Телеграм канал 'Daryo — LIVE'

Daryo — LIVE


69'560 подписчиков
21'368 просмотров на пост

“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali

Reklama — http://dy.uz/Z07tA
Tahririyat — @daryo_livebot

Rasmiy kanal – @daryo
Rasmiy kirill – @daryo_kirill
Lifestyle – @daryo_lotin
Sport – @daryo_sport24
Pul — @daryo_pul

Детальная рекламная статистика будет доступна после прохождения простой процедуры регистрации


Что это дает?
  • Детальная аналитика 5'686'504 каналов
  • Доступ к 1'533'798'153 рекламных постов
  • Поиск по 5'977'108'969 постам
  • Отдача с каждой купленной рекламы
  • Графики динамики изменения показателей канала
  • Где и как размещался канал
  • Детальная статистика по подпискам и отпискам
Telemetr.me

Telemetr.me Подписаться

Аналитика телеграм-каналов - обновления инструмента, новости рынка.

Найдено 65896 постов

Suvga qulagan avtobusdagi odamlarga birinchi bo‘lib dog‘istonlik uch yigit yordamga kelgan.

Ular juma namoziga ketayotib, baxtsiz hodisaga guvoh bo‘lishgan, shundan so‘ng darhol odamlarni ko‘ldan olib chiqishga shoshilishgan.

Rossiya Dumasi deputati Sulton Hamzaev ularni mukofotlash uchun tavsiya berishini ma’lum qildi.

@daryo_live

Изображение
Toshkentdagi maktabda o‘quvchilar qartabozlik qilganiga izoh berildi

O‘qituvchi bu holatni ko‘rmagan. O‘quvchilarning ota-onalaridan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga asosan jarimalar undirilgan. Holatni tasvirga olgan o‘quvchilar o‘quv yili oxirida boshqa maktabga o‘tgan.

@daryo_live
O‘zbekistonliklar Koreyaga mavsumiy ishlarga yuboriladi

Bu haqda kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev Koreya adliya vaziri Pak Son Je bilan uchrashuvda kelishuvga erishdi.

@daryo_live
Изображение
Netanyaxu Isroilning G‘azodagi hujumini AQSHning Ikkinchi jahon urushidagi harakatlariga qiyosladi

Bosh vazir janglar paytida ko‘plab yapon qo‘shinlari G‘azodagi HAMAS harakati kabi yer ostida, Manilaning kanalizatsiya tizimlariga joylashganini esladi.

@daryo_live
Изображение

Suvga qulagan avtobus haydovchisi 44 yoshli Tojikiston fuqarosi Rahmatshoh Qurbonov bo‘lgan, deya xabar berdi Mash telegram kanali.

Haydovchining turmush o‘rtog‘i xabar qilishicha, bir kun avval ertalab soat 5 dan to tungacha davom etgan navbatchilikdan keyin uni soat 8 da yana ishga chaqirib olishgan. Hozirda holat bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.

@daryo_live

Tolali ekinlar ilmiy-tadqiqot institutida yangi yoʻnalishdagi tolali ekinlar boʻyicha tadqiqot ishlari yoʻlga qoʻyiladi

Tarmoqda ilmiy natijalarga asoslangan yangi texnologiyalar, asbob-uskunalar joriy etiladi. Fan va ishlab chiqarish samarali bogʻlanib, paxta-toʻqimachilik korxonalari rentabelligi ortadi. Paxta, kanop va zigʻir homashyolaridan olinadigan mahsulotlarning xalqaro standart talablariga mosligi taʼminlanadi.

@daryo_live
Xonanda Shohjahon Jo‘rayevga jinoyat ishi ochildi. Ushbu ma’lumotni “Daryo”ga sud tasdiqladi.

Xonanda 2023-yil 12-dekabrda sobiq turmush o‘rtog‘ining uyiga borgan va uni kurakda turmaydigan, qadr-qimmatini tahqirlovchi turli so‘zlar bilan haqorat qilgani aytilgan.

