Doxxim ft. Odilxon - Onajon (Text) Doxxim 🎧
Ro'mollariz jiqqa ho'l bo'p suv tashirdiz chelaklarda Ko'chada yomg'ir yog'ardi ko'lmaklar bo'lardi hosil, Suv to'lgan kovushda tag'in kelardiz loy yo'laklarda Momoqaldiroq ovozi ketardi zaminni bosib. Siz to'ldirgan chelaklardan to'lardi hamma bachoklar Lekin sabriz kosasini to'lmaganiga qoyil, Men issiq uyda yotsam atapleniyani quchoqlab Birormarta qarashvor deb urushib bermadiz koyib. Aqalli qo'lizdagi chelaklarni ololmabman Vijdonim qilt etmabdi, sochizga yoqqanda qor, 23yil o'tsada yaxshi farzand bo'lolmabman Malaklar madhi deb yozgan shuncha ijodim bekor. Men kim bo'ldim Ona, quruq va'dalar berib Sahar uyg'onasiz meni ishga kuzatish uchun, Qaynoq mehriz taftidan, muzlar ham ketadi erib Ijodkorman deb gerdayib yurdim maqtovga uchib. Naqorat: Qachondir yakunlayman taronalarimni ham Yodingdan ko'tarilib ketar bir kun nomimiz, Bizlarni bitta bitta unutvorishadi hali Lekin sodiq qolar bizga faqat Onajonimiz! (2x) Odilxon Hech bir kimsa ishonmadi yonimda bo'ldingiz Ona Sovuqlarda tursangizda pul topib ke demadingiz, Sizsiz hayotim kinosi nursiz bir qorong'u xona O'g'lim chempion bo'lsin deb hatto go'sht ham yemadingiz! Asl yuzin ko'rsatishdi atrofimdagi nodonlar Jigarimsiz deganlari ertaklarda qolib ketti, Bir qoqilsam yuzin ochdi qadirdon-u ul-yoronlar Eng ishongan o'rtog'imchi sevganimni olib ketti. Sochingizga oq tushibdi, o'sha oqqa sababchiman Ko'ksib kerib yuribmanda, ko'chadan mehr olib, Sizni go'zal duoyizsiz aslida men hechkimman Uxlamasdan kutganizchi kechalari uyqudan qolib. Duo qiling hech kimsaga kunim qolmasin iloyim Chog' qazuvchi nodonlarni bilmasdan yetakladik, Ko'zlarimga nur o'zingiz sizni asrasin Hudoyim Bir kun kelib baland aytay Ona biz Uddaladik! Naqorat: Qachondir yakunlayman taronalarimni ham Yodingdan ko'tarilib ketar bir kun nomimiz, Bizlarni bitta bitta unutvorishadi hali Lekin sodiq qolar bizga faqat Onajonimiz! (2x)