshqa qo‘shimcha xarajatlar kirmaydi.
💰 Bu to‘lovlar ilgari ham bor edi-mi?
Yo‘q, ilgari DV lotereyasiga ro‘yxatdan o‘tish bepul edi.
Endi esa ishtirok etishning o‘zi $250 turadi, keyin esa yutganingizdan keyin yana $400 to‘lashingiz kerak bo‘ladi.
To‘lovlar 2026-moliyaviy yildan boshlab inflyatsiyaga qarab oshib boradi.
✅ Qonun qabul qilindimi?
Bu qonun Vakillar Palatasi (Kongressning quyi palatasi) tomonidan qabul qilingan.
Ammo hali Senat tomonidan tasdiqlanmagan va Prezident tomonidan imzolanmagan.
Ya’ni, hali qonunga aylangani yo‘q. (2025-yil iyun holatiga ko‘ra.)