@daryo_live
Изображение
Qiziltepa tumanidagi Navoiy ilmiy-tajriba stansiyasida uzum koʻchatchiligi boʻyicha tajriba xoʻjaligi tashkil etilib, Fransiya va boshqa davlatlarning eksportbop navlari koʻchati olib kelinadi

Har ikki stansiyada suv taʼminotini yaxshilash uchun energiya tejamkor nasos agregati va transformator oʻrnatiladi.

@daryo_live
Shavkat Mirziyoyev qishloq xoʻjaligini iqlim oʻzgarishiga moslashtirish, yerlardan samarali foydalanish va sohani ilmiy rivojlantirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi

Orolboʻyida 1 million gektardagi agroekologik landshaftlar hamda degradatsiyaga uchragan yaylovlar holati yaxshilanadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida ihotazorlar barpo qilinadi.

@daryo_live
Изображение
“Ispaniya va Irlandiya hukumati Falastinni tan olmoqchi” — Jozep Borrel

Shuningdek, Borrelning qo‘shimcha qilishicha, Yevropa Ittifoqining boshqa davlatlari, xususan, Belgiya va Sloveniya ham shunday qadam tashlashi mumkin.

@daryo_live
Изображение
Samarqandning ayrim hududlarida kuzatilgan suv toshqini haqida ma’lumot berildi

Ushbu hodisalardan fuqarolarning jabrlanish va binolarga talafot yetish holatlari bo‘yicha hech qanday ma’lumotlar kelib tushmagan. Hozirda vaziyatlar to‘liq nazoratga olingan.

@daryo_live
Chorvachilik sohasini rivojlantirishga Islom taraqqiyot bankining 150 mln AQSH dollari mablag‘i jalb qilinadi

10-may kuni Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasida Islom taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

@daryo_live
Sankt-Peterburgda ko‘prikdan qulagan avtobus haydovchisi qo‘lga olinib, politsiyaga olib ketildi. Hozirda jinoiy ish ochilgan.

Shahar transport qo‘mitasining xabar berishicha, avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan bo‘lgan.

@daryo_live
Turkiya harbiylari Iroq va Suriya shimolida Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 17 jangarini yoʻq qildi

Jangarilar Turkiya harbiy inshootlariga hujum uyushtirishni rejalashtirgani maʼlum qilingan.

@daryo_live
Изображение
18+. Diqqat, videoda ko‘ngilni xira qiluvchi tasvirlar bor!

AQSHda politsiyachi xonadonni adashtirib, harbiy-havo kuchlarining 23 yoshli uchuvchisini otib o‘ldirdi

Zo‘ravon fuqaroni qo‘lga olish chaqirig‘iga javoban yetib kelgan politsiyachi eshikni ochgan qora tanli erkakka qarata o‘q uzdi. Erkak qo'llarini ortga yashirgani unda shubha uyg‘otgan. Aniqlanishicha, politsiyachi xonadonni adashtirib yuborgan, halok bo‘lgan erkak AQSH Harbiy havo kuchlarining 23 yoshli uchuvchisi bo‘lgan.

Haqiqiy tartibbuzar o'q ovozini eshitib, qochib ketgan. Hozirda politsiyachi xizmatdan chetlashtirilgan bo‘lib, allaqachon o'z nishoni va to'pponchasini topshirgan.

@daryo_live
Sankt-Peterburgda 20 ga yaqin yo‘lovchisi bo‘lgan avtobus ko‘prikdan Moyka ko‘liga qulab tushdi

Hodisa oqibatida 1 kishi halok bo‘lgani, yana 5 nafar inson shifoxonaga yotqizilgani xabar qilinmoqda. Ammo qurbonlar soni ortishi mumkin.

Halokat sodir bo‘lgan joyda g‘avvoslar guruhlari ishlamoqda, ular yo‘lovchilarning jasadlarini qidirmoqda.

@daryo_live
Видео/гифка, 34 сек, IMG_0171.MP4
TikTok Turkiyada oilaviy qadriyatlarga ta’siri tufayli bloklanishi mumkin

Ijtimoiy tarmoq vakillari Turkiya parlamentiga taqiq yuzasidan javob qaytargan, biroq turk rasmiylarini bu qoniqtirmagan.

@daryo_live
Изображение

Найдено 65896 постов